Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va buxgalteriya hisobining vazifalari


Download 50.5 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1422707
Bog'liq
Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va buxgalteriya


ASOSIY VOSITALARINING SINTETIK HISOBI


Reja:

1.Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va buxgalteriya hisobining vazifalari.


2.Asosiy vositalarning nakdligi va xarakatining hisobi.
3.Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi.


Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va buxgalteriya hisobining vazifalari
Asosiy vositalarga O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi-ning milliy andozalarida kursatilgan talablarga tula javob beradigan mehnat vositalari kiradi. O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi-ning milliy andozalarida kursatilgan talablarga javob bermaydigan mehnat vositalari kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan mehnat vositalari keyinchalik oylik minimum ish haqining o`zgarishidan kat`iy nazar asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Bundan tashqari asosiy vositalar tarkibini aniqlashda va ularni hisobga olishda kuyidagilarni hisobga olish zarur:
- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan, ammo kiymati kayta kurib chikilgandan sung kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga olib borilishi lozim bulgan mehnat vositalari, texnik xarakteri buyicha (Masalan: traktorlar, stanoklar, telivizorlar va boshkalar) asosiy vositalar bulgan va halq xo`jaligi tarmoqlaridagi yagona amortizsiya ajratmalari kurinishida amortizatsiya hisoblash kuzda tutilgan bulsa bunday mehnat vositalari xam asosiy vositalar tarkibida hisobga olinishi zarur.
- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan lekin ish haqining o`zgargandan sung kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar katorida hisobga olinishi zarur bulsada ular asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Kuyidagilar asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- asosiy vositalarning kirimini, korxonadagi xarakati va hisobdan uchirish, uz vaktida tegishli xujjatlarga asosan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalarning eskirishini to`g`ri hisoblash va buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalar junatilganda moliyaviy natijalar to`g`risida aniq ma`lumotlar olishni ta`minlash;
- solik tulovlarni hisoblash uchun zarur bulgan ma`lumotlarni aniq hisoblash imkonini ta`minlash;
- asosiy vositalarni ta`mirlash xarajatlari va ularning samarali foydalanishni nazorat kilish;
- asosiy vositalar nakdligi va ularning xarakatini to`g`risidagi statistik va buxgaleriya hisoblarida talab kilingan ma`lumotlarni berish imkoniyatini yaratish va x.k.
Yukoridagi buxgalteriya hisobining vazifalarini bajarish uchun asosiy vositalarni ilmiy asoslangan turkumlash shuningdek buxgalteriya hisobida baholash uchun esa koidalar zarur.
Korxonalarning asosiy vositalari tarkibiga kura xar xil bulib va ma`lum belgilari asosida turkumlanadi. Korxonalarda asosiy vositalarning yagona namunaviy turkumlash kullaniladi. Unga kura ular tarmoq belgilariga, tayinlanishiga, turlariga, kaysi soxaga tegishli ekanligi va foydalanishiga kura turkumlanadi.
Asosiy vositalarni tarmoq belgilariga karab guruxlash (sanoat, kurilish, savdo, kishlok xo`jaligi va boshkalar) xar bir tarmoqka tegishli asosiy vositalarlarning kiymati to`g`risida ma`lumot olish imkonini beradi.
Tayinlanishiga kura korxonalarning asosiy vositalari asosiy ishlab chikarishdagi asosiy vositalar, boshka tarmoqlardagi asosiy ishlab chikarish vositalar va noishlab chikarishdagi asosiy vositalar.
Korxonalarning asosiy vositalari turlari buyicha kuyidagicha guruxlanadi:
- inshootlar; -uzatuvchi moslamalar; -mashina va asbob uskunalar; -transport vositalari; -asbob uskunalar; - ishlab chikarish inventarlari va buyumlar; -xo`jalik inventarlari; -ish va maxsuldor xayvonlar; -kup yillik daraxtlar; -yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital sarflar va boshka asosiy vositalar. Shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital kuyilmalar xam asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalarni turlari buyicha turkumlashdan kuzlangan asosiy maksad ularning analitik hisobini tashkil kilishdir.
Kimga tegishliligiga karab asosiy vositalar uziga tegishli va ijaraga olingan asosiy vositalarga bulinadi. Foydalanish belgilariga karab esa asosiy vositalar ekspluatatsiyadagi, rekonstruksiyadagi va kayta kurollantirishdagi asosiy vositalarga bulinadi.
Asosiy vositalarning daslabki kiymati xukumatning maxsus karori buyicha kayta baholanganda o`zgarishi mumkin. Shuningdek ularni dastlab kiymati texnik jixatdan rekonstruksiya kilish va kayta kurish okibatida foydalanish, xizmat kursatish muddati uzaysa obyektlarning ishlab chikarish kuvvati oshsa, ishlab chikarishgan maxsulotlarning soni kupaysa yoki ishlab chikarish tannarxi pasaysa ularning dastlabki kiymati kupayishi mumkin.
Asosiy vositalarning koldik kiymati ularning dastlabki kiymatidan eskirish kiymatini ayirish yuli bilan aniqlanadi.
Vakt utishi natijasida asosiy vositalarning dastlabki kiymati xuddi shunga uxshash zamonaviy asosiy vositalarning kiymatidan fark kila boshlaydi. Ushbu farkni tugatish uchun asosiy vositalarni ma`lum davrlarda kayta baholash amalga oshiriladi va ularning tiklash kiymati aniqlanadi.
Tiklash kiymati deb asosiy vositalarni xozirgi sharoitda amal kilayotgan bahoni hisobga olish, zamonaviy texnika va texenologiya bilan kurish yoki ishlab chikarish tushuniladi.
Respublikamizda asosiy vositalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining maxsus karoriga kura 1995 yil 1 yanvarga oxirgi marta kayta baholandi.
Ushbu karorga kura korxonalarning balansidagi imoratlar, inshootlar, uzatuvchi moslamalar, asbob uskunalar, transport vositalari va boshka asosiy fondlarning texnik xolatidan kat`iy nazar kayta baholandi.
Asosiy vositalarning kayta baholash ularning balans kiymatlarini belgilangan koeffitsentlarga kupaytirish buyicha indeksatsiya kilish orkali amalga oshirildi.
Asosiy vositalarning hisob birligi bulib aloxida inventar obyektlari hisoblanadi. Inventar obyektlari deganda bitta funksiyani bajarishga muljallangan, tula kurib bulingan yoki ishlab chikarilgan aloxida predmet yoki predmetlar kompleksi tushiniladi.
Xar bir inventar obyektiga aloxida inventar nomerlari belgilanadi va foydalanish jarayonida, tugatish va kayta ta`mirlash jarayonida inventar nomerlari saklanadi. Inventar nomerlari hisobga olinadigan predmetga biriktirib kuyiladi va tegishli xujjatlarda aks ettiriladi.
Murakkab inventar obyektlari u yoki bu inshootlar, aloxida elementlari birligida bitta inventar obyektni tashkil kiluvchi xar biriga ushbu inventar obyektning nomeri yozib kuyiladi.
Tashkilotdan chikib ketayotgan asosiy vositalarning inventar nomerlari yangi kelib tushgan asosiy vositalarga berilishi mumkin.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ijaraga beruvchi inventar nomerlar buyicha hisobga olinadi.

Xulosa:


Asosiy vositalar - korxona moddiy texnika bazasining asosini tashkil kiluvchi mehnat vositalaridir. Ularning asosiy xususiyatlari - uzining tashki kurinishini xo`jalik opersiyalari ta`sirida o`zgartirmaydigan va kiymatini ishlab chikarilgan maxsulot tannarxiga eskirish summalari orkali utkazishdir.
Asosiy vositalar korxonada uzoq vakt xizmat kiladi va ularga eskirish summalari boshlagich kiymati koplangunga kadar hisoblanadi. Bundan tashqari, asosiy vositalar korxonada ijaraga berilish va olinishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. O`zbekiston: bozor iktisodiyotiga utishning uziga xos yuli. - T. O`zbekiston, 1995.

  2. Karimov I.A. O`zbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida. - T. O`zbekiston, 1995.

  3. Kodirxonov S.B. Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi. -T.: Ukituvchi, 1993.

  4. Umarova M., Axmadjonov K., Eshboyev U. Buxgalteriya hisobi. -T.: 1999.

  5. Yuldashev S.SH., Buxgalteriya hisobining chukurlashtirilgan moduli. T.: 1998.

6.www.ziyonet.uz


Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling