B. Ye. Bolshakov


Download 149.61 Kb.
bet1/12
Sana30.08.2023
Hajmi149.61 Kb.
#1671432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.2. -


1.2. QURILISH MATERIALLARI SANOATI RIVOJLANISH TENDENSIYALARINI TADQIQ ETISH KO‘RSATKICHLAR TIZIMI VA BAHOLASH USULLARI.
Jaxonda yuz berayotgan turli xil iqtisodiy-siyosiy inqiroz, pandemiya keltirib chiqargan va boshqa iqtisodiy beqarorlik sharoitlarida hududlar iqtisodiyoti, hususan ilg‘or sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lgan qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalari barqarorligini ta’minlash va ularning hudud iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalariga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida ushbu jarayonlarni tadqiq etish ahamiyati yanada oshadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda tendensiya tushunchasining turli ma’nolarini uchratish mumkin. Ma’lumki tendensiya – iqtisodiy tahlil natijasida aniqlangan iqtisodiy tizimga, mamlakat iqtisodiyotiga, korxonaga, uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlari ko‘rsatkichlariga, tovar va xizmatlar bozoridagi talab va taklifga xos bo‘lgan, kuzatilgan barqaror munosabatlar, hususiyatlar va belgilardir; iqtisodiy jarayonlarning xosil bo‘lgan yo‘nalganligidir. Tendensiyalar asosida kelgusidagi iqtisodiy jarayonlarning borishi haqida xulosalar qilish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlash mumkin1. Mana shu prognozlash imkonini beruvchi tarkibiy qism vaqtli qatordagi tasodifiy o‘zgarib turishlardan ozmi-ko‘pmi holi bo‘lgan barqaror tendensiya bo‘lib, u trendni tashqil etadi2.
Qurilish materiallari sanoati sanoat tarmog‘i hisoblanadi. U o‘zida sanoatga xos hususiyatlarni mujassam etadi3. Qurilish materiallari sanoati ishlab chiqaradigan sanoat tarkibiga kirib, uning rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish masalalari ba’zi o‘ziga xos hususiy xollarini hisobga olmaganda, umumiy sanoatni tadqiq etish kabi amalga oshiriladi.
Tarmoqlar rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish masalalari bir qancha olimlar, hususan O.M. Gusarova, V.D. Kuzmenkova4, B.Ye. Bolshakov5, X.N. Sabirov6, S.M. Xomidov7, I. Xabibullaev, M.X. Saidova8 tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ushbu tadqiqotlar natijalarini sanoatning tarmog‘i bo‘lgan qurilish materiallari rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etishda qo‘llash imkoniyatlari mavjud.
Qurilash materiallari tarmog‘i rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish statistik ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bunda statistikaning asosiy vazifasi milliy iqtisodiyotni har tomonlama ilmiy tadqiq etish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish va tahlil qilishdan iborat9. Bu vazifalarni amalga oshirishda kuzatuv, guruhlash (muhim ko‘rsatkichlarni aniqlash), tahlil (fundamental tahlil, texnik tahlil, baholash, ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, prognozlash) va boshqa usullardan foydalaniladi. Shu nuqtai nazardan, qurilish materiallari tarmog‘i rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish masalasi – asosan uning asosiy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish orqali uning joriy holatini baholash, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, samaradorligini baholash, modellashtirish, tahlil etish, tuzilmaviy o‘zgarishlarni aniqlash, prognozlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘zida jamlaydi:

Download 149.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling