Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi


Download 1.25 Mb.
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1639840
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Axborot tizimlari tarkibi: texnik ta’minot, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy, huquqiy ta’minot

Reja:


Axborot tizimi tushunchasi
Tizim tushunchasi keng tarqalgan va ko’plab ma’noviy qiymatlarga ega. Ko’pincha texnik vosita va dasturlar to’plamiga nisbatan qo’llaniladi. Kompyuterning apparat qismi tizim deb atalishi mumkin. Aniq amaliy masalani yechishga, hujjatlashtirishni yuritishning qo’shimcha jarayonlari va hisoblashlarni boshqarish bilan to’ldirilgan dasturlar to’plami ham tizim deb qaralishi mumkin.
«Axborot» so’ziga «tizim» tushunchasini qo’shish uning yaratilishi va bajarilishini aks ettiradi. Axborot tizimlari har qanday sohada masalalar yechimlarini qabul qilish jarayonida axborotlarni qidirish, yig’ish, uzatishni ta’minlaydi. Axborot tizimlari muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlar yaratishga yordam beradi.
Axborot tizimi – bu qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida foydalanish uchun axborotlarni yig’ish, ishlov berish, saqlash va uzatish uchun qo’llaniladigan vositalar va usullarning o’zaro mutanosibligidir.

Har qanday axborot tizimining ishini ta’minlovchi jarayonlarni shartli ko’rinishida quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:

  • ichki va tashqi manbalardan ma’lumot kiritish;
  • kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish;
  • iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish;
  • teskari aloqa – kirgan axborotni tahrirlash uchun korxona (firma)
  • xodimlari tomonidan qayta ishlangan axborot.

Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi:

  • har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, qurilishi va tizimlarni qurish umumiy asoslari negizida boshqarilishi mumkin;
  • axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchi hisoblanadi;
  • axborot tizimini qurishda tizimli yondashuvni qo’llash zarur;
  • axborot tizimining chiqish mahsuloti uning asosida qaror qabul qilinuvchi axborot hisoblanadi;
  • axborot tizimini axborotlarga ishlov berishni inson-kompyuter tizimi deb qabul qilish lozim.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling