Avtomatik rostlash tizimlarining strukturaviy sxemasi. Ochiq va berk konturli tizimlarning uzatish funksiyasi va chastotaviy uzatish funksiyalari


Download 1.19 Mb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1434736
  1   2   3   4
Bog'liq
12 maruza

12-maruza

Avtomatik rostlash tizimlarining strukturaviy sxemasi .Ochiq va berk konturli tizimlarning uzatish funksiyasi va chastotaviy uzatish funksiyalari

Reja:

  • Avtomatik rostlash sistemalarining
  • Avtomatik rostlash tizimlarining tuzilish sxemalari va ularning o’zgarishi.
  • Ochiq, yopiq va kombinatsiyalangan tizimlar

Mashinalar va tirik organizmlarda ketadigan yoki inson bajaradigan har qanday maqsadga yo’naltirilgan jarayon tashkiliy operatsiyalar yig’indisidan iborat bo’lib, uni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ishchi operatsiyalar va boshqaruv operatsiyalar. Ishchi operatsiyalar – bu bevosita tabiatdan va qonuniyatdan kelib chiqqan holda jarayon ketishini aniqlaydigan harakatdir. Masalan, tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish jarayoni shunday operatsiyalardan iborat: detalni mahkamlash, keskichni uzatish,qirindilarni tushirib olish va boshqalar. Jarayonda maqsadga erishish uchun ishchi operatsiyalar tashkil etilishi va boshqa turdagi harakatga, ya’ni boshqaruv harakati zarur. SHuningdek tokarlik dastgohida detalga ishlov berish jarayonida shunday boshqaruv operatsiyalari bajariladi: dastgohni o’z vaqtida ishga tushirish va o’chirish, berilgan aylanishlar sonini ushlab turish, tezlikni maqsadga muvofiq o’zgartirish, qirqish moslamasi yo’nalishini o’zgartirish va boshqarish

Boshqaruv operatsiyalarining majmuasi boshqaruv jarayonini tashkil etadi. Boshqaruv jarayoni bajarilayotgan tizim boshqaruv tizimi deyiladi. Struktura ko’rinishida har qanday boshqaruv tizimini boshqaruv ob’ektiga o’zaro bog’liq bo’lgan majmua ko’rinishida tasavvur etishimiz mumkin. Ya’ni boshqariladigan ob’ekt (boshqariladigan tizim) va boshqariladigan organ (Boshqaruvchi tizim) Boshqariladigan ob’ekt bo’lib alohida mexanizm, mashina, dastgoh, agregat, ishChilar brigadasi yoki alohida ishchi sex yoki umumkorxona, ishlab chiqarish birlashmalari yoki xalq ho’jaligi tarmog’i bo’lishi mumkin. Boshqaruvchi organ bo’lib, brigadani boshqaruvchi brigadir, boshqaruv tizimi hodimlari, ya’ni sex, zavod, vazirlik. Har qanday boshqaruv jarayoni maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bundan kelib chiqishicha boshqaruv organiga boshqarish maqsadi ma’lum bo’lishi kerak, ya’ni boshqaruv ob’ektini istalgan holatini aniqlash uchun ma’lumotga ega bo’lishi zarur. Boshqaruv organi boshqariladigan ob’ektga shunday ta’sir esinki, uning holati istalgancha mos tushsin. Boshqaruv ob’ekti ochiq tizim ko’rinishida bo’lib, tashqi muhit bilan dinamik bog’liqlikka ega. Tashqi muhitni boshqaruv ob’ektiga ta’siri amalda nazorat qilib bo’lmaydi va uning holatini bexos o’zgartirish xarakteriga ega. Atrof muhitni boshqaruv ob’ektiga ta’siri xayajonga keltiruvchi ta’sir deyiladi.


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling