Banklar foizli va komission daromadlar evaziga foyda oladi


Download 0.87 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1009557
Bog'liq
NArimon





Foydalanilgan adabiyotlar:
1. WWW.GOOGLE.COM
2. Bank tizimi
Reja:

  1. Bank qayerdan daromad qiladi

  2. Mablag’lar nima?

  3. Deposit nima ?

Banklar foizli va komission daromadlar evaziga foyda oladi:
Foizli daromadlar asosan jismoniy va yuridik shaxslarga foiz ostida kreditlar taqdim etish hisobidan shakllanadi. Kredit berish uchun mablagʼ esa
oʼz mablagʼlari yoki jalb qilingan mablagʼlar hisobidan shakllantiriladi.
Oʼz mablagʼlari ustav kapitalidan (tijorat banki tashkil etilayotganda eng kamida 100 milliard soʼm miqdorida shakllantiriladigan) va avvalgi davrlar taqsimlanmagan foydasidan (masalan, avvalgi yillar sof foydasi) tashkil topadi.
Oʼz mablagʼlari ustav kapitalidan (tijorat banki tashkil etilayotganda eng kamida 100 milliard soʼm miqdorida shakllantiriladigan) va avvalgi davrlar taqsimlanmagan foydasidan (masalan, avvalgi yillar sof foydasi) tashkil topadi.

Jalb qilingan mablagʼlar oʼz ichiga ikki guruh mablagʼlarni oladi: depozit mablagʼlari va nodepozit mablagʼlar.

Depozit mablagʼlari, oʼz navbatida, jismoniy va yuridik shaxslarning omonat qoʼyilmalaridan iborat. Omonat pullaridan bank tegishli qonunchilikka asosan foydalanadi va buning uchun omonat egasiga foiz toʼlaydi.
Nodepozit jalb qilingan mablagʼlar – bu bank kredit sifatida (masalan, Markaziy Bank tomonidan asosiy stavka – 16% ostida beriladigan kreditlar, davlat kafolati ostida xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan kreditlar va banklararo kreditlar) yoki oʼz qimmatli qogʼozlarini (masalan, davlat obligatsiyalari) sotish evaziga qabul qiladigan mablagʼlardir.
K omission daromadlar risk darajasi past daromadar hisoblanadi, chunki bank shunchaki uning mijozlari amalga oshirgan operatsiyalar uchun komissiya oladi. Komission daromadlarning asosiy tarkibi quyidagilardan iborat: ekvayring (toʼlov operatsiyalari uchun komission foizlar), bank kartalari boʼyicha koʼrsatilgan xizmatlar uchun komissiya hamda toʼlov-kassa xizmati.
Banklarning komission daromadlari oshishining asosiy omili – bu jismoniy va yuridik shaxslarning banking tizimiga daxldorligini va aholining bank tizimiga boʼlgan ishonchini oshirish.

Toshkent Moliya instituti Abrorqulov Narimon KBIA_72 guruh

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling