Asqad Muxtorning “Paxta” she’rining badiiy tahlili
Download 27.88 Kb.
|
Asqad Muxtorning “Paxta” she’rining badiiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- She’rning tarixiy – biografik kontekstdagi tahlili
Asqad Muxtorning “Paxta” she’rining badiiy tahlili Reja:
1.She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili 2.She’rning milliy adabiy-madaniy konteksdagi tahlili 3.She’rning tematik xususiyatlari 4.She’rning tashqi kompozitsiyasi(grafik shakllantirilishi) 5.She’rning tematik kompozitsiyasi 6.Janr xususiyatlari 7.Til xususiyatlari. Badiiy tasvir va ifoda vositalari 8.She’rning ritmik-intonatsion qurilishi Vayrona Tun. Vayrona. Oyna chil-chil siniq, Yig’laydi och mushuk yolg’iz ko’chada. Jonini qahraton yamlab o’tsa-da, Ketmaydi – kulbaning g’ishtlari iliq. Mehmondo’st rasmini tasvir etibdi Qaysi bir erkaning qo’g’irchoqlari… Yuzlarin qurumlar bosib ketibdi, Balki go’dak qizning ovunchoqlari… 1943 yil. She’rning tarixiy – biografik kontekstdagi tahlili XX asr adabiyotida ko’zga ko’ringan yozuvchilardan biri Asqad Muxtor hisoblanadi. Asqad Muxtor adabiyotning deyarli barcha janrlarida mahorat bilan qalam tebratgan, adabiyotimizga yangi mavzu, yangi obrazlar olib kirgani uchun ham o’ziga yarasha o’rni va salohiyati bor. Asqad Muxtorning she’riyati tom ma’nodagi zamonaviy she’riyatdir. Shunisi muhimki zamon ruhini va davr g’oyasini quruq bayon qilmaydi, aksincha teran badiiy umumlashmalar vositasida uni obrazli qilib gavdalantiradi. Yorqin badiiy obraz yaratib, falsafiy mazmun bilan muhim poetic masalalarni o’quvchi ongiga yetkazadi. Asqad Muxtor she’riyati mavzu rang-barangligi, teranligi, hozirjavobliligi bilangina emas, shakl va janr xilma-xilligi jihatdan ham diqqat e’tiborga sazovor. Asqad Muxtor she’riyatiga, uning ijodiga Said Ahmad quyidagicha ta’rif bergan: “Asqad Muxtor to’g’risida biron yangi gao aytish qiyin. Buni blaman, qator romanlari-yu qissalari, drama va she’rlari, dostonlari-yu tarjimalari bahonasida hamma gapni adabiyotshunoslar aytib qo’yishgan. Uning ijodiga bag’ishlangan kitoblarda adabiyotimizga qo’shgan juda katta xissasi ilmiy asoslab berilgan. Oltmish yoshga hamma ham kirishi mumkin, lekin shu yoshga yetib kelguncha umrini choyxonada yonboshlab o’tkazadiganlar bor, mudrab umrini sovuradiganlar bor. Ammo Asqad Muxtor oltmish yoshini ijod bilan o’tgan qirq yili yaratilgan”. Asqad Muxtor she’riyatida voqe-hodisalar yoki hayotdagi o’zgarishla quruq bayon qilinmaydi, balki chuqur mushohada yuritish, yorqin manzara va jonli obrazlar yaratish orqali masalaning mohiyatini aniq qilib ochib beradi. Shoir qahramonning ezgu armoni, hech narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydigan qalb harorati o’zining tabbiy ziddiyatlari bilan ma’noli va qimmatldir. Har bir asar tahlil doirasiga tortilar ekan turli tomondan yondashuvlar asosida o’rganilishi mumkin. Barcha asalar tahlilida deyarli Tarixiy-biografik metodga duch kelamiz. Asarda ijodkor shaxsiyati va biografiyasi yaqqol ko’zga tashlanadigan o’rinlarga duch kelamiz. Mustaqillik davrida nasrda ham, nazmda va dramaturgiyamizda ham juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Buni birgina she’riyatimiz misolida ham ko‘rish mumkin. Istiqlolni zo‘r shodu hurramlik va mamnuniyat bilan qarshilagan Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdieva, Azim Suyun, Asqad Muxtor, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Farida Afro‘z, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Iqbol Mirzo, Bahrom Ro‘zimuhammad, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Zebo Mirzo, Tursun Ali, Asqar Mahkam, Halima Ahmad singari shoirlarning she’rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko‘tarilganligi namoyon bo‘ladi. Bu davr she’riyatida o‘tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat, aql o‘rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, millat bo’yniga mustamchlakachilik zanjiri ilingandan so’ng besh yuz yil davomida istifodada bo’lgan go’zallik qoidalari ijtimoiylik kasb eta boshlaganligini alohida takidlab o’tish joiz. XX asrning 90-yillarida istiqlol adabiyotini o’zining maydonga kelganligidan darak berdi. Bu adabiyot birdaniga bir kunda payda bo’lib qolgani yo’q. Bu adabiyot ko’p asrlik tarixga ega bo’lgan milliy adabiyotimizning mantiqiy davomi v merosxo’ri sifatida dunyoga keldi. Tubdan o’zgargan ong yangicha tafakkur va dunyoqarashlarning mahsuli sifatida tug’ildi. Mustaqillik davri adabiyoti o’zgacha ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan bo’lib, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutilgan, davlat adabiyoti bo’lmay qolganligi, insonning ma’naviyatini mukammallashtirishga yo’naltirilganligi kabi qator xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Eng muhimi, istiqlol davri adabiyoti insonlararo munosabatlar g’oyat murakkab, chigil va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglangan va ularni butun murakkabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan erkin adabiyotga aylandi. XX asrning 90-yillarida istiqlol adabiyoti o‘zining maydonga kelganligidan darak berdi. Bu adabiyot birdaniga yoki bir kunda paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Bu adabiyot ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan milliy adabiyotimizning mantiqiy davomi va merosxo‘ri sifatda dunyoga keldi.Bu adabiyot tubdan o‘zgargan milliy ong, yangicha tafakkur va dunyoqarashlarning mahsuli sifatda tug‘ildi. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti tafakkur oinalari o‘zgacha ijodkorlarning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan bo‘lib, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutilgan, davlat adabiyoti bo‘lmay qolganligi, odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnatkash sifatida yondashishi tarzidan qutilganligi, inson shaxsining ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirilganligi kabi qator xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Eng muhimi, istiqlol davri adabiyoti inson, insonlararo munosabatlar g‘oyat murakkab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglangan va ularni butun murakkabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan erkin adabiyotga aylandi. Natijada adabiyotdagi obraz hayotdagi odamga qaraganda chuqurroq, murakkabroq, o‘ychanroq bo‘lib bormoqda. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, millat bo‘yniga mustamlakachilik zanjiri ilingandan so‘ng besh yuz yil davomida istifodada bo‘lgan go‘zallik qoidalari ijtimoyilik kasb eta boshlaganligini alohida e’tirof etadi. “Millat ma’naviy hayotini yaxshilash va yangilash uchun dastlab yurt bo‘ynidagi kishan olib tashlangandagina Vatan ozodligi va obodligi kun tartibiga chiqishi mumkinligini jadid estetikasi anglatib ulgurdi. Adabiy-estetik tafakkur tarixida bunday adabiy yangilanish mutafakkiri sifatida Fitrat nomi yozildi. Nafaqat g‘oya va mazmunda, balki tilda, shaklda, vaznda, janr va badiiy vositalarda bo‘lsin, yangilik sari yuz burish Cho‘lpon rad etgan “bir xil”lilik sitrmog‘idan qutulishga yo‘l ochdi.” XX asr boshlarida Fitrat, Cho‘lpon, Elbek va Botular o‘zbek she’riyatidagi o‘zgarishlar, jumladan barmoq vaznining shakllanishida muayyan rol o‘ynadilar. Yangi she’riyat yo‘liga chiqqan Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon kabi ulug‘ shoirlar barmoq vaznining imkoniyatini eng yaxshi poetik hodisalarga aylantirdilar. Shayxzoda va Mirtemirlar izidan borgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar she’riyati yuzaga chiqdi. Sahna ortida esa Asqad Muxtor, Hayriddin Saloh, Erkin Vohidov va boshqa iste’dodlar bor edi. Download 27.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling