Bayonnomasi 2023 yil 16-fevral Ohangaron shashar Yig‘ilish raisi


Download 36 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi36 Kb.
#1250564
Bog'liq
темир йул-2022 9-мактаб


Toshkent viloyati Ohangaron shahar XTB ga qarashli 9-umum ta’lim maktabida temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash, transport inshoaatlarida baxtsiz hodisa jinoyat va turli ko‘rinishdagi xuquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
2023 yil 16-fevral Ohangaron shashar


Yig‘ilish raisi: 8-maktab direktori F.Mashkurova
Qatnashdilar: “Ohangaron bekati” XTB XPG inspektori katta leytenant D.S.Xusanxonov,
9-maktab o‘qituvchilari, 150 nafar
o‘quvchilari “No’g’oyqo’rg’on”
MFY maslaxatchilari.


Kun tartibi:

1.Transport inshoatlarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar yuzasidan videorolik namoyishi.


2.Temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash, transport inshoatlarida baxtsiz hodisa jinoyat va turli ko‘rinishdagi xuquqbuzarliklarni oldini olish va Toshkent mintaqa boshqarmasini 2023-yil 4-fevraldagi №4/8-322-sonli xati ijrosi.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish raisi F.Mashkurova so‘zga chiqib, yig‘ilishni ochiq deb e’lon qildi va videorolik namoyish etildi.
Namoyishdan so‘ng maktab direktori so‘zni maktab MMIBDO‘ A.Shodiyevaga berdi. U o‘z so‘zida Toshkent viloyati Ohangaron shahar mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi sohaviy xizmati xodimlari o‘zaro xamkorlikda transport inshoatlarida baxtsiz hodisa, jinoyat va turli ko‘rinishdagi xuquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi, shunga qaramasdan ayrim voyaga etmagan yoshlarning temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilmasliklari, ularni qo‘pol ravishda qasddan buzishlari, ota-onalarning esa voyaga etmagan farzandlarini nazoratsiz qoldirishlari oqibatida turli ko‘rinishdagi temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan xuquqbuzarlik va baxtsiz xodisalar yuzaga kelmoqda deb, bir necha marta sodir etilgan xodisalar xaqida misollar keltirildi.
Kelgusida yuqoridagi mudxish xolatlarni oldini olish hamda transport inshoaatlarida fuqrolarimizni va poezdlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ayniqsa temir yo‘l atrofida yashovchi o‘quvchilarga extiyokorlik choralarini tushuntirish, ya’ni temir yo‘lni belgilanmagan joyidan hamda bekatda turgan poezd vagonlari ostidan yoki ustidan o‘tmaslik, temir yo‘l atrofida chorva mollarini boqmaslik, temir yo‘l inshoatlaridagi texnik jixoz va vositalariga shikast etkazmaslik, temir yo‘llarda turgan poezd vagonlari ustiga chiqmaslik, harakatdagi poezdlarni sababsiz magistral tormozi yordamida sun’iy ravishda to‘xtatmaslik, temir yo‘l qoidalarini buzish xayot uchun xavfli ekanligini hamda temir yo‘llarga o‘rnatilgan elektor tarmoqlarida 27000 volt kuchlanishdagi elektr toki mavjudligini, bu esa inson xayotiga xatarli ekanligini aks xolda bu fuqarolarga nisbatan chora ko‘rilishi mumkunligi, ya’ni voyaga etmaganlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga asosan qat’iy choralar ko‘riladi, voyaga etmaganlarning o‘zi esa IIB VEUN xisobiga olinib, kelgusida jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etmasligini oldini olish maqsadida doimiy profilaktika ishlari olib boriladi va bu o‘quvchilar doimiy qat’iy nazoratga olinadi, deb so‘zini yakunladi.
Fikr va mulohazlar yakunlanib, savollarga javoblar ma’sullar tomonidan to‘liq tushuntirildi va yig‘ilish
QAROR QILADI:

1.Transport inshoatlarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar yuzasidan videorolik namoyishi ma’lumot va 2023-yil 4-fevraldagi №4/8-322-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin.


2.Temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash, transport inshoaatlarida baxtsiz hodisa jinoyat va turli ko‘rinishdagi xuquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida profilaktik tushunchalar berib borish.
3.Qabul qilingan qarorlar ijrosi MMIBDO‘ A.Shodiyeva zimmasiga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi: F.Mashkurova
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling