Avtomobil servisi


Download 1.84 Mb.
Sana08.04.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1342145
Bog'liq
Materialshunoslik mustaqil ish Shahzodbek (1)

Andijon mashinasozlik instituti

Andijon mashinasozlik instituti

TRANSPORT va LOGISTIKA fakulteti

"Avtomobil servisi" yo'nalishi

2-kurs K-35-20 guruh talabasi Sattarov Shahzodbekning

Materialshunoslik fanidan

MUSTAQIL ISHI

Пластик массалар ва уларнинг тузилиши хиллари,хоссалари ва фойдаланиш жойлари

REJA:

  • 1.Umumiy ma'lumotlar.
  • 2.Plastik massalar turlari.
  • 3.Ta'biiy smolalar.
  • 4.Mashinasozlikda plastik massalardan foydalanish.
  • 5.Xulosa.
  • 6.Foydalanilgan adabiyotlar.

Umumiy ma'lumotlar

  • Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mustahkam saqlaydi. P.dan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq-sovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.

Plastik massalar turlari

  • Plastik polimerlar turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻlinadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan Polimerlar tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada Polimerlarning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoʻqotadi.

Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob qismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi.

  • Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob qismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi.

Ta'biiy smolalar

  • Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan polimerlar qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki polimer selluloid boʻlib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin P. sanoati 2-jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen koʻplab ishlab chiqarila boshladi.

Mashinasozlikda plastik massalardan foydalanish

  • Mashinasozlikda konstruksion materiallar sifatida metal qotishmalari bilan bir qatorda nometall materiallardan ham keng foydalaniladi va ularni qo‘llanilish sohalari borgan sari ortib bormoqda. Ma’lum M, nometall materiallar xili ko‘p, lekin sanoatda keng qo‘llaniladiganlariga plastik massalar, rezina, lak, bo‘yoq, yelim, asbest, shisha, keramika va
  • boshqalar kiradi. Nometall materiallarning yetarli puxtaligi, yengilligi, termik va kimyoviy chidamligi, yuqori izolatsion xarakteristikalari, ayniqsa, texnologik va ekspluatatsion xossalarining yaxshiligi ulardan metallar o‘rnida emas, balki zarur materiallar sifatida ham foydalanilmoqda. Nometall materiallar asosi polimerlar (yuqori molecular birikma)dan iborat bo‘lib, ular tabiiy va sun’iy xillarga ajratiladi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza, slyuda, asbest, grafit, paxta va boshqalar, sun’iylariga polietilen, viskoza, sintetik kauchuk va boshqalar kiradi.

Xulosa

  • PLASTIK MAHSULOTLAR HOZIRGI DAVRDA BARCHA SOHALARNI QAMRAB OLAYOTGANLIGI VA HAMYONBOP MAHSULOT EKANLIGI UNDAN TASHQARI INSONIYAT TURMUSH TARZI UCHUN TOBORA MUHIMLASHIB BORAYOTGANLIGI PLASTMASSALARNING YANGI TURLARINI KASHF QILISHGA TALAB YARATMOQDA. BU KABI YANGI MATERIALLARNI YARATISH BIZNING QO"LIMIZDA, IZLANISHDAN TO"XTAMASDAN DOIM OLG"A BOSISH ASOSIY MAQSADIMIZ BO"LISHI LOZIM.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Ismoilov I. I., Djalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnie polimeri i oligomeri, T., 1993; Asqarov M. A., Ismoilov I. I., Polimerlar kimyosi va fizikasi, T., 2003.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling