Mundarija: Bob. Mingtepa arxeologik yodgorligi


Mintepaning ma’naviy axamiyati


Download 49.85 Kb.
bet4/7
Sana30.01.2023
Hajmi49.85 Kb.
#1141703
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marhamat tumani haqida

Mintepaning ma’naviy axamiyati
Shuni ta’kidlash kerakki, Mingtepa yodgorligi kabi tarixiy joylar xalqimizning tarixini tiklashga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Tarixni bilmay o’zlikni anglab bo’lmas. O’zlikni anglash inson ma’naviyatini yuksaltiradi. Ma’naviyat inson hayotiga ma’no kiritadi va yengilmas kuchga aylanadi. SHuning uchun ham yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifasi hisoblanadi. Chunki ma’naviyatli inson o’z manfaatidan ko’ra xalq manfaatini ustun qo’yadi va ona yurtiga xizmat qiladi. U buyuk ishlarni amalga oshirishga qodir bo’ladi. Bunday insonlar bilan Davlatimiz buyuk bo’lib boraveradi! Shundagina biz, albatta, buyuk davlatni qurgan oliy baxt egalariga aylanamiz.
Mingtepa yodgorligini saqlash – bu bizning buyuk ajdodlarimiz ruxi oldidagi burchimizdir! Bu kelajak avlodga ushbu qadimiy mahobatli inshoatni bus-butun yetkazish burchidir!! Bu haqiqiy INSON ekanligimizni bildirib turuvchi burchdir!!!
Bizning yurtimiz qadimiy tarixga ega. Juda boy madaniy me’rosimiz bor. Bunday beqiyos ma’naviy boylikka ega mamlakatlar dunyoda barmoq bilan sanarli. SHunday ekan, bu haqda o’ylaganda qalblarimiz to’lqinlanib ketadi. Yurakda g’urur paydo bo’ladi. Kindik qonimiz to’kilgan tuproqqa mehrimiz yanada oshadi. Ko’ngilda iftixor hissi jo’sh uradi. Biroq tariximiz bundan ham yuqoriroq darajalarga yuksalishini ta’minlash uchun, buyuk kelajakka erishish uchun faxrlanishning o’zi kifoya qilmaydi. Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan katta tarixiy me’rosni o’rganish, bugungi avlod uchun hanuz pinhon kelayotgan sirlarini ochish zarur. Tafakkurimizni bu nodir manbalar bilan quvvatlantirmoq, kelajak yo’limizni ulardagi buyuklik mash’ali bilan yoritmoq kerak. Bu bebaho boyliklarni yurtimiz taraqqiyotiga, xalqimiz faravonligiga xizmat qildirmoq lozim. SHundagina bu boylikning chinakam sohibiga aylanishimiz mumkin.

1.2.Marhamat tumani haqida


tuman, viloyatning janubiy viloyati. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1963-yilda Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamatdagi Russkoye selo posyolkasiga koʻchirilgan. 1965-yil 15-fevralda tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hozirgi Asaka shahriga koʻchirilgan. 1970-yil 7 - dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat tumani shimolda viloyatining Asaka, Buloqboshi tumanlari, sharq va janubidagi Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,32 ming km², aholisi 175,7 ming kishi (2020). Marhamat tumanida 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabogʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma, Mirishkor) bor.

Download 49.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling