Assalom, Navro’z bayram ertaligi(Katta guruh)


Download 22.97 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1264596
Bog'liq
Ssenariy navro‘z Katta guruh (4)


Assalom, Navro’z bayram ertaligi(Katta guruh)
Zal bayramona bezatilgan bolalar Navro‘z kuyiga kirib kelishadi.
Boshlovchi: Maysa boshin ko‘tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Qushlar qo‘shiq soz kuyi bilan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Assalomu alekum, shirin shakar o‘g‘il -qizlarim. Atrofga nazar tashlang. Qanday chiroyli. Tabiat yashil libosga o‘rangan. Yilning eng chiroyli faslida qir-adirlarda chuchmoma,boychechak,lolaqizg‘aldoqlar ochilgan. O‘lkamizda bahor. Bu faslda qanday milliy bayram nishonlaymiz.
Bolalar: Navro‘z bayramini nishonlaymiz.
Boshlovchi:Juda to‘g‘ri. Navro‘zni har yili zo‘r quvonch va katta tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri bo‘lib qolgan. Qo‘shiqlar aytib raqsga tushganlar. Xursandchilik qilganlar. Shu an‘anaga sodiq qolgan holda biz ham Navro‘z saylini uyushtirsak nima deysizlar. Qani unda boshladik.
1.Bola: Biz bahorda chiqamiz.
Dalalarga bog‘larga.
Gullolalar ochilgan
Ko‘m-ko‘k maysazorlarga.
2.Bola : Bir tomondan qizchalar
Gullar terib o‘ynashar
Bir tomonda qushchalar
Bizni qutlab sayrashar.
3.Bola: Qo‘llarimda soz bilan
Gul g‘uncha pardoz bilan
Uchib turna g‘oz bilan
O‘lkamga bahor keldi.


4.Bola: Bahorni kuting bog‘da
Bog‘ emas dala joyda
Qushlar sayrashgan chog‘da
Sevimli bahor keldi.
Qo’shiq “Navro‘zim sho‘x sozim”
(bolalar joylariga o’tiradilar)
Jarchi bola; E-he-he-heeeee! Odamlaru-odamlar, eshitmadim demanglar, .yurtimga Navro’z keldi!, Navro’z keldiiiii!.


"Navro‘z keldi” raqsi
Navro‘zoy kirib keladi.
Navro‘zoy: Assalomu alekum bolajonlar. Men jarchilarning saylga chorlaganini eshitib kelaverdim. Manzilda adashmadimmi
Boshlovchi:Yo‘q Navro‘zoy adashmading saylimizga xush kelding. Endi saylimiz sen bilan yanada qiziqali o‘tadigan bo‘ldi. Shundaymi bolajonlar.
Navro‘zoy: Bolajonlar o‘zi navro‘z bayrami haqida nimalarni blasiz. .. Barakalla juda to‘g‘ri. O‘zi Navro‘z bayrami qaysi faslda o‘tkaziladi... Bahor faslida nimalar bo‘ladi.(gullar ochiladi qushlar sayraydi)
Boshlovchi: Bolajonlar keling yaxshisi Navro‘zoyga Bahor raqsingizni ijro etib bersangiz.
Bahor valsi “raqsi
Navro‘zoy: Bolajonlar navro‘zda o‘ynalaladigan milliy o‘yinlarmizdan bilasizlarmi... Qani unda mana bu do‘ppini o‘rtaga tashlayman yigitlaimizning chaqqonlklarini tekshiramiz.Do‘ppini kim olar ekan faqat qo‘li blan emas tishlab.
Kim oladiyo” harakatli o’yin
Boshlovchi: Navro‘zoy qizlarimizni raqsini tomosha qilgin.
Choyxona” raqsi
Navro‘zoy: Bolajonlar bahorda qanday gullar ochiladi.(binafsha boychechak lola chuchmoma)
Boshlovchi: Juda to‘g‘ri.Bolajonlar keling gullar haqidagi she‘rlaringizni aytib bering.
5.Bola: Hali erimasdan qor
Dala qirda gulbahor
Chiqdi mitti gul chechak
May elchisi- boychechak.


6.Bola: Havolarga sochilmoqda
Oromijon bir atir
Binafshalar ochilmoqda
Tuproq yorib qaydadir.


7.Bola: Boychechagim boylandi
Ko‘chama ko‘cha aylandi
Boychechagim ko‘k somsa
Cho‘ntaklarga joylandi.
Qo’shiq “Binafshajon binafsha “
Navro‘zoy: Bolajonlar kelinglar endi men sizlarga topishmoq aytaman. sizlar esa topasizlar
1. "Roma"ni "mashka"ga berdi
Butun guldasta...
Romashka
2. U katta qoziqlarda yotadi
U yumshoqqina...
Paxta
3. U yonayotgan quyosh ostida ulg‘aygan
Qalin suvli va tikanli.
Kaktus
4. Suv ostida gul o‘sadi
Oq gulbarg.
Nilufar
Boshlovci: Kel Navro‘zoy endi bolajonlarimiz ijrosida raqs tomosha qilamuz.
Andijon polkasi raqsi
Naro‘zoy: Bolajonlar keling endi musobaqa o‘ynaymiz. Ikki guruhga bo‘linib arqon tortish o‘yinini o‘ynaymuz.
Arqon tortish” harakatli o‘yini
Navro‘zoy:Barakalla bolajonlar. Juda xursan bo‘ldim. Sizlar bilan vaqtim juda maroqli o‘tdi. sizlarga kattakon rahmat.
Boshlovchi: Senga ham rahmat Navro‘zoy. Sen bizning bayramimizga o‘zgacha ko‘rk qo‘shding. Endi har yili navro‘z bayramini o‘tkazishga kelgin. biz seni kutamiz.
Navro‘zoy: Albatta kelaman. Barchangizga xayr.


Boshlovchi; Bolajonlar shu bilan “Assalom Navro” bayram ertaligimiz o’z nihoyasiga etdi, Hammalaringizga katta rahmat!

б

Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling