Aviatsia transporti muhandisligi


Download 122.38 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi122.38 Kb.
#1385420
  1   2
Bog'liq
отработка 10-ая


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
AVIATSIA TRANSPORTI MUHANDISLIGI ” Fakulteti
«Havodagi harakatni boshqarish tizimlarining axborot ta'minoti»
Fanidan

Qayta Topshirish
Mavzu: Аxborot texnologiyasi - iqtisodiy
Tizim sifatida
Bajardi: HHB-1 guruh talabasi
Mirzayev Bunyod

Toshkent 2023
Mavzu: Аxborot texnologiyasi - iqtisodiy
Tizim sifatida
Reja:
1. Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari


Mavzu: Аxborot texnologiyasi - iqtisodiy
Tizim sifatida
Reja:
1. Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari
Hozirgi kunga kelib axborot tizimlari korxonalar menejerlari uchun katta ahamiyat kasb etmoqda, chunki ular korxonaning taraqqiy etish va rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanmoqda. Axborot tizimlari asosida korxonalaming yangi bozorlarga kirib borishi, yangi tovar va xizmatlami taklif etishi va biznesni amalga oshirishning yangi usullari taklif qilinmoqda.
Biznes-jarayonlarining tubdan o'zgarishiga to'rtta omil jiddiy ta’sir ko'rsatmoqda, ya’ni birinchidan — global iqtisodiyotning paydo bo'lishi va rivojlanishi, ikkinchidan — industrial iqtisodiyotning bilim va axborotlaiga asoslangan iqtisodiyotga aylanishi, uchinchidan — korxonalar boshqaruvining tubdan o'zgarishi va to'rtinchidan — kiberkorporatsiyalarning (raqamli korporatsiya) paydo bo'lishidir.
Axborotlashtirish jarayonlari asosida iqtisodiy o'sish bo'yicha aniq natijalarga erishishda MHD rivojlangan mamlakatlardan ortda qolmoqda. Shu bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga erishish borasida ko'plab axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari miqdori ortib bormoqda.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari va axborot resurslaridan davlat boshqaruvida yanada samarali foydalanishga asosan ikkita omil jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatmoqda:
— davlat boshqaruvidagi xodimlar ko'pchiligining axborotkommunikatsiyalar texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarining
pastligi;
— axborotlashtirish infratuzilmalarining rivojlanmaganligi.
Shu bilan birgalikda, oxirgi yillarda АКТ samarali foydalanish bo'yicha qilinayotgan amaliy ishlar soni ko'paymoqda, jumladan elektron hujjat almashuv tizimlari, soliq avtomatlashtirilgan tizimlari va h.k. Kompyuter axborot tizimlarining korxonalar boshqaruv jarayonlariga joriy etilishi uning barcha boshqaruv pog'onalarini axborot ta’minoti bilan yuqori darajada ta’minlanishiga olib kelmoqda. Korxonalar boshqaruvida bo'layotgan o'zgarishlar avvalombor zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga bo'lib, boshqaruv jarayonlari ham ularga nisbatan parallel o'zgarmoqda. Amaliyot shuni
ko'rsatmoqdaki, korxonalam ing axborot arxitekmrasi undagi biznesarxitekturaga to'liq mos kelishi kerak, aks holda ulami xarid qilish uchun qilingan xarajatlar foyda keltirmaydi. Shuning uchun ham axborot tizimlarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va joriy qilish bo'yicha korxonaning axborotlashtirish strategiyasi bo'lishi kerak. Ushbu strategiya korxonaning ixtisoslashishini, maqsadlari va yutuqlarga erishish omillarini e ’tiborga olib, ular axborot tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlar, ya’ni hisoblash texnikasi narxining pasayishi, dasturiy mahsulotlar yaratishning yangi texnologiyalarini kirib kelishi korxona boshqaruv jarayonlaridagi yondashuvlami tubdan o'zgartirmoqda. Endilikda rahbar xodim axborot jarayonlari ishtirokchilariga nisbatan asosiy boshqaruvchi bo'lishini, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasi bo'yicha yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishi va tadbirkorlik bo'yicha bilimlarga ega bo'lishini talab etmoqda. Rahbarlarning axborotlashtirish masalalari bo'yicha kompetent emasliklari sababli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish natijasida olinishi mumkin bo'lgan iqtisodiy samaradorlik darajasi pastligicha qolmoqda. Korxonalarda bunday texnologiyalar bilan bog'liq bo'lgan masalalar asosan axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislariga yuklatilmoqda, ular esa korxona boshqaruvi bo'yicha o'zgacha tasawurga egadirlar. Bunday masalalami hal qilish oliy darajadagi boshqaruvchilarga yuklatilib, ulardan axborotlashtirish bo'yicha yuqori malakaga ega bo'lishlik talab etilmoqda.
Axborotlashgan jamiyatning asosiy omillaridan biri shaxsiy kompyuterlardan foydalanishdir. Ishlaydigan respondentlar ish joylarida individual kompyuter bilan ta’minlanganlari — 21,33 %, hamkasblari bilan foydalanayotganlari — 40,83 % va umuman ta’minlanmaganlari — 37,84 % ni tashkil qilmoqda. Shaxsiy kompyuterlardan qaysi maqsadlarda foydalanishayotganligiga qarasak, 41,2 % — hujjatlar bilan ishlashda, 36,5 % — ta’lim dasturlarida, 69,4 % — hordiq chiqarishda, 17,6 % — internet tarmog'idan foydalanishda, 4,7 %— elektron kitoblami o'qishda, 0,6 % — chizma va rasmlar bilan ishlashda foydalanishib kelmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha shaxsiy kompyuterlardan foydalanish tarkibini ko'rib chiqsak, u quyidagichadir: 42,7 % — sanoatda, 11,7 % — transportda, 10,7 % — xizmatlar sohasida, 9,3 % — qurilishda, 7,7 % — moliya va banklarda, 5,3 % — aloqa sohasida, 4,0 % — savdoda, 3,7 % — kommunal xo'jaligida, 5,0 % — maorif va sog'liqni saqlashdadir.
Bizning fikrimizcha boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirishda quyidagilarni e ’tiborga olish zarur bo'ladi:
1. Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari asosida davlat boshqaruvini takomillashtirish. Axborotlar to'g'ri va tezkor qarorlar qabul qilishning asosini tashkil qiladi. АКТ davlat boshqaruvini takomillashtirishda nafaqat zarur, balki samarali vositaardan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda talab qilinayotgan muhitni yaratishda so'z erkinligi, iste'molchilarhuquqi, axborot himoyasi, intellektual mulk egasi huquqi kabilarni ta’minlash kerak. Qog'ozsiz texnologiyalarning keng yo'lga qo'yilishi ish joylaridagi mehnat unumdorligi sifati, vaqtni tejash va samaradorlikni yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi. Agar 2006-yilda respublika idoralari ichida qog'ozsiz hujjat aylanishi 28,2 % ni tashkil qilgan bo'lsa, hozirgi kunda 50,4 % ni tashkil qilmoqda, ya’ni qog'ozsiz texnologiyalar tizimi kundan-kunga kengayib bormoqda.
2. Bozor muhiti. Axborotlashgan jamiyat ustunliklaridan iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan maksimal samarali foydalanish borasida ulami tartibga solib turish muhitini shakllantirib, uning asosida yangi xizmatlami joriy etish va infratuzilmani kengaytirishga investitsiyalarni jalb etishni qutlash lozim. Zamonaviy aloqa kanallarining mavjudligi va ular xizmatlari narxining arzonligi АКТ keng foydalanishning zamini bo'lib xizmat qiladi.
3. Standartlashtirish. Axborotlashgan jamiyatda standartlashtirish asosiy omillardan biri hisoblanadi. Global va hududiy darajalarda aloqalar o'zaro bir-biriga mos keladigan standartlarga rioya qilishni talab qiladi.
4. Iste’molchilar huquqini himoya qilish. Iste’molchilar asosli ravishda ulaming shaxsiy hayotlarini tashqi muhitdan himoyalanganligidan havotirda bo'lishadi. Axborotlashgan jamiyatni shakllantirishda shaxsiy axborotlaming himoyalanganlik darajasi katta ahamiyat kasb etadi.
5. Intellektual mulkka ega bo'lish huquqi. Elektron tijoratni yo'lga qo'yish, dasturiy mahsulotlami ishlab chiqish va sotishda intellectual mulkka ega bo'lish huquqi katta ahamiyat kasb etmoqda. Elektron tijoratning keng kirib kelishi axborotlashgan jamiyatning shakllanishida asosiy omillardan hisoblanadi. So'rovda ishtirok etganlaming nima uchun Internet orqali xarid qilishmaganliklarini quyidagicha izohlashgan: 43,7 % — Internet tarmog'iga ulanmagan, 30,3 % — tovar va xizmatlami shaxsan xarid qilishni afzal ko'rishgan, 26,0 % — Internet tarmog'idan nimani va qanday qilib xarid qilishni bilmaslik kabi sabablarni keltirishgan. Boshqarish deb obyektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funksiyasiga aytiladi.

Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir obyekt o'zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo'ladi va o'zaro ta’sirning mavjudligini hamda o'z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko'plab turli elementlardan tashkil topadi.


Iqtisodiy obyekt — bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o'z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy obyektning muhit bilan o'zaro ta’siri natijasida turli xil o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar bir-birigi o'ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy obyektning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni iqtisodiy obyektning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, iqtisodiy obyekt va muhit o'rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo'lishi mumkin, shu tufayli iqtisodiy obyekt bir qancha muddat o'zgarmay qoladi yoki faqat teskari o'zgarishlarga uchraydi. Obyektda bu o'zgarishlar boshqarish zururiyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo'naltirilgan ta’sir ko'rsatadi.
Boshqarish muhim funksiya bo'lib, usiz hech bir iqtisodiy obyekt maqsadga yo'naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida obyektni saqlab qolish, ko'proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish aniq bir iqtisodiy obyektlarning o'ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog'liq holda ulami barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy obyektni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi.
Iqtisodiy obyektni tizim sifatida ko'radigan bo'lsak, u quyidagi elementlardan tashkil topgan bo'ladi:
1) boshqaruvchi subyekt;
2) boshqariluvchi obyekt.
Bu elementlar o'rtasidagi aloqa ham katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy obyekt deb ishlab chiqarish korxonasini olsak (aksionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar va hokazo), boshqaruvchi subyektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo'linmalari kiradi (direktor, bo'lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi obyektga esa korxona sexlari, ishlab chiqarish bo'limlari misol bo'ladi. Agar boshqaruvchi subyektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi obyektga yo'naltirilsa, bu aloqa „to'g'ri aloqa" deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko'rsatmalar,

qarorlar misol boMishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar boshqariluvchi obyektdan boshqarish subyektiga yo‘naltirilsa, „teskari aloqa" deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori va xokazo misol boMa oladi.
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan.Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko'rib chiqish mumkin.
Boshqarish jarayonida to'g'ri va teskari aloqa kanallari bo'yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o'rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo'yilgan maqsadlami bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to'g'ri kanali bo'yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo'natadi. Teskari aloqa kanali bo'yicha boshqariluvchi obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi. Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi obyektga boshqaruvchi ta’sir ko'rinishida yetkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin.
Iqtisodiy obyektning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega boMinadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig'ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur, iqtisodiy obyektning axborot tizimini tashkil etadi. Bn tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi iqtisodiy obyekt bajarayotgan vazifalarga bog'liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lum ot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig'ish tizimi ko'rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotniboshlang'ich yig'ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o'zaro bog'liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko'rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.
Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo'lishi bilan bog'liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondoshuv uni axborot protseduralarini(ma’lumot yig'ish, ro'yhatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va xokazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog'liq boshqaruv jarayonlarinin biri sifatida ko'rib chiqishni ko'zda tutadi. Protseduralami bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro'y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo'naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funksional vazifasi bilan bog'liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko'rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro'yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o'ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo'linma faoliyatining yo'nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar obyekti sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.
Boshqaruv tizimining pog'analiligi. Odatda, istalgan tashkilot bir necha obyektlardan iborat murakkab kompleks bo'lib, ularning o'zi ham boshqaruv jarayoni va qismlardan tashkil topgan. Shu bois ham kompleksning kelishilgan holda ishlashi uchun qo'shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari kabi) harakatlarini muvofiqlashtiradi, ular

faoliyatini kompleksning umumiy maqsadlarini bajarishga yo‘naltiradi.
Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi ko‘p darajali tuzilmaga ega bo'lishi mumkin. Bu ko'plab boshqaruv tizimlari uchun xos xususiyat.
Odatda, obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o'rta, quyi darajasi farqlanadi (4.5-rasm). Ulardan har biri o'z funksiyalari to'plami, kompetentsiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga muhtoj bo'ladi.
Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, iqtisodiy obyekt vazifasi, boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari, ularni amalga oshirish strategiyasi belgilanadi. Boshqarishning o'rtacha darajasi — texnik boshqaruv darajasi hisoblanadi. Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi, resurslar kuzatib boriladi va xokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor boshqaruv rejasi, ya’ni hajm-taqvim (kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat va qayd etish amalga oshiriladi.
Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyat turi) hal etiladigan masalaning murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo'lsa, uni hal cl ish uchun shunchalik yuqori darajadagi boshqaruv talab etiladi.
Bu o'rinda shuni na/arda tutish kerakki. ohista (tezkor) hal etishni talab etuvchi oddiy masalalar nisbatan ko'p yuzaga keladi. Demak. ular uchun tezkor qaror qabul qilinadigan. nisbatan quyi boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida, shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarni amalga oshirish dinamikasini ham hisobga olish zarur. Bu hoi boshqaruvga vaqtinchalik omil nuqtayi nazaridan qarash imkonini beradi.
Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta qaytariluvchi vazifalar va operatsiyalarini hal etishni hamda keladigan joriy axborotlar o'zgarishini tez qayd etishni ta’minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham yetarlicha yuqori. Uni ko'pincha vaziyat o'zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi.
O'rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotlarni oldindan tahlil etishni talab qiladigan masalalar yechimini ta’minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega bo'ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo'lmaydi. Buning uchun yetmagan ma’lumotlami yig'ish, tahlil etish va fikrlashga qo'shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan, to qaror qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek, qarorni amalga oshirish vaqtidan, to unga bo'lgan ta’sirni qayd etguncha bo'lgan ayrim oraliqto'xtalishlar bilan bog'liq.
Strategik daraja iqtisodiy obyektning uzoq muddatli strategic maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni ta’minlaydi. Madomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o'tgach ko'rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to'liq ishlab chiqilmagan. Ko'pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qaroming haqqoniyligi uzoq vaqt o'tgachgina o'z tasdig'ini topishi mumkin. Qaror qabul qilish ma’suliyati juda katta. Bu matematik va mahsus apparatlardan foydalangan holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlaming kasbiy intuitsiyasi bilan ham belgilanadi,

Download 122.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling