Banklarda kassa operatsiyalari hisobi aylanma kassa


Download 169.1 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi169.1 Kb.
#1572465
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank 12.05.23

Banklarda kassa operatsiyalari hisobi

aylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash, o‘rab-bog‘lash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash va chiqim qilish uchun bank kassa tarmog‘ida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi;


bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar — mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi, maxsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;
bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama;
valyuta qimmatliklari — naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin;
inkassatsiya punkti — bozor va savdo majmualari hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari tomonidan inkassatsiya sumkalariga (qoplariga) solingan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati xodimiga topshiriladigan maxsus joy (xona);
inkassatsiya xizmati — xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek banklar, banklarning filiallari va alohida bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish xizmati;
qayta sanash kassasi — bank ish kuni davomida inkassatorlar guruhi tomonidan yig‘ib kelingan hamda kechki kassa xodimlaridan qabul qilib olingan inkassatsiya sumkalaridagi (qoplaridagi), shuningdek qayta sanash uchun kassa mudiri tomonidan topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanashga mo‘ljallangan kassa;

Download 169.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling