Atom elektr stansiyasi


Download 115.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi115.32 Kb.
#195269
Bog'liq
Atom elektr stansiyasi - Vikipediya



Atom elektr

stansiyasi

Atom elektr stansiyasi (AES) —

Texnologik sxemasi jihatidan 

issiqlik

elektr stansiyalari

 turiga kiruvchi elektr

stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari

(TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va

gaz yoqilsa, Atom Elektr Stansiyasida

yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom

Elektr Stansiyasining asosiy qismi atom

qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom Elektr

Stansiyasida, koʻpincha, atom




reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-

suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida

ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham

oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli

(suv — issiklik eltuvchi, grafit esa

susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy

suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa

susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz —

issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi).

Zamonaviy atom energetikasida asosan

uran235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy

zaxirasi unchalik katta emas, organik

yoqilgʻining esa atigi 10 % ini tashkil

kiladi. Bu miqdor atom energetikasini

yoqilgʻi bilan uzoq vakdtacha taʼminlay

olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida

qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran-233



olish uchun xom ashyo hisoblanadigan

uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer

bagʻrida yetarli miqdorda. Bu yadro

yoqilgʻilari yerdagi energetik resursni

taxminan. 1000 baravar oshiradi. Hozirgi

yoqilgʻi ishlab chiqaradigan

koʻpaytiruvchi atom reaktorlarida yoqilgʻi

miqdorini ishlash jarayonida orttirish

mumkin. Masalan, ikki marta koʻpaytirish

uchun taxminan. 10 yilgacha vaqt

kerakligi maʼlum. Demak, odamzod atom

yoqilgʻisisiz qolmaydi.Atom energiyasi

xalqaro agentligining xabar berishicha,

1985 yil oxirida dunyoning 26

mamlakatida atom elektr stansiyalarida

umumiy quvvati 248577 MVt boʻlgan 374

reaktor ishlab turgan. Shulardan umumiy



quvvati 77851 MVT boʻlgan 93 reaktorli

AQSH birinchi oʻrinda, qolganlari esa

Fransiya (37533 MVT), sobiq SSSR

(26803 MVT), Yaponiya (23665 MVT),

sobiq GDR (16429 MVT) va Angliya

(10120 MVT). Dunyoning koʻplab boshqa

mamlakatlarida ham Atom Elektr

Stansiyasilar ishlab turibdi. Hozirgi

vaqtda xalq xoʻjaligining elektr

energiyasidan foydalanmaydigan biror

sohasini topish qiyin. Shuning uchun

elektr energiyasi ishlab chiqarish yildan

yilga ortib bormoqda. Masalan, 1980-

yilda dunyoda ishlatilgan elektr

energiyasining 5,6 %, 1985-yilda — 10,8 %

va 1988-yilda-27 % Atom Elektr

Stansiyasilarda ishlab chiqilgan.



Atom elektr stansiyalari bor mamlakatlar.

 

 AES ishlatiladi, yangi energobloklar qurilmoqda.

 

 AES ishlatiladi, yangi energobloklar qurilishi

rejalashtirilgan.

 

 AES yoʻq, stansiyalar qurilmoqda.

 

 AES yoʻq, qurilish rejalashtirilgan.

 

 AES ishlatiladi, yangilarini qurish

rejalashtirilmagan.

 

 AES ishlatiladi, miqdori kamaytirilishi

rejalashtirilgan.

 

 Fuqaro yadro energetikasi taqiqlangan.

 

 AES yoʻq.


Taqqoslash uchun 1987-yil AQSH

ishlatgan energiyasining 19 %, Buyuk

Britaniyada 19 %, Yaponiyada 30 %,

GFRda 34 %, Fransiyada 76 % Atom Elektr

Stansiyasilarda ishlab chiqilgan. Lekin

1986-yil aprelda Chernobil (sobiq SSSR)

Atom Elektr Stansiyasida boʻlib oʻtgan

katta avariya butun dunyo Atom Elektr

Stansiyasilar kurilishi rejalarini buzib

yubordi. AQSHda qurilish ishlari

sekinlashtirildi, Skandinaviya

mamlakatlarida esa butunlay toʻxtaldi.

Ammo yer yuzidagi energiya manbalari

hisoblanmish — neft, gaz, koʻmir

zaxiralari cheklanganligidan Atom Elektr

Stansiyasilarni takomillashtirishdan

boshqa iloj yoʻq. Atom energiyasi manbai



uran va toriyning yer yuzidagi zaxiralari

dunyo xalqlarining energiyaga boʻlgan

talabini bir necha ming yillar davomida

qondirib turish uchun yetarlidir. Kelajakda

Atom Elektr Stansiyasilar yetarli darajada

rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining

umumiy energetika balansida yetakchi

oʻrinni egallaydi

[1]

.

Gidroelektrik stansiya



1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Shuningdek qarang

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 8 oylar avval 195.213.11.167 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Atom_elektr_stansiyasi&old

id=2096775

" dan olindi 



Download 115.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling