- Hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach va ichakdan iborat. Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilo'ngach orqali ichakka tushadi. Zog'ora baliqning oshqozoni bo'lmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak bo'shlig'iga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o't suyuqlig'i ajraladi.
HAZM QILISH SISTEMASI - Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan oziqlanadi. Ular og'zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg'ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan . Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan
NAFAS OLISH SISTEMASI - Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillar qon tomirlaridan iborat. Yuragi ikki kamera: yurak qorinchasi va bo'lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari orteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog'ora baliqning yuragi jabralardan orqaroqda joylashgan
BALIQLARNING YURAGI - To'qimalarda hosil bo'ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo'ng'ir-qizg'ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo'li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi
- TASMASIMON BUYRAKLAR (BIR JUFT )
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |