«Avtomobil texnikasini ishlatish (ekspluatatsiyasi)»


Download 24.95 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi24.95 Kb.
#1004425
  1   2   3   4
Bog'liq
oraliq javob EKSPLUATATSIYA


1. «Avtomobil texnikasini ishlatish (ekspluatatsiyasi)» deganda undan mo‘ljallanishi bo‘yicha foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, saqlash va transportirovka qilish tushuniladi.
2. Техник хизмат кўрсатиш ўз ичига машиналарни доимо соз ҳолатда ушлаб туриш учун бажариладиган барча ишлар ҳажмини олган бўлиб, уларни ишлатиш жараёнида сақлаш ва ташишда доимо жанговар шай ҳолатини таъминлаш, ҳамда тез ейилишларни ва носозликлар пайдо бўлишини огоҳлантириш мақсадида ўтказилади.
3. Mashinalarni transportirovka qilish (tashish) deganda avtomobil texnikasini temir yo‘l, daryo, havo va avtomobil transportida mashinalarning oldingi (tashishdan oldin) texnik holati va butligini saqlab qolgan holda ularni tashishga tayyorlash va tashish bo‘yicha tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Mashinalarni tashishda ularni butligi saqlanishi va undan keyin qisqa muddatda jangovar shay holda keltirish choralari ko‘riladi.

4. Автомобиль хизматининг асосий вазифаси- тинчлик даврида ҳам, уруш даврида ҳам қўшинларнинг автотехник таъминотини ташкиллаштириш ва амалга оширишдан иборат


5. “Avtotexnik ta’minot” deganda harbiy qismlarni avtomobil texnikasi va avtomobil jihozlari bilan ta’minlash va avtomobil texnikasini qo‘shinlarning doimiy jangovar shayligini ta’minlovchi holatda ushlab turuvchi majmuali tadbirlar tushuniladi.

6. Ҳарбий қисмнинг автомобиль хизматига


қуйидаги вазифалар юклатилади:
- ҳарбий қисм ва бўлинмаларни белгиланган меъёрлар (штатлар, табеллар) бўйича автомобиль техникаси ва автомобиль жиҳозлари билан ўз вақтида таъминлаш;
- автомобиль техникаси ва автомобиль жиҳозларининг ҳисоби ва қайта тақсимоти;
- автомобиль техникасидан техник тўғри фойдаланишни ташкиллаштириш ва уларни доимий жанговар шайликда ушлаб туриш;
- автомобиль техникасини эвакуация қилишни ташкиллаштириш;
- автомобиль техникасини ўз вақтида ва сифатли таъмирлашни ташкиллаштириш;
- таъмирлашнинг илғор усулларини амалга тадбиқ этиш, таъмирлаш қисм ва бўлинмаларининг иш унумдорлигини ошириш;
7. Avtomobil texnikasiga Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini qurollanishi (ta’minlanishi) uchun qabul qilingan quyidagi texnikalar taa’lluqli bo‘ladi:
-avtomobillar (ko‘p maqsadga mo‘ljallangan; g‘ildirakli shatakka oluvchilar; ko‘p o‘qli maxsus g‘ildirak shosseli va ko‘p o‘qli g‘ildirakli og‘ir shatakka oluvchilar; qurol – aslaha, boshqaruv vositalari va maxsus texnikalarni o‘rnatish (montaj) uchun mo‘ljallangan asosiy shossesi g‘ildirakli bazali shassilar; avtomobil texnikalarini ta’mirlovchi va texnik xizmat ko‘rsatuvchi g‘ildirakli shossega o‘rnatilgan ko‘chma vositalar va ularning zirhlangan modifikatsiyalari;
-zanjir tasmali mashinalar (zanjir tasmali shatakka oluvchilar, transportyorli–shatakka oluvchilar va va transportyorlar; qurol – aslaha, boshqaruv vositalari va maxsus texnikalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan asosiy shossesi zanjir – tasmali bo‘lgan shatakka oluvchilar, transportyorli shataklagich va transportyorlar; zanjir–tasmali shassiga o‘rnatilgan avtomobil texnikalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ko‘chma vositalari;
-mexanik tortgich sifatida va yordamchi ishlar uchun qo‘llaniladigan traktorlar;
-tirkama va yarim tirkamalar
8. Машиналарнинг жанговар шайлиги унинг созлиги, ишончлилиги, тайёрланган экипажи (ҳайдовчиси) мавжудлиги, зарур эҳтиёт қисмлар, асбоблар, мосламалар (белгиланган меъёрлар бўйича) билан бутланганлиги ва олдинда турган вазифани бажариш учун зарур бўлган ёқилғи-мойлаш ва бошқа ишлатиш материаллари билан тўлдирилганлиги орқали аниқланади.
11. Mashinalarning pasporti (formulyari).
Har bir mashinaga, mashinaning tayyorlovchi zavod (ta’mirlash korhonalari) tomonidan, texnik tasnifi, kafolatlanishini tasdiqlovchi, uning ushbu harbiy qismga tegishliligini bildiruvchi, mashinaning texnik holatini yorituvchi va uni ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha ma’lumotlarini, avtomobil jihozlari bilan butlanganligini ko‘rsatuvchi asosiy hujjat –formulyar (pasport) beriladi.
Maxsus avtomobillar pasportdan tashqari unga o‘rnatilgan maxsus jihozlar uchun tayyorlovchi zavod (ta’minlovchi boshqarma) tomonidan formulyar (pasport) bilan ta’minlanadi.
Formulyar (pasport) harbiy qismning avtomobil xizmatida (shtabda) saqlanadi.
Formulyar (pasportlar) berish va yuritish tartibi O‘R MV avtomobil texnikasi boshqarmasi tomonidan belgilanadi.


  • 12. Автомобиль техникаларини ишлатиш ва таъмирлаш йиллик режаси (илова-1);

  • Автомобиль техникаларини ишлатиш ва таъмирлаш ойлик режаси (илова-2);

  • Ҳарбий қисмларда (қўшилма) автомобиль техникаларини таъмирлаш ва техник хизмат кўрсатиш режа-жадвали (илова-3);

  • Машиналардан фойдаланиш наряди (илова-4).

13. Rejalashtirishning asosiy maqsadi - harbiy qismlar jangovor tayyorgarligini ta’minlash. Jangovor va man’aviy-marifiy tayyorgarglik rejalarini bajarish, jangovor va safarbarlik tayyorgarligi va xo‘jalik faoliyatini ta’minlashda avtomobil texnikasidan, yoqilg‘i-moylash mahsulotlaridan tejamkorlik va maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish
14. Ҳарбий қисмларда машиналардан режалаштиришда фойдаланишда ва таъмирлашда қуйидаги бошқарув ҳужжатлардан фойдаланилади:

  • 1.Ўзбекистон Республикаси Мудофаа Вазирининг буйруғларига белгиланган:

  • - тинчлик даврида белгиланган йиллик моторесурсларни сарфлаш меъёри;

  • - ёқилғи мойлаш маҳсулотларини сарфлаш меъёри;

  • - автомобил техникасини таъмирлаш ва хисобдан чиқариш (хизмат муддати) бир миқдорда сарфлаш меъёри.

  • 2. Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги қўшинларининг автомобиль хизмати бўича Қўлланмаси.

  • 4. Автомобил техникаси ва жихозларини сақлаш. Қўлланма.

15. Avtomobil texnikasini ta’mirlashgacha va hisobdan chiqarguncha ishlatish normasi (xizmat muddati).
Avtomobil texnikasini ta’mirlashgacha va hisobdan chiqarguncha ishlatish normasi intensiv fodalaniladigan mashinalar (agar mashina kapital ta’mirgacha 12 yildan oshmagan vaqt ichida belgilangan ishlatish normasini o‘tgan bo‘lsa), avtomobil va traktorlar statsionar va ko‘chma qurilmalari dvigatellari, shinalar va AKB uchun belgilangan.

16. Reja quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlardan foydalanib tuziladi:


-avtomobil texnikasini soni va texnik holati;
-mashinalarni ta’mirlashgacha qolgan motoresursi (ishlash mudati);
-motoresurs sarfi me’yori (Mudofa Vaziri va okrug Qumondoni ajratilgan motoresurs zaxirasi hisobdan chiqarilgan hisobda);
-yil davomida avtomobil texnikasiga va motoresursga bo‘lgan talablar;
-yil davomida mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talab (saqlashga qo‘yilgan mashinalar ham hisobda);
- texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘linmasining imkoniyati (ish vaqti, ish fondi);
- harbiy qismni jangovor tayyorgarlik, jargovor va safarbarlik tayyorgarligini mashinalarga ehtiyoj hisoboti va motoresurslariga (shtab tomonidan tuziladi, xizmat boshliqlari bilan birgalikda);
- xo‘jalik yillik rejasi asosida harbiy qismni xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun mashinalarga va motoresurslarga ehtiyoj hisoboti;
- yuqori shtablar ko‘rsatmasiga asosan harbiy qism odiga qo‘yilgan bajariladigan vazifalarga bog‘liq bo‘lmagan mashinalarga ehtiyoj hisoboti va motoresurslari;
- uzoq muddatga saqlanadigan mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ehtiyoj hisoboti.
18. Mashinaning shikastlanishiga olib kelgan hodisa buzilish (sinish) hisoblanadi, bunda uni bartaraf etish uchun mashinaning asosiy agregatlarini almashtirmasdan yoki ularni kapital ta’mirlamasdan joriy ta’mirlashni amalga oshirish zarur.
Haydovchi, harbiy qism mansabdor shaxslari yoki sutkalik naryadning aybi bilan emas sodir bo‘lgan odamlarning qurbon bo‘lishi yoki tan jarohatini keltiruvchi mashina bilan yuz bergan hodisa baxtsiz hodisa deb hisoblanadi
19. Harbiy qism avtomobil xizmatida avtomobil texnikasidan foydalanish bo‘yicha talabnomalar kitobi yuritiladi. Avtomobil texnikalarini ajratish uchun talabnomalar avtomobil xizmatiga beriladi va u texnikalardan foydalanishdan 1 sutka oldin beriladi. Talabnoma harbiy qism komandirlari belgilangan vaqtda ajratiladi.
Avtomobil texnikalaridan foydalanish uchun harbiy qismda yagona naryad tuziladi. Naryad ikki nusxada hamda texnikalarni parkdan chiqish kunidan tuziladi. Harbiy qism komandirining qurol aslaha bo‘yicha o‘rinbosari (avtomobil xizmati boshlig‘i) tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandirlari tomonidan tasdiqlanadi.
21. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
ATK da avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mavjud korxonaning foydalanish sharoiti va TXK davriyligi me’yorlari, kunlik bosib o‘tiladigan o‘rtacha masofadan kelib chiqib, har bir avtomobil uchun tuzilgan reja-jadvallar asosida o‘tkaziladi. Texnik xizmat bo‘limi avtomobilning haqiqiy bosib o‘tgan masofasi va uning holatiga qarab, reja-jadvallarga o‘zgartirishlar kiritadi. TXK bo‘yicha bajariladigan ishlar brigada yoki agregat-maydoncha usulida olib boriladi.

24. Park deb, zirhli, avtomobil, artillerya va boshqa texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash uchun jihozlangan hududga aytiladi.



Download 24.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling