Avtoservis korxonalari, boshqarluvining tarkibiy tuzilishi Ishdan maqsad


Download 5.28 Mb.
bet1/17
Sana21.11.2023
Hajmi5.28 Mb.
#1792351
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

4 - LABORATORIYA ISHI
MAVZU: AVTOSERVIS KORXONALARI, BOSHQARLUVINING TARKIBIY TUZILISHi
1. Ishdan maqsad: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonalarining umumiy tarkibiy tuzilishi bilan tanishish va korxonaning umumiy boshqaruv tizimi bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.


2.Ishning mazmuni:

Avtoservis korxonalarining turlari va turlanish mezonlari, boshqaruv haqida asosiy tushunchalar olishdan iborat.




3.Ishni bajarish joyi.
Laboratoriya ishi Respublikamizning ilg’or ASKlaridan birida bajariladi.


4.Ishni bajarish tartibi:
1.Darsning birinchi yarim bo’limida o’qituvchi tomonidan talabalarga qisqacha nazariy bilimlar eslatib o’tiladi. Nazariy qismning asosiy mazmuni avtoservis korxonalarining turlari, mehnatni boshqarish haqida asosiy tushunchalarni eslatishdan iborat.
2.Talabalarning keyingi faoliyatlari o’qituvchi topshirig’iga asosan, laboratoriya ishining hisobot qismida qayd etilgan ishlar asosida ASKsining umumiy tarkibiy qismi tuzilishi bilan tanishishadi va korxonaning umumiy boshqaruv tizimi chizmasini tuzishadi.
5. Umumiy malumotlar
Avtoservis avtomobillarga servis xizmatini bajaruvchi asosiy eng ko’p tarqalgan korxonalaridir. Zamonaviy avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonalari yangi va ishlatilgan avtomobillar, ehtiyot qismlar va avtomobil materiallari bilan savdo qilish, avtomobillarga turli xildagi texnik xizmatlar ko’rsatish, agregatlar, detallarni ta’mirlash, ishdan chiqqanlarini almashtirish, avtoavariyalar natijasida shikastlangan avtomobillar va ularning kuzovlarini ishlash qobiliyatini tiklash ishlari bilan shug’ullanadi. Shuningdek, mijozlarning avtomobillarga, ularning murojatlariga asosan ko’chalarda, yo’llarda, avtomobillar turar va saqlash joylarida texnik yordam ko’rsatish, mijozlarga avtomobilni texnik ekspluatatsiya qilish to’g’risida maslahat berish, ularni avtoservis axboroti bilan ta’minlash kabi xizmatlar bilan ham shug’ullanadi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonalari o’zlarining ishlab-chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan xizmat turlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga bo’linadi.

Download 5.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling