Atrof muhit monitoringgining bosqichlari. R e j a


Download 22.62 Kb.
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi22.62 Kb.
#1246363
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Atrof muhit monitoringgining bosqichlari.


Atrof muhit monitoringgining bosqichlari.


R e j a:
1. Monitoring haqida tushuncha.
2. Monitoring bosqichlari (I.P. Gerasimov bo`yicha).
3. Monitoring tizimlar.
4. Monitoringning tayanch nuqtalari va reprezentativ nuqtalari

1.Monitoring haqida tushuncha.
Monitoring — tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoring (ing. monitoring — kuzatish, nazorat qilish) — maʼlum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qoʻllanadi. Masalan, ekologiya sohasida yer fondi holati boʻyicha kuzatishlar tizimi yer monitoringi deb ataladi. Bunday monitoring yerdagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadini koʻzlaydi.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson fao­liyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
Oʻzbekistonda Respublika Oliy Majlisi huzurida maxsus Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyat koʻrsatadi. Keyingi vaqtda ommaviy axborot vositalari monitoringi ham tashkil qilindi. Bu ishni Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tarkibida tuzilgan (2002-yil 3-iyul) Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazi amalga oshiradi. Markazning asosiy vazifasi — ommaviy axborot vositalari muassislari va taxririyatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilikka taallukli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirishdan iborat. Markaz matbuot va axborot vositalarida fuqarolar, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari hamda xodimlarining qadrqimmatini himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va amaldagi boshqa qonunlarda koʻzda tutilgan talablarning buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taxlil etib boradi. Markazning televideniye va radioeshittirish sohasida ommaviy axborot vositalari monitoringi, bosma ommaviy axborot vositalari monitoringi, litsenziyalashni tashkil etish boʻlimlari bor.
Shuningdek, mamlakatimizda monitoringning davlat tizimidan tashqari nodavlat tashkilotlardagi koʻrinishlari ham mavjud. Bu borada "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida amal qilib kelayotgan matbuot nashrlarida mavzular va mazmun monitoringi boʻlimi faoliyatini misol keltirish mumkin. Mazkur boʻlim matbuot sahifalarida eʼlon qilib borilayotgan axborotlar majmuini kontenttahlil uslubida oʻrganadi. Monitoring ijtimoiy taraqqiyotni faollashtirishda muhim omil sanalganligi bois, uni xalq xoʻjaligining turli jabhalariga faol va keng joriy etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, monitoring oilada farzand tarbiyasi, taʼlim tizimida oʻzlashtirish holati va darajasi, oʻz-oʻzini boshqarish organlarida aholini maqsadli ijtimoiy-himoyalash kabi ishlarni optimallashtirishda muhim vazifani bajaradi. Bundan tashqari nodavlat o'quv markazlarida ham monitoring olib borish mumkin.
Inson omilining atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri tobora kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. U «SKOPE» (atrof-muhit muammolari bo‘yicha ilmiy qo‘mita) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Monitoring tushunchasining mazmuni, turlari hamda O‘zbekiston hududida atrof-muhit monitoringini amalga oshirish masalalari ushbu bo‘limda ochib beriladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish tizimini tashkil qilishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan fanda yangi, monitoring (lotincha «monitor» — esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.
Jamoatchilik ekologik monitoringi davlat tlshkiloti ekomoitoringidano foydalanmaydigan oz makoniga ega. Bular kichik shaqarlar kop sonli aholi puntlari, kichik daryolar, aloxida suv xavzalari kabi atrof tabiiy muxitiga uyushmagan ta`sir etuvchi manbalar xisoblanadi.
Jamoatchilik monitoringini asosiy maqsadi ekologik axboroti aloxida etib borishini kuchaytirish xisoblanadi. Bu "ATM muhofazasi qonuniga qarama qarshi,ya`ni davlatni axborotlarga bolgan monopoliyasidan chiqish va davlat idralari ega bolmagan ma`lumotlarni, xamda ularni umumlashtirib, taxlil. kilib,turli auditoriyalarga moslashtirish yollari bilan erishiladi. Odatda jamoatchilik ekologik monitoringi (JEM) xokimiyat organlariga murojat qilish uchun, iflrslantiruvchi - korxonalarga ta`sir qilish uchun va kuzatilayotgan ob`ekt xolatini yaxshilash uchun tog'ridan - tog'ri xarakatlarni otkazish uchun, umuman faol qarorlarni qabul qilish uchun tashkil etilgan. JEM jamoatchilik ekologik nazorat uchun axborot bazasi bo'lib xizmat qiladi.


Download 22.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling