Asab jarayonining xossalari


Download 18.63 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi18.63 Kb.
#1478304
Bog'liq
nerv 4 s


Oliy asab faoliyati tiplari
Shartli reflektor faoliyatlar asab tizimining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq. Asab tizimining shaxsiy xossalari individning irsiy xususiyatlari va uning hayotiy tajribasi bilan ta’minlanadi. Ushbu xossalarning yig’indisi oliy asab faoliyatining tipi deb ataladi. 

Asab jarayonining xossalari. I.P.Pavlov o’zining ko’p yillar mobaynida hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo’lish xususiyatlari va ularni kechishini o’rganish natijasida oliy faoliyatining 4-ta tipini ajratdi. U kishi tiplarni farqlashni uchta asosiy belgilariga qarab bajarishni taklif qildi: 1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchiga qarab; 2) o’zaro muvozanatlashishiga, ya’ni qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchi nisbatiga qarab; 3) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari harakatchanligiga, ya’ni aksincha qo’zg’alishni tormozlanishga aylanish tezligiga qarab. 

Oliy asab faoliyati tiplarining klassifikasiyasi. I.A.Pavlov ana shu uchta asosiy xossalarning namoyon bo’lishini asosida quyidagilarni farqlashni taklif qildi:
1) kuchli tip, lekin muvozanatlashmagan qo’zg’alish tormozlanishdan ustun («jonsarak tip»);
2) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jarayonlari tez harakatchan («harakatchan tip»);
3) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jaaryonlari kam harakatchan («tinch», kam harakatchan, inert tip);
4) zaif-kuchsiz tip, asab hujayralari ish faoliyatini yo’qolishiga olib keluvchi tez charchashi bilan xarakterlanuvchi tip.
I.P.Pavlovni o’qtirishicha, hayvonlarda topilgan oliy asab faoliyatining asosiy tiplari eramizdan oldingi IV-asrda yashagan yunon hakami Gippokrat tomonidan aniqlangan odamlarning to’rt temperamentiga –mijoziga to’g’ri keladi. Kuchsiz tip melanxolik mijozga, kuchli muvozanatlashmagan tip-xolerik mijozga; kuchli muvozanatlashgan harakatchan tip –sangvinik mijozga; kuchli muvozanatlashgan, asab jarayonlari zaif harakatchan- flegmatik mijozga to’g’ri keladi.
Ammo shuni qayd qilish kerakki, odamlarning bosh miyasi katta yarim sharlari ijtimoiy jonzot singari hayvonlarnikiga nisbatan ancha takomillashgan sintetik faoliyat xususiyatiga ega. Odamlarga, nutq funksiyasiga ega bo’lgan sifat jihatidan maxsus asab faoliyati xosdir.
I.P.Pavlov odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan o’zaro aloqasi, muvozanatlashganligi bilan bir-biriga bog’liq bo’lgan signallar tizimi bilan bir qatorda oliy asab faoliyatining maxsus odamlarga xos tiplarini ajratdi.
  1. Badiiy tip. Birinchi signal tizimi ikkinchi signal tizimidan ustun bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu tipga voqyelikni to’g’ridan-to’g’ri qabul qiladigan, undan keng sezgilar tarzida foydalanadigan odamlar kiradi. 


  2. Tafakkur tipi. Bu tipga kiruvchi odamlarda ikkinchi signal tizimi ustunlik qiladi, «mutafakkirlar» doimo abstrakt fikrlash qobiliyati bilan ajralib turadi. 


  3. Juda ko’pchilik odamlar, har ikkala signal tizimining faoliyati muvozanatlashgan o’rta-oraliq tipga kiradi. Bu tipga kiruvchi odamlar ko’rgan narsalarini, eshitgan hodisa va jarayonlar haqida o’z fikrlarini to’liq va ajoyib tarzda tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatiga ega. 



  4. Odamlarning oliy asab faoliyati ham hayvonlardagi kabi reflektor xarakterga ega. Odmlarda ham shartli reflekslar tashqi dunyoning yoki organizmning ichki holatining turli signallariga hosil qilinadi. Odamlarda ham tashqi tormozlanish yuz berib ichki tormozlanish ham rivojlanadi.

  5. Voqyelikni birinchi signal tizimi odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo’lib aniq signallarni, predmetlar va tashqi muhit hodisalarini tahlil qiluvchi va umumlashtiruvchi tizimni tashkil qiladi. «Hayvon uchun voqyelik» bevosita ko’rish, eshitish va boshqa retseptorlarining maxsus hujayralaridan katta sharlarga keluvchi qo’zg’atuvchilar yoki ularni izlaridan ham sintezlanadi.

  6. Bu voqyelikning odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan birinchi signal tizimidir.

  7. Ammo insonlarning oliy asab faoliyati o’zining sifatiy jihatdan farq qiluvchi xususiyatlariga egaki, uni barcha hayvonot dunyosidan ustun qo’yadi.Hayvonlarga nisbatan odamlarda shartli reflekslar juda tez hosil bo’lsada o’zlarining uzoq muddat saqlanib qolishi bilan farq qiladi.Qo’zg’atuvchilarning murakkab komplekslariga reflekslar yengil hosil bo’ladi, faqat bulargina odamlarning hayvonlardan asosiy farqini tashkil etmaydi.

  8. Insonlarning shakllanishi mehnat faoliyati bilan bog’liq, odamlarning jamoa bo’lib mehnat qilishi burro-burro gapirish nutqini rivojlanishini ta’minladi va u o’z navbatida bosh miya katta yarim sharlariga yangi faoliyat kiritdi. Yuqori darajada rivojlangan ong, aniq fikr yuritish faqatgina odamlarga xos bo’lgan xususiyatdir. Bularning rivojlanish jarayonida miyaning ishlash mexanizmiga odamlarda «favqulodda qo’shilish» yuz beradi. Bu voqyelikning ikkinchi signal tizimidir. Odamlarda «aytiladigan, eshitiladigan va kuzatiladigan birlamchi signallarning signali asosida ikkinchi signal tizimi yuzaga keldi, rivojlandi va takomillashdi» (Pavlov). Suz, nutqli signallar to’g’ridan-to’g’ri signallarni almashtirmasdan balki ularni mulohazalash, narsalarning ayrim belgilarini ajratish va hodisalarni, ularni aloqalarini aniqlashi mumkin.

Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling