B. Ye. Bolshakov


Iqtisodiy o‘sish darajalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar


Download 149.61 Kb.
bet7/12
Sana30.08.2023
Hajmi149.61 Kb.
#1671432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.2. -

1.6. Iqtisodiy o‘sish darajalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar

Aholi jon boshiga ishlab chiqarish koeffitsienti,


– hudud aholisi soni; – mamlakat aholisi soni.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot birligini tavsiflab, iqtisodiy o‘sish va farovonlik darajasini belgilovchi qatoriga kiradi.

Qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalari, ishlab chiqarish hajmi avvalam bor fan-texnika taraqqiyoti natijasida o‘zgarib boradi. Ba’zan yangi tarmoqlar paydo bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga bo‘lgan talab o‘zgarishi, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilishi va boshqa sabablar natijasida ba’zi tarmoqlar qisqarib ketadi. Tarmoqning umumiy rivojlanishi, o‘sish tendensiyalari o‘zgarib borishi uning ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish sanoatining o'sish sur'atlarining maqbul qiymatlariga erishish uchun esa quyi tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini mutanosib ravishda oshirish kerak bo'ladi. Bunday hollarda quyidagi ilgarilab ketish16 koeffitsientidan foydalanilib, uning kelgusi qiymatlarini rejalashtirish orqali tarmoq o‘sish sur’atlarining maqbul qiymatlariga erishish uchun ishlab chiqarish hajmini mutanosib oshirish borish mumkin bo‘ladi:





(1.2.1)

bu erda – ilgarilab ketish koeffitsenti; va – mos ravishda tarmoqda va u qiyoslanayotgan tarmoq ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari;
Ilgarilab ketish koeffitsienti tarmoq o‘sish sur’atining boshqa tarmoqlarning o‘sish sur’atlariga nisbatan aniqlanadi. Ammo bu uni boshqa qiyosiy tahlillarda qo‘llashni cheklamaydi.
Ilgarilab ketish koeffitsienti bir qancha olimlar tomonidan takomillishtirilgan. Yu.S. Pronuzo17 yalpi qo‘shilgan qiymatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi indeksiga nisbatini ifodalovchi ilgarilab ketish formulasiga innovatsion mahsulot omili kiritish orqali ilgarilab ketish koeffitsientini takomillashtirgan. Natijada innovatsion faoliyatning yalpi qo‘shilgan qiymatga ta’siri miqdoriy baholangan. A.N.Ivanova18 esa innovatsion loyihalar bo‘yicha xarajatlarning o‘sish indeksini korxona faoliyatining o‘sish indeksiga nisbatlab, innovatsion faoliyat intensivligining ilgarilab ketish koeffitsienti hisoblash uslubiyotini ishlab chiqqan. Shuningdek, O.V.Savenko, M.P.Galimova19, T.Yu.Kovaleva20, A.S.Abroskin, N.A.Abroskinalar21 ilmiy izlanishlarida koeffitsient orqali turli baholash natijalarini aniqlashda foydalanishgan.
Koeffitsient qiymatlari 1 dan katta bo‘lgan hollarda tarmoq korxonalari faoliyati samarali hisoblanib, 1 dan kichik bo‘lgan hollarda o‘sish sur’atlari yetarli darajada emasligini anglatadi. Ilgarilab ketish koeffitsenti qiymati 1 dan yuqori bo‘lgan hollarda tadqiq etilayotgan o‘sish tendensiyasi taqqoslanayotgan tendensiyaga qaraganda qanchaga ilgarilaganini anglatadi. Masalan uning qiymati 1,05 bo‘lishi ushbu ko‘rsatkich 5 foizga ilgarilab ketganligini bildiradi. Ammo 0,87 bo‘lishidan 13 foizga ortda qolganligini darrov anglab olish biroz mushkul. Shuningdek koeffitsient bir davr uchun ilgarilab ketish qiymatlarini taqdim etadi.
Biz ilgarilab ketish koeffitsienti qiymatlari yanada tushunarliroq bo‘lishi, shuningdek uning ma’lum bir davr oralig‘idagi o‘rtacha rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha ilgarilash qiymatlarini ifolashi uchun (1.2.1) ga o‘zgartirishlar kiritdik va – davrda bir tarmoq rivojlanish tendensiyasini ifodalovchi ko‘rsatkichining shu davrdagi boshqa ko‘rsatkichga nisbatan ilgarilab ketishini quyidagicha ifodaladik22:



(1.2.2)

yoki foizlarda:



(1.2.3)

bu yerda – davr mobaynida ko‘rsatkichining ko‘rsatkichidan ilgarilab ketish koeffitsenti; va – davrdagi rivojlanish tendensiyalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlardir.
Shuningdek bir tarmoq o‘sish sur’atlari bir necha tarmoqlar umumiy o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan ilgarilab ketishini aniqlashda esa quyidagi formuladan foydalanish mumkin23:



(1.2.4)

bu yerda – taqqoslanayotgan tarmoqlar soni.
Ma’lumki rivojlanish tendensiyalarini joriy narxlardagi qiymatlarda ifodalash har doim ham to‘g‘ri natija beravermaydi. Shu sababli (1.2.2) ga sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksini kiritish orqali uni quyidagicha yozish mumkin24:



(1.2.5)

bu yerda va lar mos ravishda va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi.
Ma’lumki, tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy rivojlanishning tabiati va dinamikasini belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi25. Ayni paytda tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishni yuzaga keltirib26, iqtisodiyotni yuksaltirishga olib keladi27. Shu bilan birga, iqtisodiy rivojlanish va tarkibiy o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikda tarkibiy o‘zgarishlar o’zining ijobiy yoki salbiy ta’siri bilan xarakterlidir28. Iqtisodchi olim Shevchenko29 fikriga ko‘ra, agar iqtisodiy o‘sish sur'atlari tarkibiy ortda qolish hisobiga yuzaga kelib, u bilan mutanosib ravishda ortsa, unda bu kabi tarmoq innovatsion rivojlanish mezonlariga to‘gri kelmaydi. Shu sababli fikrimizcha ilgarilab ketish koeffitsientdagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga tarkibiy o‘zgarishlarning ta’sirini hisobga olish ahamiyatlidir.
Iqtisodchi olim O.Yu.Krasilnikov iqtisodiy o‘sishga tarkibiy o‘zgarishlarning ta’sirini tarkibiy ilgarilab ketish koeffitsienti orqali tahlil etish mumkinligini aytadi. I.K. Shevchenko esa tarkibiy ortda qolish iqtisodiy o‘sishga ta’sirli bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan. Fikirimizcha, tarmoqlar iqtisodiy o‘sishi uning tarkibiy o‘zgarishlarning yuqori darajalari bilan yuzaga kelganda bir tarmoqning ikkinchisidan ilgarilab ketishi ahamiyatli hisoblanadi. Shu sababli ilgarilab ketish koeffitsientiga tarkibiy o‘zgarishlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Bunday o‘zgartirish kiritilgan ilgarilab ketish koeffitsienti tarmoqlarning innovatsion-texnologik rivojlanish natijasidagi tarkibiy o‘zgarishlarini o‘zida mujassam etgan hisoblanib, mohiyat jihatidan oddiy ilgarilab ketish koeffitsientidan farq qiladi:



(1.2.6)

bu erda va – tarkibiy tarkibiy o‘zgarishlarni ifodalovchi koeffitsientlar.
Ushbu takomillashtirilgan va innovatsion-texnologik ilgarilab ketish koeffitsientlari ahamiyati shundan iboratki, ular qurilish materiallari sanoati tarmoqlari rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi istalgan ikki ko‘rsatkichlarning mutanosib ravishda o‘sayotganligini taqqoslama narxlarda aniqlash imkonini berib, aynan qancha foizga ilgarilagan/ortda qolganligini, shuningdek innovatsion-texnologik rivojlanish natijalari (tarkibiy o‘zgarishlar) hisobga olingan ilgarilash/ortda qolish darajalarini ko‘rsatib beradi.
Takomillashtirilgan ilgarilab ketish koeffitsienti salbiy natijalarda -0,99 dan 0 gacha va ijobiy natijalar uchun 0 dan max gacha bo‘lgan bo‘lgan qiymatlarni qabul qiladi.
Ma’lumki, tarmoqlar ko‘rsatkichlari miqdoriy va foizli qiymatlarda ifodalanadi. Foizlardan ifodalangan takomillishtirilgan ilgarilab ketish indekslari o‘sish sur’atlari haqida yaqqol tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Foizlarda ifodalangan o‘sish sur’atlarini bo‘yicha takomillashtirilgan ilgarilab ketish koeffitsienti qiymatlarini 1.2.2-jadvaldagi kabi talqin etish mumkin.
1.2.2-jadval

Download 149.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling