Ayollar kiyimlariga xarakteristika asos chizmalarini konstruksiyalash”


Download 241.64 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi241.64 Kb.
#1332749
Bog'liq
Ayollar kiyimlariga xarakteristika asos chizmalarini konstruksiyalash


Ayollar kiyimlariga xarakteristika asos chizmalarini konstruksiyalash”
Ma'ruza rejasi:
1. Ayollar kiyimlarining tavsifi
2. Ayollar bluzkasini loyihalash
3.Murakkab texnik modellashtirish
Ayollar kiyimlari assortimentiga: ko‘ylaklar, ko‘ylak-xalat,ko‘ylak-palto, ko‘ylak-kostyum, sarafan, tunika, bluzka, bluzkajemper, bluzka-batnik, jilet, jaket, ko‘ylak-kombinezon, kombinezon,shimli kostyum, shim, yubka, yubka-shimlarva hokazolar kiradi.Ko‘ylaklar kiyilishiga qarab yelkali kiyimlar turiga kiradi. Ularyaxlit, bel, qismidan, bo‘ksa va ko‘krak qismlaridan qirqma bo‘lishiyengli yoki yengsiz, yoqali yoki yoqasiz xolatda uchrashi mumkin.Ko‘ylaklar kashtalar, burmalar, to‘rlar, tugmalar, tasmalar,
taxlamalarva boshqa xil bezaklar bilan bezatilishi mumkin. Ularniturli xil: ið tolali, shoyi, jun, zig‘ir, tolalihamda sun’iy va sintetiktolali gazlamalardan tikish mumkin. Ko‘ylaklarga gazlama tanlashdakiyimning nimaga mo‘ljallanganligiga hamda fasliga qarab e’tiborberish kerak, ya’ni kiyimni uylik, kundalik, bashang kiyim ekanligini unutmaslik lozim.Uylik kiyimlar arzon ið tolali gazlamalardan tikilgani ma’qulbo‘lib, ular keng qulay bo‘lishi bezaklari me’yorida ishlatilishi kerak.Kundalik kiyimlar yoz oylarida yengil yupqa gazlamalardanyorqin rangda yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muvofiqbo‘ladi. Qish oylarida esa yumshoq, zich to‘qilgan jun tolali sidirg‘ayoki katak yo‘lli, mayda gulli gazlamalardan turli xil fasonlarda uzunyengli yoqali yoki bo‘yin o‘yindisini yopiq qilib yoqasiz tikish mumkin.Bashang kiyimlar chiroyli zarli gulli yoki sidirg‘a gazlamalardantayyorlanishi mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlardabo‘lishi hamda ularga chiroyli bezaklar: kashtalar, burmalar, maydataxlamalar sun’iy gullar belbog‘lar ishlatib tikish mumkin. Ko‘ylakfasonlarini tanlashda gazlamaning xususiyatlariga, odam gavdasiningtuzilishiga hamda kiyimning vazifasiga qaraladi. ubka, shim, yubka-shim belli kiyimlar turiga kirib ular fasonibo‘yicha turlicha bo‘ladi. Ular qanday maqsadda kiyilishiga qarabularni kostyum bilan va kostyumsiz kiyiladigan turiga ajratishmumkin. Yubkalar to‘g‘ri, etagi kengaygan, bo‘lakli klyoshli qilibtikilishi mumkin. Ular zich to‘qilgan qalin jun gazlamalardan tabiiyva sun’iy tolali sidirg‘a yoki gulli gazlamalardan tayyorlash mumkin.Yubka, shim fasonlarini tanlashda gazlamalarning xususiyatiga,kiyimning vazifasiga, mavsumiga va albatta odam gavdasiga e’tiborberish kerak.
2. Ayollar bluzkasini loyihalash
Bluzkalar bichim, shakli jihatidan ko‘ylakning yuqori qismigao‘xshaydi. Bluzkalar taqilmasi old tomonda yoki ort bo‘lakda bo‘lishimumkin.Ularning yenglari uzun yoki kalta, yeng uchlari manjetli,manjetsiz, rezinkali bo‘lishi mumkin.Bluzkalar yubka ustiga tushirib yoki yubka ichiga kiritib kiyiladi.Yubka ichiga kiritib kiyiladigan bluzkalarning bel qismidavitochkalar tikilmaydi.Bunday bluzkalarning etagi yopiq qirqimlibo‘lib universal mashinada tikiladi.Bluzka yubka ustiga tushirilib kiyiladigan bo‘lsa etagi maxsusmashinada bukib tikilishi mumkin rasm).
Bluzka chizmasini chizish uchun quyidagi o‘lchovlar kerakbo‘ladi:
BnYaA = 18 sm OrK = 17 sm
KYaAI = 41 sm OlK = 18 sm
KYaAII = 44 sm KM = 8 sm
BlYaA = 35 sm KB = 25 sm
ОrK = 17 sm
KYaAI = 41 sm OlK = 18 sm
KYaAII = 44 sm KM = 8 sm
BlYaA = 35 sm KB = 25 sm





Adabiyotlar ro’yhati:

1.Kamilova X.X. Xamrayeva N.K. «Tikuv buyumlarini konstruksiyalash». Darslik. – T.: «Cho’lpon », 2011 y. – 400 b


2.. Kamilova X.X. Xamrayeva N.Tikuv buyumlarini konstruksiyalashDarslik. – “Moliya”, 2003 y. – 350 б.
3. Янчевская Е.А. Ayollar ust- kiyimlarini konstruksiyalash Т.: «O’qituvchi 1998 yil. – 320 b
4.Коблякова Е.Б. Конструирование одежды с элементами САПР. Учебник.- М., «Легпромбытиздат», 1988 г. – 464 с
Download 241.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling