Asosiy konstruksiyalar. O‘zgaruvchilar. Operatorlar. Funksiyalar. Reja


Download 29.58 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1538063
  1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy konstruksiyalar. O‘zgaruvchilar. Operatorlar. Funksiyalar.


Asosiy konstruksiyalar. O‘zgaruvchilar. Operatorlar. Funksiyalar.
Reja:

  1. Asosiy konstruksiyalar.

  2. O‘zgaruvchilar.

  3. Operatorlar.

  4. Funksiyalar.

C++ alfavitiga quyidagi simvollar kiradi.

  • Katta va kichik lotin alfaviti harflari (A,B,..,Z,a,b,…,z)

  • Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9

  • Maxsus simvollar: “ , {} | [] () + - / % \ ; ‘ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^

  • Ko‘rinmaydigan simvollar ("umumlashgan bo‘shlik simvollari"). Leksemalarni o‘zaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bo‘shlik, tabulyasiya, yangi qatorga o‘tish belgilari).

Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa literallar, masalan rus harflari ishlatilishi mumkin.
C++ tilida besh xil turdagi leksemalar ishlatiladi: erkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, xizmatchi so‘zlar, konstantalar( konstanta satrlar), amallar( amallar belgilari), ajratuvchi belgilar.
Identifikator. Identifikatorlar lotin harflari,ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat bo‘ladi. Identifikator lotin harfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi lozim.
Misol uchun:
A1, _MAX, adress_01, RIM, rim
Katta va kichik harflar farqlanadi, shuning uchun oxirgi ikki identifikator bir biridan farq qiladi.
Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 harfi ,ba’zi kompilyatorlarda 8 ta harfi inobatga olinadi. Bu holda NUMBER_OF_TEST va NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi.
Xizmatchi so‘zlar. Tilda ishlatiluvchi ya’ni dasturchi tomonidan o‘zgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bo‘lmagan identifikatorlar xizmatchi so‘zlar yoki kalit so‘zlar deyiladi. Kompilyatorning texnik dokumentatsiyasida barcha zahiralangan so‘zlarning ro‘yxati turadi.
O‘zgaruvchilarni ta’riflash. C++ tilida o‘zgaruvchini aniqlash uchun kompьyuterga uning tipi (masalan, int, char yoki float) hamda ismi xaqida haqida ma’lumot beriladi. Bu axborot asosida kompilyatorga o‘zgaruvchi uchun qancha joy ajratish lozim va bu o‘zgaruvchida qanday turdagi qiymat saqlanishi mumkinligi haqida ma’lumot aniq bo‘ladi. O‘zgaruvchi nomi identifikator bo‘lib, xizmatchi so‘zlardan farqli bo‘lishi kerak.
Har bir yacheyka bir bayt o‘lchovga ega. Agar o‘zgaruvchi uchun ko‘rsatilgan tip 4 baytni talab qilsa, uning uchun to‘rtta yacheyka ajratiladi. Aynan o‘zgaruvchini tipiga muvofiq ravishda kompilyator bu o‘zgaruvchi uchun qancha joy ajratish kerakligini aniqlaydi.
Kompyuterda qiymatlarni ifodalash uchun bitlar va baytlar qo‘llaniladi va xotira baytlarda hisoblanadi.
O‘zgarmaslar turlari. O‘zgaruvchilar kabi o‘zgarmaslar ham ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan xotira yacheykalarini o‘zida ifodalaydi. O‘zgaruvchilardan farqli ravishda ular dasturni bajarilishi jarayonida qiymati o‘zgarmaydi. O‘zgarmas e’lon qilinishi bilan unga qiymat berish lozim, keyinchalik bu qiymatni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
C++ tilida ikki turdagi, literal va nomlangan o‘zgarmaslar aniqlangan.
Literalli o‘zgarmaslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturga kiritiladi. Masalan:
int myAge =39;
Bu ifodada MyAge int tipidagi o‘zgaruvchi, 39 soni esa literal o‘zgarmasdir.
Maxsus belgilar. C++ kompilyatorida tekstlarni formatlovchi bir nechta maxsus belgilardan foydalaniladi. (Ulardan eng ko‘p tarqalgani jadvalda keltirilgan). Bu belgilarni dasturda ishlatishda «teskari slesh»dan foydalanamiz. Teskari sleshdan keyin boshqaruvchi belgi yoziladi. Masalan, tabulyasiya belgisini dasturga qo‘yish uchun quyidagicha yozuvni yozish kerak.
char tab ='\t';
Bu misoldagi char tipidagi o‘zgaruvchi \t qiymatini qabul qiladi. Maxsus belgilar axborotlarni ekranga, faylga va boshqa chiqarish qurilmalariga chiqarishda formatlash uchun qo‘llaniladi.
Maxsus '\' simvolidan boshlangan simvollar eskeyp simvollar deyiladi.Simvolli konstanta qiymati simvolning kompьyuterda qabul qilingan sonli kodiga tengdir.
Ma’lumotlarning butun son turi. Butun sonlar o‘nlik, sakkizlik yoki o‘n oltilik sanoq sistemalarida berilishi mumkin.
O‘nlik sanoq sistemasida butun sonlar 0-9 raqamlari ketma ketligidan iborat bo‘lib, birinchi rakami 0 bo‘lishi kerak emas.
Sakkizlik sanoq sistemasida butun sonlar 0 bilan boshlanuvchi 0-7 raqamlaridan iborat ketma ketlikdir.
O‘n oltilik sanoq sistemasida butun son 0x yoki 0X bilan boshlanuvchi 0-9 rakamlari va a-f yoki A-F harflaridan iborat ketma ketlikdir.
Masalan 15 va 22 o‘nlik sonlari sakkizlikda 017 va 026, o‘n oltilikda 0xF va 0x16 shaklda tasvirlanadi.
Ma’lumolarning uzun butun son turi.
Oxiriga l yoki L harflari qo‘yilgan o‘nlik, sakkizlik yoki o‘n oltilik butun son.
Ma’lumotlarning ishorasiz (unsigned) butun son turi:
Oxiriga u yoki U harflari qo‘yilgan o‘nlik, sakkizlik yoki o‘n oltilik oddiy yoki uzun butun son.



Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling