Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari
Download 32 Kb.
|
Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- AYIRISH A’ZOLARI
Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari AYIRISH TIZIMI FILOGENEZI VA BUZILISHLARIREJA:1. Ayirishning ahamiyati. 2. Ayirish a’zolari tuzilishi. 3. Buyrakda siydik hosil bo’lishi jarayoni. AYIRISHNING AHAMIYATIBuyrak — odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft aʼzo. Buyraklar loviya shaklida bo'lib, qorin boʻshligʻining orqa tomonida, umurtqa pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan. Qorin parda buyraklarning old yuzasini qoplab turadi. Old va orqa yuzalari yassilangan, har bir buyrakning boʻyi 10—12 sm, eni 6 sm, yoʻgʻonligi 3—4 sm, ogʻirligi oʻrtacha 140—150 gOvqat tarkibida iste'mol qilingan oqsil, yog', uglevodlar, suv, tuzlar me'da-ichaklardan qonga so'rilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha to'qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonIar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil bo'ladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o'tib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Shunday qilib, ayirish odam organizmi uchun muhim fiziologik jarayon bo'lib, uning natijasida organizm moddalar almashinuvida hosil bo'lgan qoldiq moddalardan turadi uzluksiz ravishda tozalanibAYIRISH A’ZOLARIAyirish a'zolariga: buyrak, teri, o'pka kiradi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan gazsimon moddalar (karbonat angidrid) nafas olish organlari orqaIi tashqariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi teri orqali ter sifatida tashqariga chiqariladi. Siydik ayirish a'zolari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish a'zolariga buyraklar (o'ng va chap), siydik yo'li,qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling