Avtomatik boshqarish tizimlarini axborot bilan ta’minlash


Download 0.88 Mb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1702345
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomatik boshqarish tizimlarini axborot bilan


  1. Avtomatik boshqarish tizimlarini axborot bilan ta’minlash


Chizmadan ko`rinib turibdiki, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari tarkibida boshqaruvchi yordamchi tizim, texnologik jarayon operatorlari va texnik vositalar bilan birgalikda ishlaydigan mustaqil yordamchi axborot tizimi ham bor. Texnologik jarayonning ketishi haqidagi axborot o`lchov o`zgartkichlari orqali yordamchi axborot tizimiga kiradi, u esa o`z navbatida operatorlarga va boshqaruvchi yordamchi tizimlarga uzatiladi. Ular o`zlaridagi boshqarish algoritmlari asosida tegishli boshqarish ta’sirlarini ishlab chiqadi. Avtomatlashtirilgan boshqarish rejimi operatorlar orqali amalga oshiriladi.


Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarini axborot bilan ta’minlash muammosi quyidagi masalalarni yechishga bog`liq:

  • Boshqarish obyektlarini bir xil ko`rinishga keltirish maqsadida axborotning yetarli hajmini aniqlash;

  • Axborotning ishonchliligini ta’minlash va uni yechish usullarini isbotlash;

  • Inson-mashina tizimsida axborot almashishni tashkil etishda vazifalarni taqsimlash;

  • Axborotni yig`ish, saqlash va berish.

Agar axborot turlari faqat bir avtomatlashtirilgan qayta ishlash tizimi bilan bog`langan bo`lsa, boshqarish jarayoni ratsional bo`ladi. Zarur bo`lgan birlamchi axborotning hajmi ko`p emas, lekin u texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlar uchun yetarli bo`lgan ikkilamchi ko`rsatkichlar tizimi uchun kifoya bo`lishi lozim. Bu usul bir marta yaratib va axborot massivlaridan ko`p marotaba foydalanish prinsipi sifatida ma’lum. Boshqacha qilib aytganda, bir marta qayd qilingan axborot turli boshqarish vazifalarida foydalanilishi mumkin. Zarur bo`lgan axborot hajmini aniqlash kerak bo`lganda texnologik jarayon matematik ifodasining qabul qilingan tarkibini bilish lozim. Obyekt holatini bir xil ko`rinishda keltirish va zarur bo`lgan axborot hajmini aniqlash uchun axborot statistik usullarni yoki hozirgi zamon boshqarish nazariyasida qo`llaniladigan kuzatish va boshqarish tushunchalarini ishlatish asosida hal etiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarning me’yorda ishlashi hisoblash mashinalari va boshqarish masalalaridan foydalanishdagi axborotning ko`rinishiga bog`liq. Boshqarish obyekti haqida elektron hisoblash mashinalari xotirasida saqlanayotgan birlamchi axborotning to`g`riligi birinchi navbatda texnologik jarayon fizik parametrlarining o`lchash xatoliklariga bog`liq.
Hozirgi paytda aniqlik masalasini hal etishda ikki yo`nalish mavjud:

  • o`lchov chizmalarida fizika, kimyo va boshqa fan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan, yuqori aniqlikka ega bo`lgan elementlarni ishlatish, shuningdek, o`lchaydigan qurilma xarakteristikalarini stabillash usullari tarkibini mukammallashtirish;

  • tizimlar doirasida ma’lumotlar ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish (filtrlash, ishonchlilik ustidan nazorat o`rnatish, asboblar xizmatini optimallash, modellarni to`g`rilash va boshqalar).


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling