Badiiy nutqga doir V vilademirov


Download 78 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi78 Kb.
#1001559
  1   2   3   4
Bog'liq
BADIIY NUTQGA DOIR V VILADEMIROV A RUSTAMOV I QO’CHQORTOEV ASARLARINI O’RGANISH


BADIIY NUTQGA DOIR V VILADEMIROV A RUSTAMOV I QO’CHQORTOEV ASARLARINI O’RGANISH
REJA:



  1. BADIIY NUTQGA DOIR V VILADEMIROV

  2. A RUSTAMOV I QO’CHQORTOEV ASARLARINI O’RGANISH

  3. BADIIY TILNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  4. MULLIF NUTQI. PERSONAJ NUTQI



Tayanch tushunchalar: So’z ta’rifi. Jonli til. Adabiy til. Poetik til. Badiiy tilning xususiyatlari. Muallif nutqi. Personaj nutqi. Dialog. Monolog.


Hazrati Alisher Navoiy so’zni shunday ta’riflaydi:


So’z guharig’a erur oncha sharaf
Kim bo’la olmas anga gavhar sadaf.


To’rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burju ul...


Jon o’lub ul, ruh aning qolibi,
Kim tanida ruh – aning tolibi...


So’zdin o’likning tanida ruhiy pok,
Ruh dog’i tan aro so’zdin halok.


Tirguzub o’lganni kalomi fasih,
O’ziga “Jonbaxsh” laqab deb Masih...


So’zdin etib o’tqa azimat Xalil.
So’z yukiga homil o’lub Jabroil.


Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So’z bila hayvondin anga imtiyoz.

ha, “so’z gavharining sharafi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa unga sadaf bo’la olmaydi. To’rt sadaf (suv, havo, o’t, tuproq) ichidagi gavharga quti ham shu so’z, yetti qavat osmon yulduzlarining burjlari ham shu so’zdir...


So’z jon bo’lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim unga ehtiyoj sezadi... So’zi o’lgan odamning tanasiga pok ruh bag’ishlaydi. So’zdan tandagi tirik ruh halok bo’lishi mumkin.
Yaxshi so’z bilan o’lganni tiriltira olgani uchun Iso payg’ambar o’zini “Jonbaxsh” degan laqab bilan atadi... So’z tufayli Xalil o’zini o’tga tashladi; Jabroil ham so’z yukiga hammol bo’lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko’targan ekan, uni so’zlash qobiliyatiga ega bo’lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi”.
Koinotning o’zi ham “kof” va “nun”ning (arabcha “k” va “n” harfi qo’shilsa, “kunh” bo’ladi va u “yarath”, “ijod qilh” degan ma’nolarni bildiradi) qo’shiluvidan, Ollohning so’zi bilan yaratilganini tasavvur etsak, so’zning barchadan buyukligini anglaymiz.
Ana shu buyuk ne’mat – so’z adabiyotning birinchi va bosh qurolidir, bo’lishi mumkin bo’lgan yangi olamlarning bo’y-bastini yaratuvchi, ijod qiluvchi bebaho mo’jizadir.
To’g’ri, badiiy asarning dunyoga keltiruvchi obraz va obrazlililik, xarakter va tip, mavzu va g’oya, syujet va kompozitsiya, tur va janr, ijodiy metod va uslubga o’xshash vositalari ko’p. Lekin eng qizig’i ham, eng murakkabi ham shundaki, bu vositalarning hammasi ham so’z vositasida yaratiladi, so’z tufayligina jozibaga, ta’sirdorlikka, yaratishga qodir bo’ladi, ya’ni so’z-la tiriladi. Shu tufayli so’z nodirlik, bebaholik, mo’jizadorlik xislatlarini bor-budicha o’zida mujassam etadi.
Xo’sh, so’zdan san’atkor qanday tarzda foydalanadi? So’z qachon obrazlilik kasb etadi? So’zning poetik maqsadi nima? Nima uchun so’z tanlanadi? Nega har bir so’zning o’z o’rni, o’z qudrati bor? Nega tili no’noq, nomukammal, sayoz asarlar komillikdan uzoq bo’ladilar? Badiiy tilning qanday xususiyatlari sirlarini bilish lozim?..
Filologiya ilmi har qanday milliy tilni uchga bo’lib o’rganadi:


  1. Download 78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling