Xaydarov ilhom salimjon o’G’lining kalendar ish-reja bo'yicha iyun oyida bajargan ishlar yuzasidan qilgan hisoboti


Download 13.84 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi13.84 Kb.
#235234
Bog'liq
iyun


A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG’ULOTLARI METODIKASI YO'NALISHI YO‘NALISHI I BOSQICH MAGISTRANTI XAYDAROV ILHOM SALIMJON O’G’LINING KALENDAR ISH-REJA BO'YICHA IYUN OYIDA BAJARGAN ISHLAR YUZASIDAN QILGAN
HISOBOTI

Onlany” masofaviy shaklda ta’lim davom ettirildi. “Moodle” ta’lim platformasida https://moodle.jspi.uz sayt manzili orqali professor o’qituvchilar tomonidan berilib borayotgan topshiriqlarni bajarib bordim. Shu bilan birgalikda magistrlik dissertatsiya mavzuyim ustida ishladim.

Shaxsiy kalendar ish rejam bo’yicha ilmiy rahbarim nazorati va maslahatlari bilan tanlagan tadqiqot mavzuyim bo’yicha ilmiy-tadqiqot, so’rov ishlarini o’tkazdim. Konspekt, annotatsiya va taqrizlarni birgalikda yozdik, tadqiqot uchun zarur bo’lgan usul va yo’nalishlar ro’yxatini tuzdik. Tadqiqot usullarimni belgilab olgach, ulardan tadqiqot o’tkazish uchun foydalandim. Ilmiy tadqiqot muammosini shakllantirishda tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzib chiqdik. Ilmiy tadqiqot ishimni dolzarbliligi va uni o’rganilganlik darajasini aks ettiruvchi xulosalarni va ilmiy nazariy jihatdan yangilik alomatlarini yozib bordim. Shulardan kelib chiqqan holatda ilmiy tadqiqot ishimning hajmi, uning mazmuni va olib boradigan eksperiment ishlarning gipotezasini shakllantirdim.

Yurtimizda iyun oyi – yoshlar oyligi ekanligini inobatga olib 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida “Kelajakni birga quramiz!” online loyihasida ishtirok etdim.

Hafta mobaynida bizga o’tiladigan barcha fanlardan oraliq nazorati ishlari masofaviy ta’lim platformasida olina boshlandi. “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi qo’yildi. Barcha fanlardan oraliq nazoratlarga to’liq qatnashdim, menga topshirilgan “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi kursining predmeti va vazifalari” mavzusidagi kurs ishimga kerakli bo’lgan barcha adabiyotlarni to’plab yozdim.



Ilmiy tadqiqot ishimning barcha boblarini nomlanishini va ularning tarkibiy qismi bo’lgan rejalarni shakllantirdim.

Magistr: I.XAYDAROV
Download 13.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling