Auditning xalqaro standartlari va uning turlari Reja: Kirish


Download 109.17 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi109.17 Kb.
#1499596
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Auditning xalqaro standartlari va uning turlari


Auditning xalqaro standartlari va uning turlari
Reja:
Kirish

  1. Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirishning huquqiy asoslari.

  2. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.

  3. Auditning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan auditorlik xulosasining turlari va uni takomillashtirish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlarro’yxati.

Kirish
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi quvvatlar ishga tushirilishi barobarida, mavjudlari modemizatsiya qilinib, texnik hamda texnologik jihatdan qayta jihozlanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish” lozimligi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham alohida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan auditorlarlik faoliyati iqtisodiy islohotlar uchun muhimdir. Ularning faoliyati mamlakatda bozor infrastrukturalarini rivojlantirishga va mustahkamlashga, raqobat sharoitida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishga, O‘zbekistonimizning ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy salohiyatini oshirishga, umuman mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirishga ko‘maklashmog‘i lozim.1
Iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklari aniq maqsadni ko‘zlab va tizimli amalga oshirilishi natijasida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, o‘tgan yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi, makroiqtisodiy muvozanatlilikni saqlash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ta’minlandi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshiriiayotgan inqirozga qarshi choralar
dasturining muhim vazifalaridan biri: «Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o'tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb - aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlaming asosiy maqsadi - aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi» 2
Respublikamiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida, «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, miliiy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modemizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlami davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va lining
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini raqbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalami faol jalb etish» 3 vazifasi belgilab berilgan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar o‘zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo‘yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan xo‘jalik subyektining moliyaviy hisobotlari to‘g‘risida berilgan beg‘araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aksiyalami sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mutaxassis buxgalteriya hisobi, soliq hisobi va boshqaruv hisobi, xo’jalik faoliyati tahlili, mehnat va fuqarolik huquqi haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishi, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishda qo’llaniladigan usullarni bilishi, hisob tizimining kelajakdagi rivoji va an’analari haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak.Shuni ta’kidlash lozimki, so’nggi yillarda mamlakatimizda auditorlik faoliyati mazmunan va mohiyat jihatdan erkin iqtisodiyotga moslab yangilanmoqda.
Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etish va o‘tkazish uslubiyati auditorlik faoliyatining xalqaro amalivoti va tajribasigaasoslanadi. Ammo auditni samarali tashkil etishda faqatgina audituslubiyati emas, balki auditning huquqiy asoslari ham muhim rolo'ynaydi. Bu borada respublikamizda bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi asosida auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi.
Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun ularni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Shuningdek auditor jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, beg‘araz bo‘lishi va taxminlarga asoslanishi, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o‘zining kasbga oid fikr-mulohazasida tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.



  1. Download 109.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling