Mundarija: Bob. Mingtepa arxeologik yodgorligi


Download 49.85 Kb.
bet1/7
Sana30.01.2023
Hajmi49.85 Kb.
#1141703
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marhamat tumani haqida



Mundarija:
Bob.

    1. MINGTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGI

    2. Marhamat tumani haqida

Bob
2.1 Andijon viloyati


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi:
Marhamat tumani - Andijon viloyatidagi tuman, viloyatning janubiy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1963-yilda Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamat tumanidagi Russkoye selo posyolkasiga koʻchirilgan. 1965-yil 15-fevralda tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hozirgi Asaka shahriga ko'chirilgan. 1970-yil 7 - dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat tumani shimolda viloyatning Asaka, Buloqboshi tumanlari, sharq va janubda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,32 ming km², aholisi 175,7 ming kishi (2020). Marhamat tumanida 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabogʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma, Mirishkor) bor. Markazi — Marhamat shahri
1.1.MINGTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGI
Andijon viloyati Marhamat shahrining sharqiy qismida, Andijon shahri markazidan 38 km uzoqlikda joylashgan. Milloddan avvalgi V-IV va milodning IV asrlarda hukm surgan Dovon davlatining poytaxti bo’lgan Ershi shahrining xarobalaridir. Xitoy yozma manbalarida tilga olingan “Buyuk ipak yo’li”da joylashgan bu mahobatli shahar o’zining hunarmandchiligi, dexqonchiligi va “Samoviy tulporlari” bilan dunyoga mashhur bo’lgan.
Bu qadimiy tarixiy obida haqida quyidagilarni bayon etamiz.
Qadimiy Mingtepa buyuk kelajakka xizmat qilmog’i zarur
Munosabat
Ona zaminimizdagi har bir qarich yer aziz va mo’tabar. Lekin uning inson zotiga qadimdan xizmat qilib, o’z bag’rida bu ongli zotning o’tmishini-yu tarixini, yuksalishi-yu qulashini, muvaffaqiyati-yu mag’lubiyatini, sodiqligi-yu sotqinligini, yaratuvchanligi-yu buzg’inchiligini o’zida muqaddas kitob bo’lib saqlab kelayotgan go’shalari borki, ular tom ma’noda bizga yanada azizroq va yanada mo’’tabarroqdir. Mingtepa shunday go’shalardan biri hisoblanadi. U hali sahifalari yer ostida qatlam-qatlam bo’lib o’qilishini kutib yotgan sirli yilnomadir. Yurtimizning o’tmishi buyuk ekanligidan so’zlovchi va uning kelajagini buyuklashtirishga xizmat qiluvchi bu ulug’ kitobni necha-necha qadimshunos olimlar o’qishga urinib ko’rdilar va ko’rmoqdalar.
Birinchi Prezidentimizning “Andijon tuprog’i necha asrlik madaniyat va taraqqiyot namunalarini o’z bag’rida saqlab kelayotgan Dalvarzintepa va Eylaton, Mingtepa va Sho’rabashot kabi tarixiy joylar, ko’hna yodgorliklarning borligi bu zaminning yurtimizdagi qadimiy tsivilizatsiya beshiklaridan biri bo’lganini eslatadi”, deb aytgan so’zlari yildan-yilga arxeologlarning tadqiqotlari orqali o’z tasdig’ini topmoqda.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini xali ochib ulgurilmagan sahifalarini izlab topish va o’rganish imkoni yaratildi. 2011 yili O’zbek va Xitoy fanlar akademiyalari qadimiy Mingtepa madaniyatini o’rganish bo’yicha besh yillik arxeologik ekspeditsiya tashkil etish uchun hamkorlik bitimini tuzganlar. 2012 yildan buyon ikki mamlakat olimlarining hamkorligi davom etmoqda. Jahon va o’zbek olimlarining aksariyati ta’kidlaganlaridek, butun dunyoga o’nlab tillarda ko’rsatuv olib boruvchi Xitoy davlatining SSTV nomli birinchi telekanali o’zbek va xitoy arxeologlari, tarixchilari hamda mahalliy ziyolilar va keng jamoatchilik ishtirok etgan, qadimiy Mingtepa shahri o’rnida hamkorlikka bag’ishlangan yodgorlikni ochilishi to’g’risida axborot berish chog’ida quyidagilarni e’tirof etdi:
“Eramizdan avval VI-V asrlarda Farg’ona vodiysi xududida zich yashovchi axoliga ega bo’lgan boy Dovon (Davan) mamlakati joylashgan. U, keyinchalik Mingtepa deb nom olgan poytaxt Ershi va 70 ta shaharlardan tarkib topgan. Bu katta savdo shahar orqali Buyuk Ipak Yo’li o’tgan”.
Butun jahon ommaviy axborot vositalarida shov-shuvga sabab bo’lgan ma’lumotni 2017 yil 11 yanvar kuni Sinxua axborot agentligi tarqatdi. O’zbekiston va Xitoy arxeologlaridan iborat guruh Farg’ona vodiysining janubi-sharqida joylashgan Mingtepa qadimiy shahri qoldiqlarini qazish vaqtida ahamiyatli kashfiyot qilishdi. Ular tarixga o’zgartirishlar kiritdi. Bu 2016 yilning noyob topilmasi O’zbekiston tarixini boyitadi va Dovon davlati tarixiga oydinlik kiritadi. Manbaga ko’ra, 2000 yildan ziyod vaqt avval Mingtepa Farg’ona vodiysidagi eng yirik to’laqonli qasr-shahar bo’lgan.
Bu esa, o’z navbatida Mingtepa arxeologik yodgorligining jahonning aksariyat manbalarida takidlanganidek, Dovon davlati poytaxti Ershining keyinchalik Mingtepa deb qayta nomlangan shahar ekanligi va uning joylashgan o’rni haqida aniq axborot olinganligi yana bir bor halqaro darajada e’tirof etilishi edi.
Bunday e’tirof sababchisi Mingtepa arxeologik yodgorligining joylashuvi, o’tmishi, salohiyati, buguni, kelajagi va axamiyati qanday ekanligi biz o’zbekistonliklar uchun o’ta qimmatlidir.

Download 49.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling