Avtotraktor energiya manbai-ichki yonuv dvigatellarining yaratilish tarixi, turlari, umumiy tuzilishi va ish jarayoni


Download 99.02 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi99.02 Kb.
#1501479
  1   2   3   4
Bog'liq
Yo\'nalishga kirish 14 мавзу


14-MAVZU:
AVTOTRAKTOR ENERGIYA MANBAI-IChKI YONUV DVIGATELLARINING YARATILISh TARIXI, TURLARI, UMUMIY TUZILIShI VA ISh JARAYONI
Ichki yonuv dvigatellarining qisqa tarixi quyidagicha:
1860 yilda fransuz olimi L.Eten birinchi IYoDni yaratdi. U ikki taktli bo’lib, gazda ishlagan. 1962 yilda nemis olimi N.Otto birinchi to‘rt taktli dvigatelni yaratdi. U gaz va havo aralashmasida ishlagan. Uning quvvati bor-yo‘g‘i 1,5 kilovatt edi.1879 yilda I.Kostovich tomonidan benzinda ishlaydigan va quvvati 60 KVt bo‘lgan dvigatel yaratildi. U korbyaratorli dvigatel edi.
1894 yilda R.Dizel birinchi dizel dvigatelini namoyish qildi.U porshenli ichki yonuv dvigateli edi. Mana shu konstruksiya keyinchalik juda katta ko‘lamlarda tarqaldi va avtotraktorsozlik sanoatining ajralmas qismiga aylandi.. Shu sabab zamonaviy avtotransport vositalariga asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari o‘rnatiladi. Bug‘ bilan ishlaydigan traktor va avtomobillar hozirgi kunda qo‘llanilmaydi. Dunyo avtomobilsozlik firmalari tomonidan elektromobillar ustida katta ilmiy-tajriba va konstruktorlik ishlari olib borilmoqda va ularning har xil ko‘rgazmali yangi nusxalari yaratilmoqda.
Porshenli ichki yonuv dvigatel­lari quyidagi belgilari bilan tasniflanadi:
1.Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga karab: yengil suyuq yonilg‘i-benzinda, suyultirilgan yoki siqilgan suyuq gaz bilan ishlaydigan (karbyuratorli) dvigatellar; dizel yonilg‘isida ishlaydigan (dizel) dvigatellari.
2.Yonuvchi aralashma hosil qilish usuliga qarab silindr tashqarisida aralashma hosil qiluvchi (karbyuratorli) dvigatellar; silindr ichida aralashma hosil qiluvchi (dizel) dvigatellari.
3.Ish aralashmasining alangalanishi bo’yicha, elektr uchquni bilan alangalanadigan (karbyuratorli) dvigatellar; siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi (dizel) dvigatellari.
4.Ish jarayonini hosil qilish usuliga qarab: to‘rt taktli va ikki taktli dvigatellar.
5.Tuzilishi bo‘yicha: silindrlar soni va ularning joylashuv tartibiga qarab (tik qatorli, yotiq qatorli yoki V-simon), gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi bo’yicha—klapanlar yuqoriga yoki pastga joylashtirilgan.
Porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi mexanizm va tizimlardan tashkil topgan: krivoship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi hamda sovutish, moylash va ta’minlash tizimlari. Bundan tashqari, karbyuratorli dvigatellarda majburan o‘t oldirish, dizel dvigatellarida esa yurgizib yuborish tizimi bor.

13.1-rasm. Bir silindrli to‘rt taktli karbyuratorli dvigatelning tuzilishi


Krivoship-shatunli mexanizm (KShM)-yonish gazining kengayishidagi bosimini o‘ziga qabul qilib oladi va porshenning to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma – qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi. Uni tashkil qiluvchi detallar (13.1-rasm): silindr 13, porshen 15, porshen barmogi 16, shatun 17, tirsakli val 19 va maxovik 18. silindrning ustki qismi silindr kallagi 12 bilan yopilgan.
Gaz taqsimlash mexanizmi yonilgi aralashmasi yoki havoning silindrga kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu mexanizm tarkibiga gaz taqsimlash vali 2, gaz taqsimlash valini yuritgich shesternyasi 1, turtkichlar 3, klapanlar 8 va 11hamda prujina 4 kiradi.
Ta’minlash tizimi benzin va havodan yonuvchi aralashma tayyorlaydi, uni dvigatel silindrlariga uzatadi va ishlatilgan gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Sovutish tizimi dvigatelning qizigan detallaridan ajralgan issiqlikni tashqi muhitga tarqatib yuboradi va uning eng qulay issiklik maromida ishlashini ta’minlaydi. Dvigatel suyuqlik yoki havo bilan sovutiladi. Suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatelda suyuqlik g‘ilofi, havo bilan sovitiladigan dvigatelda esa maxsus sovutish qovurg‘alari bo‘ladi.
Moylash tizimi dvigatelning ishqalanuvchi detallariga moy uzatib, ularning ishqalanishini kamaytiradi, uning detallari ishqalanuvchi sirtlarini qisman sovitadi, ishqalanuvchi yuzalardagi kirlarni va yeyilish zarrachalarini yuvadi hamda moyni tozalab beradi.
O‘t oldirish tizimi- dvigatelni majburiy ravishda o‘t oldirishda elektr uchqunini hosil qilish va uni ma’lum tartibda silindrlarga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi.

Download 99.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling