Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi hamda odam savdosiga qarshi kurash-dolzarb masala


Download 0.8 Mb.
Sana11.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1450643
Bog'liq
Bobur


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali Iqtisodiyot fakulteti “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi hamda odam savdosiga qarshi kurash-dolzarb masala” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi


BAYONNOMASI


03.05.2023.



Taklif
etildi:

G’.Qurbonov- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktorining maslahatchisi.
D.Shodmonov – Univеrsitetga biriktirilgan IIB xodimi.



Qatnashdi:

Iqtisodiyot fakulteti 60410104-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi I bosqich BH-122,
BH-222, 60410500-Bank ishi va auditi ta'lim yo'nalishi I bosqich BI-122, BI-222, 60410200-Soliqlar va soliqqa tortish ta'lim yo'nalishi I bosqich ST-122- guruh talabalari va ta’lim tarbiya maslahatchisi B.A.Ablakulov



KUN TARTIBI:



  1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi hamda odam savdosiga qarshi kurash-dolzarb masala

Ma’ruzachi: G’.Qurbonov - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktorining maslahatchisi.
2. Jinoyatchilikning oldini olish.
Ma’ruzachi: D.Shodmonov – filialga biriktirilgan profilaktika inspektori.
Eshitildi: Tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Ta’lim tarbiya maslahatchisi B.Ablakulov kirish so’zi bilan ochildi. Barcha tadbir ishtirokchilariga tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtirib, so’zni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktorining maslahatchisi G’.Qurbonovga berildi.
G’.Qurbanov yuqorida ma’ruzachilar tomonidan ko’tarilgan odam savdosi, shuningdek terrorizm va ekstremizm global muammolardan ekanligini, bu ikkala jinoiy ko’rinishlar ham inson hayoti, erkinligini va huquqlariga qarshi qaratilganligini, odam savdosi qurboniga aylanayotganlar, shuningdek terroristik guruhlarga qo’shilib qolayotgan fuqarolarning aksariyati yoshlar bo’lib, o’zlarining soddaligi, befarqligi va loqaydligi natijasida qo’shilib qolayotganligini ta’kidlab o’tdi. O’zbekiston huquqiy davlat sifatida «Inson huquqlari» umumjahon deklaratsiyasini e’tirof etishini, qonun jihatidan bunday toifadagi jinoyatlar sodir etganlarga jazo muqarrarligi belgilanganligini, hozirda ogohlik davr talabi ekanligini, talabalar bu turdagi jinoyatlar haqida o’z huquqiy ongi va madaniyati oshirib borish kerakligini bildirib o’tdi.
Talabalarga barbod bo’lgan messiya (missiyanerlik faoliyati) va Soxta da’volar (adashib qolganlar) haqida filmlar qo’yib ko’rsatildi va tarqatma materiallar tarqatildi.
2 Eshitildi: Davra suhbatining navbatdagi kun tartibi bo’yicha universitеtgа biriktirilgan IIB xodimi D.Shodmonov so’zga chiqib, bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligiga va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy xavf ekanligini, aholini, ayniqsa yoshlarni ularning taʼsiriga tushib qolishiga yo'l qo'ymaslik, internet orqali targ'ib qilinayotgan turli g'oyaviy va axborot xurujlardan himoya qilish bo'yicha o'z maslahatlarini berib, yurtimizda bilim olish uchun yaratilgan sharoitlardan maqsadli foydalanish kerakligini, diniy mazmundagi turli rolik va «nashida» ko'rinishidagi musiqalardan ehtiyot bo’lib, ularni tarqatmaslikni, yoki o'z munosabatini bildirib «layk» bosmaslikni, bu amaldagi qonunchilik bo'yicha javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkinligini bildirib o'tdi. Kiber jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha ma’ruza qildi.


QAROR QILINDI:



  1. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali Iqtisodiyot fakulteti direktorining maslahatchisi G’.Qurbonov, profilaktika inspektori D.Shodmonov BH-122, BH-222, BI-122, BI-222 va ST-122 guruh talabalari ta’lim tarbiya maslahatchisi B.Ablakulov “Axborot murabbiylik soatida” darslarida Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi hamda odam savdosiga qarshi kurash- dolzarb masala” mavzusida tushuntirish olib borganligi axborot uchun qabul qilinsin.



Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar boʻyicha direktorning birinchi o‘rinbosari: X.I.Turdibekov


Ta’lim tarbiya maslahatchisi: B.A.Ablakulov








03.05.2023 yil
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling