Asab tizimining(miopatiyalari) nasliy kasalliklari. Tibbiy genetikada qo‟llaniladigan yangi zamonaviy tekshirish usullari
Download 1.91 Mb.
|
Tayloqov Abdurauf. Miopatiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miopatiyalar uchun xos bo„lgan umumiy belgilar
Asab tizimining(miopatiyalari) nasliy kasalliklari. Tibbiy genetikada qo‟llaniladigan yangi zamonaviy tekshirish usullariMiopatiyalar yoki muskullar nega ozadi?
Miopatiyalarning aksariyati 18 va 19- asrlarda bir qator nevrolog olimlar, ya‟ni Sharko, Erb, Rot va Dyushenn tomonlaridan yozib qoldirilgan. Ushbu olimlar vafotidan keyin ular yozib qoldirgan miopatiyalar ularning nomi bilan atala boshlangan. Yaxshiyam shunday qilishgan. Bo„lmasa, nevropatologlar tashxis qo„yishda adashib ketishardi.
belgilarini ajratib chiqdim. Bu belgilarni keltirib o„taman. Agar tekshirilayotgan bolada ushbu belgilar bo„lsa, demak unda miopatiya rivojlangan yoki rivojlanayotgan bo„lishi mumkin. Miopatiyalar uchun xos bo„lgan umumiy belgilar
🞂 Dastlabki simptom – muskullar holsizligi bo„lib, ular dastlab son va tos muskullarida simmetrik tarzda rivojlanadi. Biroq ba‟zi miopatiyalar yuz va yelka muskullari ozishidan boshlanishi mumkin.
miopatiyalar uchun juda xos. panjasini bukib-yozuvchi muskullar ozmaydi va ularning kuchi ham saqlanib qoladi. Yelkasini ham ko„tara olmayotgan bolaga “Qo„limni bir siqib ko„rchi” desangiz, u Sizning qo„lingizni og„riydigan darajada siqishi mumkin.
🞂 Sezgi buzilishlari bo„lmaydi, og„riqlar kuzatilmaydi, bolaning aqliy faoliyati saqlanib qoladi. Ba‟zi bolalar xatto o„z tengdoshlaridan aqqli ham bo„lishadi.
🞂 Agar bolani ikkala qo„ltig„idan ushlab tepaga ko„tarsa, bolaning o„zi qolib yelkalari ko„tariladi.
gavdasini goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga og„dirib yuradi. Bunda bolaning gavdasi qadam tashlagan tomonga og„adi. Ushbu ko„rsatib o„tilgan belgilar miopatiyalarning deyarli barcha turi uchun xos. Bu kasallikni batamom davolash usullari xanuzgacha ishlab chiqilmagan. Bugungi kunda uning zo„rayib borishini to„xtatish mumkin xolos. Bu kasallikning oldini olish haqida o„z fikr- mulohazalarimni keltirib o„tmoqchi edim. Chunki bu kasallik Yevropa davlatlarida kam, Sharq davlatlarida esa ko„p uchraydi. Buning asosiy sabablaridan biri – sharq davlatlari aholisi uchun qarindosh-tuqqanlar orasida turmush qurishning ko„pligidir. Miopatiyalar nasliy kasallik bo„lib, ular odatda bolalik davrida va qarindosh-tuqqanlar orasida turmush qurganlarda ko„p kuzatiladi. Ushbu kasallik rivojlangan bolalarning ota-onasi bir- bir bilan qarindosh bo„lishadi. Bechora kasal bolaning aybi – uning ota-onasi o„zaro qarindosh bo„lganligida. Afsuski ba‟zi viloyatlarda qarindoshga qiz berish va qiz olish juda udum bo„lib ketgan. Ko„z oldingizga bir keltirib ko„ring-ga 60 ga kirgan buvasi va buvisi ikkala nevarasini to„y qilayapdi: bitta nevarasi – kelin, ikkinchisi – kuyov?! Bu nafaqat tibbiy qonunlarga zid, qaysidir ma‟noda uyat hamdir. Bolaligida birga o„sib katta bo„lgan nevara aka-singillar yillar o„tib er-xotin bo„lishini ko„z oldingizga keltirib ko„ring. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling