Bank va mijoz munosabatlari va uni tartibga solinishi


Download 123.46 Kb.
bet1/3
Sana16.03.2023
Hajmi123.46 Kb.
#1279009
  1   2   3
Bog'liq
18- variant bank menejmenti


BAJARDI: TURSUNOVA SOHIBA .
18-VARIANT.
BANK VA MIJOZ MUNOSABATLARI VA UNI TARTIBGA SOLINISHI.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bolgan bank tizimini erkinlashtirish, uning barqaror rivojlanishini taʻminlash, tijorat banklari faolyatini mijoz bilan bolgan munosabatini takomilashtirish, ularning kapitallashish darajasini koʻtarish, investisiya jarayonlarida keng ishtirok etishini taʻminlashda bank marketingining ahamiyati va vazifalari oshib bormoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda bank xizmatlari bozorini rivojlantirishda hamda marketing faoliyatida mijoz bilan munosabatlarini takomillashtirish muammosi mavjud.
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlari tijorat banklarining faoliyatini rivojlantirishda va mijozlar bilan aloqalarini samaradorligini oshirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish va undan samarali foydalanish boʻyicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ularda asosan tijorat banklarining iqtisodiyotdagi oʻrni, bank risklari, ularning turlari va mohiyati, bank resurslaridan samarali foydalanish masalalari qamrab olingan. Biroq, mazkur tadqiqotlarda tijorat banklarida mijozga yoʻnaltirilgan marketing strategiyasi orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar etarlicha aniqlanmagan. Tijorat banklaring rentabelligini oshirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish va shu orqali ularning daromadligini taʻminlash jihatlari hozirgacha oʻzining ijobiy echimini topmagan. Bu oʻz navbatida tijorat banklarida mijozga yoʻnaltirilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan olib boriladigan tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” farmonlarida makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish maqsadida pul-kredit, fiskal va tarkibiy islohotlarni takomillashtirish, davlat investitsiyalarining samarali amalga oshirilishi boʻyicha choralar belgilash, bank xizmatlari onlayn turlarini kengaytirish hamda kredit ajratish boʻyicha tahlillarni avtomati Hududlarda sanoat va infratuzilmani rivojlantirish uchun, “Taraqqiyot banki”ni tashkil etish kabi vazifalar belgilab berilgan. Bu esa bank va mijoz munosabatlarini takomillashtirish, bank xizmatlarini rivojlantirish kabilar dolzarb masala boʻlib hisoblanadi.
Bank xizmatlari bozori murakkab tuzilishga ega boʻlgan maxsus bozor boʻlib, unga juda katta miqdordagi pul mablagʻlari bir vaqtning oʻzida turli yoʻnalishlarga oʻtib boradi va iqtisodiyotning holatiga taʻsir koʻrsatadi. Bank xizmatlari bozori tijorat banklarini kapital bozori, qimmatli qogʻozlar va valyuta bozorlaridan tashkil topgan. [1] Oʻz mohiyatiga asosan tijorat banklarining kapitallari bozori ssuda kapitalining muntazam aylanish jarayonini taʻminlovchi maxsus moliya munosabatlarining yigʻindisidan iborat.
Marketing — bu bozorni oʻrganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir. Marketing tashkilotlar va kishilarni ehtiyojini tovarlar va xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni taʻminlash yoʻli orqali qondirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy jarayondir. Marketing — bu bozorni oʻrganish orqali isteʻmolchilarga taʻsir etishdan iboratdir.
Bank marketingni maqsadi – mijozlarni oʻrganish, raqobatbardoshlikni va foydalilikni oshirish boʻyicha tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan iborat. “Bank marketingi” bu pul jamgʻarmalarini va mablagʻlarini jamlovchi qilish yoʻnalishi boʻyicha, ham kreditlar berish yoʻnalishi boʻyicha aniq bank faoliyatiga bozordagi maʻlum talabi tushuniladi.[2] Bank marketingining eng asosiy yoʻnalishi boʻlib mijozlarning toʻlov qobiliyatini aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi. Shuning uchun ham bank qarz oluvchining kreditni shartnomadagi shartlarga mos ravishda qaytirish imkoniyati va shunga tayyorligini oʻrganish juda muhimdir. U mijozlar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish, umumlashtirish va kelgsi faoliyat uchun saqlash bilan shugʻullanadi.
Marketing xizmati banklarning barcha tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga bevosita tasir qiladi. Tijorat banklari marketing faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish orqali bozorlarni oʻrganish va rivojlantirish hamda boshqaruv faoliyat strategiyasi va taktikasini aniqlashga olib keladi. Marketingni joriy qilish daromad oʻsishi va bank va mijoz faoliyati imkoniyat yaratadi. Marketingning zarurligi bozorda rivojlanayotgan bank faoliyati jarayonlari adekvatligini qoʻllab-quvvatlash mexanizmi bilan aniqlanadi.
Xalqaro amaliyotda tijorat banklari faoliyatida marketingning asosiy maqsadi boʻlib – bank xizmatlari bozorida mavjud xizmatlarni ularning isteʻmolchilariga yetib borishini oqilona darajada taʻminlashdan iboratdir. Ushbu marketing jarayoni tijorat banklari tomonidan barcha mijozlarni har tomonlama chuqur oʻrganish asosida ularning talablarini aniqlash bilan boshlanib, talablarini toʻla qondira oladigan yangi xizmat turlarini yaratish hamda ularni isteʻmolchilar tomonidan qabul qilinishi bilan yakunlanadi. Tijorat banklari tomonidan yangi bank xizmatlarini amaliyotga joriy qilinishi esa, ayrim holatlarda juda oddiy omillarga masalan, mijozlar bilan bank xodimlarining muloqat qilish masalalariga, ularning ish oʻrinlarini joylanishiga hamda yangi xizmat turlarini boʻlajak isteʻmolchilarga yetkazish uslublariga bogʻliq boʻladi.
Bank marketingi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
— bozori imkoniyatlarini aniqlash;
— bozordagi isteʻmolchilar extiyojlarini aniqlash;
— isteʻmolchilar talabini toʻlaroq qondirish maqsadida bank xizmatlari bozorida aniq yoʻnalishlarni topish;
-mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorida yangi xizmatlar turlarini joriy etish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash;
-yangi bank xizmat turlarini amaliyotga kiritish va u yuzasidan bank nazoratini olib borish boʻyicha dasturni ishlab chiqish va boshqalar.
Bank xizmatlari bozorini oʻrganish va ularga boʻlajak isteʻmolchilarni aniqlash maqsadida tijorat banklarida sanoat va savdo marketingida anʻanaviy boʻlgan tabaqalashtirish va bozorni segmentlashdan keng foydalanadilar.
Bozorni segmentlashda esa bank xizmatlari bozorida isteʻmolchilarni talablarining xususiyatlari va takliflari asosida boʻlish amalga oshiriladi. Bank xizmatlari bozorida segmentlash usuli keng ilmiy tadqiq etilgan. (1-rasm).


Download 123.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling