Assalom, Navro’z


Download 19.18 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi19.18 Kb.
#1301340
Bog'liq
navro\'z ssenariy


NAVRO’Z SAYLI
Atrof bahoriy holda bezatilgan. Asosiy orqa planda “Assalom, Navro’z” deb yozilgan banner , stollar bahoriy taomlar bilan bezatilgan, zalni atrofiga stulchalar va skameykalar qo’yilgan.
MAJBURIY TA’LIM TARBIYALANUVCHILARI: 1-bo’lib, 2 ta qizaloq suhbati.
1-BOSHLOVCHI: Aylabon lutfu karam-Navro’zi olam keldi,
O’smadan qoshi qalam-Navro’zi olam keldi,
Bir ajib his uyg’otar irmoqlarning xonishi,
Kuylashib savt-u ajam navro’zi olam keldi.
2-BOSHLOVCHI: Avval yuragingga mo’ralaydi u,
So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu
Demak bahor keldi
Kelmoqda navro’z

  1. BOSHLOVCHI: Assalomu aleykum aziz hamkasblar, aziz ota-onalar va qadrli bolajonlar.

  2. BOSHLOVCHI: Assalomu aleykum qadri baland qadrdonlar.

1-B: Kirib kelgan bahor ayyomi barchangizga muborak bo’lsin.
2-B:yasharish va yangilanish ayyomi barchangizga qutlug’ bo’lsin.
1-B: mana bugun biz ham 32- DMTT jamoasi birgalikda ushbu navro’z ayyomini nishonlash uchun jam bo’ldik.
2-B: Keling do’stlar barchangizni ushbu “Assalom Navro’z” deb nomlangan bayram tadbirimizga taklif etamiz.
1-B: marhamat , tinglab tomosha qiling
Jarchi: (Xushnut) ehhehey odamlar-u odamlar eshitmadim demanglar. O’lkamga Navro’z kirib keldi ehe-he-he-hey.
Dehqon: (Ibrohim) . yer ishlov beradi ketmon bilan
Dehqon: (Jasur) urug’ sepadi yerga
3 tilda tabrik
1-majburiy: Assalomu aleykum barchangizni navro’z ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Tinchlik, sog’lik baxt va omad barchamizga yil davomida hamroh bo’lsin.
1-majburiy: Assalamu aleykum, serdechno pozdravlyaem vas vsex s navruzom. Pust mir, zdorovye schastye I udacha soputstvuyut nam ves god.
1-majburiy: assalomu alekum, vi sinkereliy kongruleyshin yu el on na
1-B: kelinglar azizlar barchangizni sumalak sayliga taklif etamiz.
2-B: tomosha qilamiz marhamat
Qozon, o’choq qo’yiladi Farxod Saidovni sumalak qo’shig’I fon sifatida qo’yiladi.
Momo: qani bolajonlarim barchangiz qozon atrofiga jam bo’linglar birgalashib sumalak kovlaymiz.
Momo qozon atrofiga bolalarni yig’adi.
Bola: buvijon sumalak qayerdan paydo bo’lgan?
Momo : ona och bolalarni ovutish uchun qozonga suv, uydagi oxirgi bir siqim bug’doy va qo’zg’aganda tovush chiqishi uchun 4-5 ta tosh solib qaynatdi. Ochlik va bolalarning o’ylab toliqqan ona uxlab qoladi va ko’kdan 7 malak tushib qozondagi taomni pishirishibdi. Ertalab uyg’onib ona qarasa, qozonda ajoyib ovqat qaynab turganini ko’radi. Bolalariga buni nomini si malak ya’ni 30 malak deya tushuntiradi. Sumalakning tarixi shu bo’ladi bolajonlar.
Momo : shu shu sumalak bobo buvilarimiz tomonidan sumalak taomi navro’z ayyomining eng ko’rkli taomi hisoblanib kelingan va hozirgi kunda ham ushbu an’analarimiz davom etib kelmoqda. Bolajonlar navro’z ayyomida qanday laparlar aytilishini bilasizlarmi?
Bolalar: ha bilamiz.
Momo: qani unda bolajonlar sizlar bir laparlar eshitamiz.
Majburiy bolalari: “ omon yor”
Omon yor o’ynasangchi ye omon yor
Belingni bog’lasangchi ye omon yor-2 marta
Shunday baxtli zamondaye omon yor
Ochilib o’ynasangchi ye omon yor,-2 marta
Haydode voydode omon yor
Ochilib o’ynasangchi ye omon yor
Ochilib oy’nasangchiye omon yor
Sochilib o’ynasangchiye omon yor.
“boychechak” (qisqa)
Boychechagim boylandi qozon to’la ayrondir
Ayroningdan bermasang qozon tovog’ing vayrondir.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boy-che-chak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boy-che-chak
1-boshlovchi: majburiy qizlari Ziyoda qo’shig’iga raqs. “Bahor”
2-b: majburiy qo’shiq:
1-b: raqs kichik guruh “ 3chala qiz chiqdi ariq bo’yiga”
2-b: qisqa: qo’shiq
1-b:
Download 19.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling