B. Ye. Bolshakov
Download 149.61 Kb.
|
1.2. -
3. Modellashtirish. Iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish yangi tadqiqot usullari sifatida 1930 yillarda paydo bo‘lib, 1970 yillarga kelib taraqqiy etdi va buning natijasida ekonometrika alohida fan sifatida shakllandi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi ekonometrik modellashtirish usullarining rivojlanishiga va yangi modellashtirish usullari paydo bo‘lishiga turtki berdi. Buning natijasida tig‘iz vaqt oralig‘ida katta ma’lumotlarni qayta ishlash orqali modellashtirish ishlari yengillashdi. Biroq shu bilan birga ekonometrik modellashtirishda o‘ziga xos muammolar paydo bo‘ldiki, ular modellashtirishda tadqiqotchidan bilim, ko‘nikma va ko‘ra bilish qobiliyatini talab qiladi.
1.2.3-rasm. Qurilish materiallari sanoati tendensiyalarini modellashtirish muammolari39. Bugungi kunda qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalarini modellashtirishda ham bir qancha muammolar mavjud. Ularni shartli ravishda 1.2.3–rasmdagi kabi guruhlarga bo‘lish mumkin. Hususan qurilish materiallari sanoat tarmoqlari rivojlanish tendensiyalarini tavsiflovchi vaqtli qatorlarni modellashtirishdagi quyidagi muammolar mavjud: Tadqiqotchi bilan bog‘liq muammolar: iqtisodiy jarayonga mos model turini tanlay bilmaslik; qurilish materiallari sanoati tendensiyalarini modellashtirishda uning mavsumiy xarakterga ega ekanligini inobatga olmaslik; qurilish materiallari sanoati tendensiyalarini modellashtirishda uning hususiyatlaridan kelib chiqib, oldingi davr darajalari ta’sirini inobatga olmaslik; modellashtirish bilan bog‘liq yetarli darajadagi nazariy bilimlarga ega bo‘lmaslik; ta’sir etuvchi omillarni to‘g‘ri tanlay bilmaslik. Axborot bilan bog‘liq muammolar: axborot olish va to‘plashning qiyinligi; iqtisodiy jarayonni tavsiflovchi ko‘rsatkichlardagi kuzatuvlar soni yetarlicha katta bo‘lmasligi muammosi; davlat tashabbusidagi iqtisodiy islohotlar tubdan o‘zgarishi va boshqa sabablar natijasida ko‘rsatkichlar dinamikasida tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelganligi va ularni aniqlash muammosi; qurilish materiallari sanoati bo‘yicha statistik ma’lumotlarning 2016 yilgacha XXTUT tasniflagichi bo‘yicha shakllantirilganligi va 2016 yildan keyin esa IFUT tasniflagichida qurilish materiallari sanoati bo‘limi, guruxi yoki sinfi mavjud emasligi; Modellashtirish bilan bog‘liq muammolar: avtoregressiya modellari uchun vaqtli qatorlarning statsionar bo‘lishi kerakligi; avtokorrelyatsiya masalasi. Avtokorrelyatsiya va xususiy avtokorrelyatsiya korrelogrammalarining aniq bir model turiga dalolat qilmasligi; geteroskedastiklik masalasi; model koeffitsientlari ishonchli bo‘lishi; model iqtisodiy jarayonga mos bo‘lishi; qoldiqlarda ahamiyatli laglarning mavjud bo‘lmasligi; qoldiqlar normal taqsimot qonuniga bo‘ysunishi; Tadqiqotlar natijalarining amaliyotga joriy etilishi bilan bog‘liq muammolar. tadqiq etish uslubiyoti ayrim hududlarga ijtimoiy-iqtisodiy, geografik va boshqa jihatdan to‘g‘ri kelmasligi; ishlab chiqilgan modelning ma’naviy eskirishi; ishlab chiqilgan model bo‘yicha prognozlash dasturiy ta’minotlar orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilmaganligi. Modellashtirishda mavjud muammolardan tashqari qurilish materiallari sanoati tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalarini modellashtirishda ma’lum bir tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olinmasligi ham masalaning to‘g‘ri yechimiga olib bormaydi. Tarmoqning rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish umumiy modellardan foydalanish va chuqur tahlil asnosida uning ba’zi xos hususiyatlaridan kelib chiqishni taqozo etadi. Modellashtirish jarayoni odatda spesifikatsiyalash, identifikatsiyalash, verifikatsiyalash va prognozlash bosqichlaridan iborat bo‘lishiga qaramay, har bir bosqich modellashtirilayotgan iqtisodiy jarayonga xos hususiyatlardan kelib chiqib murakkab quyi bosqichlardan iborat bo‘ladi. Muammoning qo‘yilishi bosqichida natijaviy belgi aniqlanadi, omil belgilar guruhi shakllantiriladi, modellashtirilayotgan jarayonga xos hususiyatlar o‘rganilib chiqiladi. Model turini tanlash ham muammoning qo‘yishili bosqichida o‘rganilgan jarayonga xos hususiyatlardan kelib chiqiladi. Download 149.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling