Toshkent shahridagi amity universiteti direktori B. S. Abdullayevga


Download 16.72 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi16.72 Kb.
#1229969
Bog'liq
Amiti




Toshkent shahridagi AMITY universiteti direktori
B. S. Abdullayevga

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi “Elektr-energitika resurslari ta’minotida bozor mexanizimlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 348-son qaror 1-ilovasiga muvofiq 2022-yil 15-iyuldan boshlab budjet tashkilotlari uchun 1 kvt-soat elektr energiyasining narxi QQS hisobga olingan holda 800 so‘m va 1 kub.m tabiiy gaz narxi QQS hisobga olingan holda


1 300 so‘m miqdorida belgilangan.
Shunigdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 387-son qarori qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib turishi belgilangan.
Mazkur qarorda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 257-son XDFU ko‘rsatib o‘tilmaganligi munosabati bilan, budjet tashkilotlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-maydagi 257-son qarori doirasida ish yuritish maqsadga muvofiq.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Sizdan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-maydagi 257-son qaroriga muvofiq tabiiy gaz va elektr energiya narxlari oshganligi sababli tabiiy gaz va elektr energiya bilan bog‘liq to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilishingizni so‘raydi.


Moliya iqtisod ishlari
bo‘yicha prorektor S. Toshmatov


Ijrochi:A Amirov
Telefon:(71) 238 64 28
Download 16.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling