Baliqlarning ichki tuzilishi


Download 1.35 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220412
Bog'liq
baliqlar

Baliqlarning ichki tuzilishi

  • Hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach va ichakdan iborat. Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilo'ngach orqali ichakka tushadi. Zog'ora baliqning oshqozoni bo'lmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak bo'shlig'iga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o't suyuqlig'i ajraladi.

HAZM QILISH SISTEMASI

  • OG’IZ
  • TIL
  • HALQUM
  • QIZILO’NGACH
  • OSHQOZON
  • JIGAR
  • ICHAK
  • ANAL TESHIGI
  • OSHQOZONOSTI BEZI
  • Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan oziqlanadi. Ular og'zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg'ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan . Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan

NAFAS OLISH SISTEMASI

  • JABRA
  • JABRA RAVOG’I
  • JABRA VARAQLARI
  • JABRA QILCHALARI

JABRALARNING ISHLASHI

  • Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillar qon tomirlaridan iborat. Yuragi ikki kamera: yurak qorinchasi va bo'lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari orteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog'ora baliqning yuragi jabralardan orqaroqda joylashgan

BALIQLARNING YURAGI

  • Yurak bo’lmachasi
  • Yurak qorinchasi
  • Aorta
  • Vena
  • IKKI KAMERALI

QON AYLANISH SISTEMASI

  • QON AYLANISH SISTEMASI
  • YURAK
  • ORQA AORTA
  • QORIN AORTA
  • To'qimalarda hosil bo'ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo'ng'ir-qizg'ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo'li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi

Ayirish sistemasi

  • TASMASIMON BUYRAKLAR (BIR JUFT )
  • QOVUQ
  • SIYDIK YO’LI
  • SIYDIK CHIQARISH TESHIGI

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling