B. Ye. Bolshakov


Download 149.61 Kb.
bet10/12
Sana30.08.2023
Hajmi149.61 Kb.
#1671432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1.2. -

Texnologik omillar. Fan-texnika rivojlanishi natijasida ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalar joriy etiladi, mavjud asosiy vositalar va ishlab chiqarish texnologiyalari modernizatsiya qilinadi, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar harid qilinadi. Shu yo‘l bilan ishlab chiqaruvchilar yangi turdagi mahsulot ishlab chiqaradi, mahsulot birligiga sarflangan vaqt, mehnat va moddiy resurslar sarfini kamaytiradi va optimallashtiradi. Mavjud texnika va texnologiyalardan yangilashda ham avvalgi davr darajalarining bugungi kundagi ishlab chiqarishga ta’siri saqlanib qoladi.
Moliyaviy omillar. Bunday omillarga tarmoqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya hajmi, kreditlar, subsidiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi, soliq stavkalari va boshqalar misol bo‘ladi. Moliyaviy omillar qurilish materiallari sanoati moliyaviy resurslarini tahlil qilish va prognozlash, moliyalashtirish manbalarini izlash va ishlab chiqarishni uzluksiz hamda yetarli darajada moliyaviy ta’minlash kabi masalalarini xal etadi38. Shuningdek, ushbu guruhga aholi uchun moliyaviy resurslar mavjudligi ham kiradi (moliyaviy natijalar, debitorlik va kreditorlik qarzlari, aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar, jismoniy shaxslar xisobvaraqlaridagi badallari o‘rtacha miqdori, zarar ko‘ruvchi korxonalar soni, korxonalarning muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining ulushi).
Instututsional omillar. Qurilish materiallari sanoati davlat tomonidan ma’muriy boshqaruv, turli xil me’yoriy-huquqiy dastaklar orqali tartibga solinadi. Bunda davlat hudud uchun ahamiyati yuqori bo‘lgan qurilish materiallari sanoati tarmog‘ini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, monopoliyaga qarshi kurashish siyosati, soliq va boj imtiyozlarini qo‘llashi kabi tadbirlarni amalga oshiradi. Umuman olganda, institutsional omillar siyosiy institutlarning qurilish materiallari sanoatiga turli xil me’yoriy-huquqiy hujjatlar orqali qanchalik ta’sir qilishini tavsiflaydi.

Download 149.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling