Avstrolotipek bu eng qadimgi va eng ibtidoiy odam turi, uning qoldiqlari Afrikada topilgan. Zinjantrop


Download 14.3 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi14.3 Kb.
#1123195
Bog'liq
atama


avstrolotipek bu eng qadimgi va eng ibtidoiy odam turi, uning qoldiqlari Afrikada topilgan.
Zinjantrop (Zinj Sharqiy Afrikaning qad. arabcha nomi va yun. anthropus — odam) — avstralopiteklarga mansub qad. qazilma odamsimon maymun. 3. bosh skeletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959-yil Oldovay darasi (Tanzaniya)dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga koʻra dastlab Homo urugʻiga kiritgan va zinjantrop deb atagan.
Pitekantroplar (qadimgi yunoncha: πίθηκος [pithekos] maymun va ἄνθρωπος [anthropos] — odam) — eng qad. qazilma odamlar (taxminan 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890—92 yillarda golland olimi E. Dyubua Yava oroldagi Solo daryosi yaqinidan 4qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqogʻi, son suyagi va uchta tishini topgan.

Neandertallar — qadimgi qazilma odamlar, oʻrta paleolit davri odami hisoblanadi. Paleoantroplarning bir guruhi. Neandertal skelet qoldiqlari (bosh miya qutisi, qovurgʻalarning boʻlaklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856-yilda Neandertal vodiysida (Germaniyaning Dyusseldorf shahri yaqinidagi neandertal gʻoridan topilgan), shuningdek, Osiyo, Oʻrta Osiyo (qarang: Teshiktosh odami) ning Boysun togʻlaridan va Afrikada topilgan. Neandertal boʻyi uncha baland boʻlmagan (150-160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, peshonasi anchayin turtib chiqqan, son suyagi boldir suyagiga nisbatan kalta boʻlgan. Neandertal bundan 200—35 ming yil avval — vyurm muzligi davrida Gʻarbiy Yevropada yashashgan.
Kromanonlar (Fransiyadagi KroManon gʻori nomidan) — soʻnggi paleolit davrining hozirgi (neoantroplar) koʻrinishida boʻlgan qazilma odamlarining umumlashma nomi. Dunyoning barcha qismida K.ga oid suyak qoldiqlari topilgan. K.ning yuz tuzilishi hozirgi zamon odamiga oʻxshaydi. Ular taxminan 140 ming yil muqaddam paydo boʻlishgan.[1]

Farg‘ontrop bu So‘x daryosi vodiysidan, Selung‘ur g‘oridan topilgan odamning qoldiqlari.

Sinantroplar (lot. Sina Xitoy va yun. antropos — odam) — eng qadimgi odamlar (arxantropyaar)ga mansub qazilma odamlar. Juda koʻp suyaklari (kalla qutisi, pastki jagʻlar parchalari, oyoq va koʻl suyaklari) oʻrta pleystotsen qoldiqlaridan ilk bor 1927—1937-yillarda Xitoydan topilgan (nomi shundan olingan). Sinantroplar morfologik jihatdan pitekantroplarga yaqin, lekin ulardan miya hajmining kattaligi (1000 sm³ ga yaqin), peshonasining birmuncha kengligi bilan farq qiladi. Sning suyak qoldiklari bilan birga ular foydalangan, ilk paleolit davriga mansub sodda tosh qurollar, ularning olovdan foydalanilganiga guvohlik beruvchi kul va hayvonlarning kuygan suyak qoldiqlari topilgan.
Download 14.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling