Axborot tizimlari


Download 48.72 Kb.
bet1/8
Sana18.12.2022
Hajmi48.72 Kb.
#1028213
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axborot tizimlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Sirtqi bo`lim “Informatika o`qitish metodikasi”
yo`nalishi 304- guruh talabasi
Esirgapova Ozodaning
“AXBOROT TIZIMLARI ”
Fanidan tayyorlagan

Bajardi:Esirgapova O
Tekshirdi:
Jizzax 2021
Mavzu:Ma`lumotlar bazasi tizimlari
Reja:
1.Ma`lumotlar bazasi haqida ma`lumot.
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari.
3. Ma’lumotlar bilan ish yuritish 

1.Ma`lumotlar bazasi haqida
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi:
So‘rov berish:
SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi
natija olish:
Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;
Ma’lumotlar bazasi MBBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma’lumotlar bazasi sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to‘g‘ri bo‘ladi.

Download 48.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling