Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniqlash. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari. Kalendarlar. Reja


Download 1.9 Mb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1391345
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniq


Aim.uz

Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniqlash. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari. Kalendarlar.
Reja:

  1. Astonomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniqlash.

  2. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari.

  3. Vaqtni o’lchashning asoslari. Kalendarlar. Umar Hayyom kalendarlari.

Ma’lum bir joyning geografik kengligi – φ, o’sha joyda olam qutbining gorizontdan balandligiga teng bo’ladi Masalan Toshkentda olam qutbining balandligi taxminan 410 ga tengligidan, Toshkentning geografik kengligi 410 ga teng bo’ladi degan xulosa qilish mumkin.
Yoritkichlarning osmon meridianini kesib o`tish hodisasi ularning kulminatsiyalari deyiladi. Yuqori kulminatsiyada yoritkichning balandligi eng katta, quyi kulminatsiyada eng kichik qiymatga ega bo`ladi. Kulminatsiyalar orasida o`tadigan vaqt yarim sutkaga teng.
Yulduzlar har sutkada olam o`qi atrofida gorizont ustida ekvatorga paralel bo`lgan aylanalar chizadi. Bunda har bir yoritkich bir sutkada osmon meridianini ikki marta kesib o`tadi (8-rasm). Yoritkichlarning osmon meridianidan o`tish hodisalari kulminatsiyalar deyiladi. Yuqori kulminatsiyada yoritkichning balandligi eng katta, quyi kulminatsiyada eng kichik qiymatga ega bo`ladi. Kulminatsiyalar orasida o`tadigan vaqt yarim sutkaga teng.
Ma`lum φ geografik kenglikda botmaydigan M yoritkichning (8-rasm) ikkala kulminatsiyasi gorizont ustida ko`rinadi, chiqadigan va botadigan yulduzlarning (M1, M2, M3) quyi kulminatsiyasi gorizont ostida, shimoliy nuqta ostida sodir bo`ladi. Osmon ekvatoridan janubga tomon uzoqda joylashgan yorikich M4 ning ikkala kulminattsiyasi ham ko`rinmasligi mumkin (chiqmaydigan yoritkich).


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling