Bayonnomasi. Sana


Download 19.65 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1591276
  1   2   3
Bog'liq
Pirotexnika 2022 bayonnoma va kafolat xati


Qo`rg`ontepa tumani XTBga qarashli 28-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI.
Sana: 14.12.2022 Norbo`taMFY

O‘tkazilgan joy:Maktab majlislar zali .


Ishtirokchilar:
IIB profilaktika noziri: I.Sobirov
MMIBDO‘: A.Zokirjonov
O`TIBDO`:X.Axmedov
Sinf rahbarlar: 31nafar
O‘quvchilar: 604 nafar
KUN TARTIBI:
1.Voyaga etmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish.
2.Pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida tushintirish ishlari olib borish.
3.Yangi yil ta`tilni mazmunli oila davrasida o`tkazish va nazoratsiz o`z boshimchalik bilan turli xil tadbirlar tashkil qilmaslik va bunday tadbirlarda qatnashmaslik.

MMIBDO‘: A.Zokirjonov so‘zga chiqib yig‘ilish maqsadi, yig‘ilish qatnashchilari va yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirdi.So‘zga Norbo`tamahalla IIB profilaktika noziri I.sobirov taklif etildi.


Eshitildi: 1 masala yuzasidan IIB profilaktika noziri o‘quvchilarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.O‘quvchilarga Voyaga etmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha bir qancha tushuntirish ishlari olib bordi.
Eshitildi:2 masala yuzasidan MMIBDO‘ A.Zokirjonov so‘zga chiqdi.
-Mana biz orziqib kutgan yangi yil bayramimiz yaqinlashmoqda.Bu bayram har bir xonadonda o‘zgacha nishonlanadi. Lekin ayrim noto‘g‘ri xatti –harakatimiz bilan kimningdir oilasidagi hursandchilikni o‘g‘irlashga sabab bo‘lib qolishimiz mumkin.Sabab maktab o‘quvchilarimiz maktabga pirotexnika vositasi olib kelib maktabning binosida paqillatayotgan holatlarini ko‘rayapmiz.O‘ylamay qilgan harakatingiz kimningdir hayotida dog‘ bo‘lib qolishidan qo‘rqmaysizmi? Pirotexnika vositalari otilganda kimningdir quloq pardasi yirtilishi, tanasining qaysi joyiga tegsa jiddiy jaroxatlanishi, ko‘zga otilganda ko‘z ko‘r bo‘lib qolish xolatlarini ko‘rganmiz. SHu maktabning o‘quvchilari kimningdir suyukli farzandi, kimningdir singlisi, ukasi, opasi va akasi bo‘lishi mumkin. Bunday o‘quvchilarni agar aniqlasak oqibati yomon bo‘lishi haqida, intizomiy chora qo‘llashimiz haqida ogohlantiraman.
Yo‘qoridagi masala yuzasidan IIB noziri I.sobirovso‘zga chiqib o‘quvchilarga tushintirish ishlari olib bordi. Sizga ma’lum,pirotexnika vositalari bu noqono‘niy qo‘lbola ishlab chiqarilayotgan va chet davlatlardan kirib kelayotgan vositadir. Bizning Respublikamizda pirotexnika vositalaridan foydalanish qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan. Agarda kimdir xonadonida qo‘lbola pirotexnika vositasi ishlab chiqarsa, yoki bo‘lmasa uni sotsa qonun oldida javob beradi. Agarda shunday ishlar bilan shug‘ullanayotgan insonlar haqida xabardor bo‘lsangiz darxol maktab ma’muriyati yoki IIB xodimlariga xabar bering. Agar maktabda qaysidir voyaga etmagan o‘quvchi shu ish bilan shug‘ullanayotganini aniqlasak o‘zingiz uchun ham, oilangiz uchun ham yomon bo‘ladi. Barchangiz qonun oldida javob berasizlar. Pirotexnika vositalari portlovchi moddalardir. Uylaringizda ham gazga, svetga yaqin joylarda paqillata ko‘rmang. Bir kunli xursandchilik deb o‘zgalar umriga zavol bo‘lmang.

Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling