Bayroq qabul qilingan kun


Download 21 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi21 Kb.
#1369530
Bog'liq
bayroq


Jizzax shahar 18-umumta'lim maktabida “Bayroq qabul qilingan kun” munosabati bilan o'tkazilgan davra suhbati to'g'risida
MA'LUMOTNOMA
Yoshlar o'rtasida davlat ramzlariga hurmat ruhini singdirish maqsadida davra suhbatlari ,ko'rik tanlovlar tadbirlar davomiy ravishda bizning maktabimizda ham o'tkazilib kelinmoqda.18-noyabr “Bayroq qabul qilingan kun”ushbu sana har yili yurtimizda keng miqiyosda nishonlab kelinadi.Davra suhbatimiz maktabimiz kutubxonasida bo'lib o'tdi.Tadbirda ijtimoiy fanlar o'qituvchilari,kutubxonachilar,maktabimizning yuqori sinf o'quvchilari ham qatnashishdi.Ustozlarimiz o'zlarining ma'lumotlarini o'quvchilarga taqdim etishdi.Savol javob viktorinalar tashkil etildi,davra suhbatimiz maktabimizning faollar zalida davom etdi.Xarbiy sinflarimiz tomonidan ham juda chiroyli sahna ko'rinishlari chiqishlar taqdim etildi.
Bayroq haqida she'rlar,ma'lumotlar tadbirni yanada qiziqroq bo'lib o'tishi uchun zamin yaratdi.Ushbu o'tkazilayotgan tadbirlardan asosiy maqsadimiz ham yoshlarni davlatimiz ramzlariga hurmat ,muhabbat ruhida tarbiyalashdir.O'sib kelayotgan yosh avlod vakillarini o'z huquqlarini,o'z davlati ramzlarini yanada yaxshiroq bilishlari ham maqsadlarimizdan biridir.
Bayrog'imizga nafaqat muhabbat balki jahon arenalariga chiqib O'zbekiston bayrog'ini yanada yuqorilarga kutarishlari uchun ushbu tadbirlarimiz turtki bo'lsa ajab emas.
Ushbu sanada barcha o'quvchilarimiz maktabimizga bayroqchalar bilan kirib kelishdi ,ustozlarimiz esa bayroq ramzi tushirilgan ko'krak nishonlari bilan kirishdi bu ham o'quvchilarda ramzlarimizga bo'lgan hurmat e'tiborini yanada oshirdi.
Darslarimiz boshida o'quvchilarga bayroq haqida ma'lumotlar ham taqdim etildi.

Kutubxona mudirasi: Ch.Shayimova
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling