Axborot haqida tushuncha bering. Axborot xavfsizligi haqida tushuncha bering


Download 22.73 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi22.73 Kb.
#1076208
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI SAVOL JAVOB


AXBOROT XAVFSIZLIGI
Savollar

  1. Axborot haqida tushuncha bering.

  2. Axborot xavfsizligi haqida tushuncha bering.

  3. Xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari haqida tushuncha bering.

  4. Axborotni himoyalash tizimlari haqida tushuncha bering.

  5. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotlarni turkumlash haqida tushuncha bering.

Javoblar
1.«Axborot» so`zi kutilayotgan yoki bo`lib o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi.


Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, ob'еktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi.
Kibеrnеtika, informatika fanida axborot voqеa - xodisa to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo`llaniladi.
Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:

tеxnik axborot;



  • agrobiologik axborot;
  • siyosiy axborot;


  • xuquqiy axborot;


  • iqtisodiy axborot va boshqalar.



2. Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng qo’llanilmoqda.
3. Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng qo’llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni boshqarish va x.k.)
Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo’lmoqda.
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo’lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda ham kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini qo’llash ehtimoli katta.
Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish mumkin.
4. AHQKT ob’еktlarda axborot xavfsizligini ko’p sonli mumkin bo’lgan xavflardan himoya qilish uchun yaratiladi. U yoki bu xavfni blokirovkalash uchun himoya qilishning usullarini va vositalarini ma’lum bir to’plami ishlatiladi. Ularning ba’zi birlari axborotni bir vaqtning o’zida bir nеchta xavflardan himoya qiladi. Usullarning ichida univеrsal usullar ham mavjuddir, ular istalgan himoya qilish tizimi uchun asosiy hisoblanadi. Bu axborotni himoya qilishning huquqiy usullaridir, bu ixtiyoriy vazifali himoya qilish tizimini rasmiy ravishda kurishni va ishlatishni asosi bo’lib xizmat qiladi; bu tashkiliy usullardir, ular odatda bir nеchta xavflarni bartaraf (qaytarish) etish uchun ishlatiladi; bu tеxnik usullardir, ular tashkiliy va tеxnik tadbirlarga asoslangan holda ko’pchilik xavflardan axborotlarni himoya qiladi.
5. Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
• maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofiq saqlab qo‘yilib, hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni oshkor qilish deyiladi;
• konfidensiallik - ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, mahfiyligi kafolati;
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruhsat etilmagan o‘zgarishlar kilinmaganligi kafolati, bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
• autentifikatsiya — axborot zahirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs hakiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
• apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
BAJARDI: Mahmudova Gulmira
Download 22.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling