B. Ye. Bolshakov


Qurilish materiallari sanoatiga


Download 149.61 Kb.
bet9/12
Sana30.08.2023
Hajmi149.61 Kb.
#1671432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1.2. -

2. Qurilish materiallari sanoatiga ta’sir etuvchi omillar. Qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik tadqiq etish masalasi ushbu tarmoq korxonalari faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, aholi farovonlik darajasi, aholi soni o‘sish sur’atlari, hududning sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasi, hududda xom ashyo zahiralari mavjudligi va transport-kommunitsiya aloqalari rivojlanganlik darajasi bilan bog‘liq.
Qurilish materiallari sanoatiga ham bir qancha omillar ta’sir qiladi. Fan va texnologiya o‘zgarishi bilan sanoatga ta’sir etuvchi omillar guruhi ham o‘zgarib boradi. Birgina, raqamli iqtisodiyot sharoiti har bir alohida iste’molchi talabini o‘rganib, unga mos mahsulot ishlab chiqarishni taqozo etsa, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar esa sanoat rivojlanishini, uni turli xil ko‘rinishlarda qo‘llab-quvvatlash va nazorat qilish mexanizmlarining yangicha turlarini taklif etadi. Shu singari qurilish materiallari sanoatiga ta’sir etuvchi omillar turli vaqt davrlarida rivojlanib boradi. Bu esa doimiy ravishda omillarni qayta o‘rganish, tahlil qilish va tasniflash zaruriyatini tug‘diradi.
Qurilish materiallari sanoatiga ta’sir etuvchi omillarni tasniflashda bir qancha iqtisodchi olimlar omillarning umumiy belgilariga qarab tasniflagan. Ana shulardan biri I.O. Makarenko32 qurilish materiallari sanoati rivojiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib, iqtisodiy, ijtimoiy, iqtisodiy va geografik holat omillarini ajratgan. A.V. Oborina33 esa davlat nazorati, siyosiy, tabiiy, innovatsion, ijtimoiy-demografik muhit, qurilish bozoriga kirish to‘siqlari, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, aksionerlar, kasaba uyushmalari, kreditorlar va raqobat muhiti omillarini guruhlagan. P. Balamurugan va boshqalar34 tomonidan olib borilgan tadqiqotda qurilish sanoatiga resurslar mavjudligi, xavfsizlik, vaqtni boshqarish, xom ashyo, tabiiy omillar va mehnat omili eng ko‘p ta’sir etishi aniqlangan. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan “Construction Blueprint” loyihasi35 qurilish sanoatiga ta’sir etuvchi omillar sifatida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, huquqiy va tabiiy omillar ta’sirini alohida o‘rganib chiqqan.
Korrelyatsion tahlil orqali S.M. Anpilov36 umumiqtisodiy omillar demografik omillar, ijtimoiy omillar, yashash darajasi (aholi jon boshiga daromadlari, iste’mol xarajatlari, o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni, eski va buzilish holatidagi uy-joylarning umumiy uy-joy fondidagi ulushi, go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi, avtomobillar bilan ta’minlanganlik darajasi, yashash minimumi ko‘rsatkichidan past daromadli aholi soni ulushi), ishlab chiqarish-infratuzilma omillari, ekologik, innovatsion faollik, moliyaviy omillar narx omillariga ajratish orqali natijaga ta’sir darajasini baholagan.
Biz qurilish materiallari sanoati rivojiga ta’sir etuvchi asosiy turdagi omillarni o‘rganib chiqib, ularning umumiy belgilari asosida quyidagicha tasniflashni taklif etamiz (1.2.2-rasm):

1.2.2-rasm. Qurilish materiallari sanoatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar37.
Tabiiy omillar. Hududda tabiiy resurslar mavjudligi va ular joylashuvi, hudud iqlimi va boshqa shu kabi omillar qurilish materiallari ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Bundan tashqari hudud rel’efi, namgarchilik darajasi, shamol tezligi, xavo harorati kabi omillar bino va inshootlarni arxitekturasini loyihalashtirishda muhim ahamiyat kasb etib, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi, turi va sifatiga bo‘lgan talabni belgilaydi.
Ijtimoiy-demografik omillar. Aholi farovonlik darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, aholi soni o‘sishi, shaxsning jamiyat hayotidagi ahamiyati, urbanizatsiya darajasi, xususan hududga ko‘chib keluvchilar va undan ko‘chib ketuvchilar ko‘rsatkichlari qurilish materiallari sanoatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, aholi soni o‘sishi uy-joy qurilishiga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi (Aholi soni, tug‘ilish/o‘lim darajasi, nikohlar soni, ko‘chib keluvchi va ketuvchilar soni, shahar/qishloq xududlarda yashovchilar, aholining kasallikka chalinish darajasi, shifoxona muassasalari soni, oliy, o‘rta mahsus, o‘rta, maktabgacha ta’lim dargohlari soni, ijtimoiy-madaniy ob’ektlar soni va boshqalar).
Sanoat va infratuzilmaviy omillar. Hududning transport, aloqa, temir yo‘l, elektrenergiya va gaz tizimi rivojlanish darajasi qurilish materiallari sanoati korxonalari joylashuviga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga va logistika tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu guruh omillariga boshqa sanoat ishlab chiqarishi rivojlanish darajasi ham kiradi. Boshqa sanoat tarmoqlari rivojlanishi aynan qurilish materiallariga bo‘lgan talabni yuzaga keltiradi. (Savdo xizmati, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, axborot va aloqa xizmatlari, transport xizmati, moliya xizmati, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, ta’lim sohasidagi xizmatlar, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar, ijara va boshqa xizmatlar, shuningdek, jami asfaltlangan yo‘llar ulushi, yuk va yo‘lovchi aylanmasi, xonadonlarning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi, korxonalar soni, ishchilarga to‘g‘ri keladigan kompyuterlar soni va xokazo).
Iqtisodiy omillar. Iqtisodiy omillar qurilish materiallari sanoatining har bir bo‘g‘iniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi. Bu omillar hudud iqtisodiyoti holatini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar hisoblanib, ularga hudud rivojlanish darajasini belgilovchi yalpi hududiy mahsulot, qurilish ishlari va talab hajmi, xom ashyo ishlab chiqarish hajmi, aholi bandligi kabilar misol bo‘la oladi. Xususan aholi jon boshiga YaHM ko‘rsatkichi aholi farovonlik darajasini belgilaydi. U bandlik bilan birgalikda qurilish materiallariga bo‘lgan talabni rag‘batlantiradi. Bu guruhga asosiy iqtisodiyot holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Narxlarni ifodalovchi indeks ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar ham aynan shu guruh omillariga kiradi (YaHM, aholining iqtisodiy faolligi darajasi, ulgurji va chakana savdo aylanmasi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi, asosiy kapitalga investitsiyalar va qurilish ishlari bo‘yicha narxlar indeksi, uy-joy narxlari indeksi va boshqalar).
Iste’molchilar va xom-ashyo yetkazib beruvchilar. Xom ashyo yetkazib beruvchilarning soni, ularning masofaviy uzoqligi, xom ashyo yetkazib berishda tanlov mavjudligi ham qurilish materiallari tannarxida o‘z aksini topadi. Qurilish materiallari sanoatiga asosiy iste’molchi omili sifatida qurilish sanoati ta’sir ko‘rsatadi. Iste’molchilarning narx borasidagi kutilmalari esa avvalgi davr darajalarining bugungi kundagi narxga ta’sirini sifatida namoyon bo‘ladi.

Download 149.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling