Asosiy texnologik jarayonlar va Qurilmalar Ergashev Ozodbek
Download 38.66 Kb.
|
Asosiy texnolog-WPS Office Ozodbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi Usmonov Botirjon
Asosiy texnologik jarayonlar va QurilmalarErgashev Ozodbek2022 -yilMavzu: Choʻktirish qurilmalariReja.1.Choktirish2.Suspenziya3.Kimyoviy analizModdalarni eritmalarda uch xil yo'l bilan: siqib chiqarish, vodorod ko'rsatkichni (vodorod ionlar konsentratsiyasini) o'zgartirish, yoki, erimaydigan birikmalarni hosil qilish bilan cho'ktirish mumkin. Agar ikki moddaning har biri alohida olinganida mazkur erituvchida erisa, bir-birida esa qiyin erisa, yaxshi eriydigan tegishli konsentratsiyada yomon eriydigan moddani siqib chiqaradi. Siqib chiqarishning ikki usuli: suvli eritmalarda organik yoki anorganik tuzlarni ishlatib, tuzga tushirish va ikki yoki undan ortiq o'zaro aralashuvchi erituvchilarni ishlatib cho'ktirish yuqorida aytilgan tamoyilga asoslangan. Tuzga tushirish uchun anorganik yoki organik tuzni kukun yoki eritma holida modda eritmasiga qo'shiladi. Bu usul yordamida suv bilan qisman aralashadigan erituvchilar (spirtlar, efirlar, va ho kazo), organik kislotalar, aminokislotalar, peptidlar suvli eritmalardan ajratib olinadi. Cho'ktiruvchining tabiati yoki miqdorini o'zgartirib, eriydigan moddalarni erituvchilar aralashmasida qoldirib, moddalarni eritmadan tanlab cho'ktirish mumkin. Erituvchilar bilan cho'ktirish moddaning yuqori haroratga sezgirligi tufayli kristallanishi mumkin bo'lmaganda yoki uning kristallanuvchanligi yomon bo'lganda qo'llaniladi (masalan polimerlarni cho'ktirishda). CHo’ktirish usuli suspenziya, emulsiya va changli gazlarni ajratish uchun ishlatiladi. Cho’ktirish tezligi kichik bo’lgani sababli bu usul asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun qo’llaniladi. Cho’ktirish jarayoni changli gazlar, suspenziya va emulsiyalar tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarning og’irlik kuchi ta‘sirida qurilma tubiga cho’kishiga asoslangan. Cho’ktirish jarayonlari tindiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Cho’kish tezligini aniqlash uchun alohida olingan sharsimon qattiq zarrachalarning suyuqlik muhitda erkin cho’kishini tekshiramiz: Cho’kish tezligini aniqlash uchun alohida olingan sharsimon qattiq zarrachalarning suyuqlik muhitda erkin cho’kishini tekshiramiz: Cho’ktirish jarayonlari tindiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Bu jarayonda cho’kish tezligini hisoblash muhimdir. Zarracha dastlab tez cho’ka boshlaydi, so’ngra og’irlik kuchi qarshilik kuchiga teng bo’lgandan so’ng o’zgarmas tezlik bilan bir xilda cho’kadi. Shu o’zgarmas tezlik cho’kish tezligi deyiladi. Umumiy holda tezligi quyidagi formuladan topiladi: Bu tenglama Stoks tenglamasi deb yuritiladi va Re < 2 bo’lganda ishlatiladi. turbulent rejimda Re > 500 bo’lganda inertsiya kuchlaridan ustun turadi. Turbulent rejim uchun cho’kish tezligi quyidagi tenglamadan topiladi: SHarsimon bo’lmagan zarrachalarning cho’kish tezligi quyidagicha aniqlanadi: w = wч bu yerda - shakl koeffitsienti; 0,77 – dumaloq bo’lgan zarrachalar uchun; 0,43 – plastinkasimon zarrachalar uchun; 0,66 – uchburchak shaklidagi zarrachalar uchun. CHo’ktirish turli jinsli sistemalarni ajratishning boshqa usullariga nisbatan eng oddiy usuli hisoblanadi. Odatda, cho’ktirish jarayonidan birlamchi ajratish usuli sifatida foydalaniladi. Bu jarayon suspenziyani filtrlash orqali ajratishni tezlashtiradi. Cho’ktirish jarayoni cho’ktiruvchi yoki quyiltiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Cho’ktirish qurilmalari davriy, uzluksiz va yarim uzluksiz rejimda ishlatiladigan qurilmalarga bo’linadi. O’z navbatida, uzluksiz ishlaydigan cho’ktirish qurilmasi bir, ikki va ko’p yarusli bo’ladi. Choʻktirish, chuktirish usullari — eritmadan yoki gazdan bir yoxud bir nechta kimyoviy komponentlarni kam eriydigan birikma (chukma) holida ajratib olish. Ch. kimyoviy analizda elementlarni ajratib olishda keng qoʻllanadi. Sifat va miqdor analizining koʻpgina usullari Ch.ga asoslangan. Modda eritmadan tegishli reagent qoʻshib choʻkmaga tushiriladi. Sanoatda (qarang Gidrometallurgiya) va analitik kimyoda, xususan, rangli metallarni elektrolitik Ch. usuli qoʻllanadi. Elektroliz yuli bilan metallargina emas, balki ularning oksidlari, mac, qoʻrgʻoshin qoʻsh oksid va marganets qoʻsh oksid — anodda, molibden va uran oksidlari — katodda chukmaga tushiriladi. Ch. biokimyo, sanitariyagigiyena va klinika lab.da ham qoʻllanadi. Modda eritmadan tegishli reagent qoʻshib choʻkmaga tushiriladi. Sanoatda (qarang Gidrometallurgiya) va analitik kimyoda, xususan, rangli metallarni elektrolitik Ch. usuli qoʻllanadi. Elektroliz yuli bilan metallargina emas, balki ularning oksidlari, mac, qoʻrgʻoshin qoʻsh oksid va marganets qoʻsh oksid — anodda, molibden va uran oksidlari — katodda chukmaga tushiriladi. Ch. biokimyo, sanitariyagigiyena va klinika lab.da ham qoʻllanadi. Qabul qildi Usmonov BotirjonEʼtiboringiz uchun rahmatDownload 38.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling