O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti


Download 188.5 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1244922
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
20.11-GURUH TALABASI BOZOROVA MADINA




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
20.11-GURUH TALABASI BOZOROVA MADINANING
AMUR TEMURNING HARBIY –JISMONIY TA’LIMOTI MAVZUSIDA

MAVZU:AMUR TEMURNING HARBIY –JISMONIY TA’LIMOTI.


CHIRCHIQ-2023

KIRISH
Mustaqil O`zbekistoning jismoniy madaniyat va sportning yanada rivojlantirishga asos buluvchi eng muxim tadbirlar kurilmokda O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi konuni (1992 yil 14 yanvar) barcha axolining sogligini mustahkamlash uning jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishiga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. SHu bilan birga maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va o`quv yurtlari xar yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning ham O`quvchi yoshlarning jismoniy tayorgarlik darajasini kurishdan o`tkazadilar. Umum ta’lim maktablarida boshva o`quv yurtlarida jitsmoniy tarbiya buyicha imtixonlar o`tkaziladi - deb kursatilgan. Bu esa O`quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish ularni mexnat va mudofaa ishlariga layokatli kishilar kilib yetishtirishga qaratilgandir. CHunki bu tadbirlar Respublika axolisini madaniy turmush darajasini oshirish, O`quvchi yoshlarni tarbiyalash ularning mexnat va mudofaaga tayyorlashda (jismoniy tarbiyaning moxiyati) yuksak baxolangan edi. CHorizm O`rta Osiyeni bosib olgandan boshlab, maxalliy axolini zuravonlik bilan ruslashtirishga intildi. Turkiston ulkasida qadimiy xalq o`yinlari, jismoniy mashqlar va musobakalar fizkulturaning vositalari sifatida saklanib koldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda yangi tildagi maktablarda jismoniy tarbiya mashgulotlarini o`tkazishga urinib kurildi. Erlar va kizlar gimnaziyalarini ba’zilarida jismoniy tarbiya darslari joriy etildi. 1890 yillarda maktablarda jismoniy tarbiya darslari jonlandi. Toshkent, Fargona gimnaziyalarida, Xarbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika, kilichbozlik, otish va turli o`yinlardan mashgulotlar o`tkazila boshladi. XX asr boshlarida Laun-tennis, kryuket, gimnastika, yengil atletika, kilichbozlik anchagina tarkalib Toshkentda sport jamiyatlari tashkil etildi. Masalan: 1904 yil “Toshkent gimnastika va jismoniy xavaskorlari jamiyati”, 1906 yilda esa “SOKOL” yengil atletika guruxi tashkil etildi. 1913 yilda tashkil etilgan “Toshkent sport xavaskorlar jamiyati” Turkistonda eng yirik sport jamiyati edi. 1908



SHARAFUDDIN ALI YAZDIY
Temurbek ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi.
Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori , amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor.
Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi.
Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.Dong’I butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati , shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazag’on bilan yaqinlashtirdi.Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush og’aga , so’ngra Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi.XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, amir Qazag’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi.Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo’jandda amir Boyazid jaloyir, Balxda O’ljay Bug’a sulduz, Shibirg’onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar.
Bu davrda Chig’atoy ulusining sharqiy qismi-Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda o’z hokimiyatini o’rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug’luq Temur va uning vorisi Ilyosxo’ja 1360-1361 va 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mo’g’ul xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.
Movarounnahr xalqi barcha tabaqalarining qo’llab-quvvatlashi hamda bevosita ishtirokida 1370-yili hokimiyatni qo’lga olishShimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga birligidan mahrum bo’lgan mamlakatni birlashtirish, istiqlolni qayta tiklash baxtiga muyassar bo’ladi.
Temurbek taxtga o’tirish boisi o’laroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar o’z ifodasini harb ishida va harbiy san’atda ham namoyon etadi.
Asosiy karvon yo’llari ustidan nazorat o’rnatish1, ulus qudratini yanada oshirish, xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustuvor maqsadlar yo’lida Temur o’sha davrda tengi yo’q harbiy kuchlari bilan Jeta, Eron, Afg’oniston, Kavkaz, Iroq, Shom, Misr, Dashti Qipchoq, Shimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga bir necha bor qo’shin tortib bordi, olamshumul zafarlar quchdi.
Harb tarixi Temurni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida, haqli ravishda, tan oladi. Uning harbiy iste’dodi asosan ikki yo’nalishda:mohir harbiy tashkilotchi va atoqli sarkarda tarzida yorqin namoyon bo’ldi.2
Buyuk lashkarboshi va novator tashkilotchi sifatida Temur o’ta intizomli armiya tuzishga, muhoraba chog’ida qo’shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo’ladiga joylarga harbiy kuchlarni o’z vaqtida ustalik bilan yo’llashga har qanday to’siq va g’ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o’tishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo’ldi.
Sohibqiron turk-mo’g’ul xalqlari, xususan, Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib boorish amallarini atroflicha o’rganib, tahlil qiladi va zarur o’zgartirishlar kiritadi.
Temur barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qo’shin tizimi va tuzilishiga ma’lum darajada yaqin bo’lsa-da biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi:

  1. Chingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chiqariladigan xalq lashkaridan iborat bo’lgani holda, Temur armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi.

  2. Chingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temur qo’shiniga oliy bosh qo’mondondan ko’rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan.

  3. Temur qo’shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma’lumki, Chingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan hasharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan.

  4. Amir Temur Sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’tochar qurol, ya’ni to’p-ra’dni olib kirdi.

  5. Amir Temur armiyasida ayollardan tuzilgan bo’linmalar bo’lib, ular jang chog’I erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunlari ko’rsatgan.3

  6. Sohibqiron tog’li hududlard jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.

  7. Temur jahon harb san’ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida yeti qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi.4

Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
Dubulg’a, zirih (sovut), qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta’minlangan og’ir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g’animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasini hal etishda katta rol o’ynagan.
Yurishga jo’natishdan oldin Temurbek arkoni davlat, vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog’da ulusning turli viloyat vat umanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo’shin to’plash uchun maxsus buyruq-tunqal e’lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo’mondonning ad’yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan.Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo’shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o’rni, jangovar jartib-yasoli hamda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi.
Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishiga ko’ra, Temurbek Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo’shinni bir yilga yetadigan oziq-ovqat, qurol-yarog’, kiyim kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta’minlashni o’z noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o’q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qo’shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har o’n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o’roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan.
Sohibqiron yurish paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Ko’p marotabali so’qishlarda suyagi qotgan, urushni o’zining bosh mashg’uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam qilingan, ularga kirim-chiqiqm daftariga , shuningdek davlatdan maosh ulufa, oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar ro’yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko’ra Temurbek armiyasi turk-mo’g’ul xalqlari uchun an’anaviy bo’lgan o’n, yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga o’nbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. “Temurbek tuzuklari” da qayd etilishicha, qo’shin qo’mondonlari safiga Temurbek oliyhimmat, oqil, mard, tadbirkor, sezgir, jur’atli, sabotli, harb ishiga jon-dilini bag’ishlagan iste’dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e’tibor bergan.
Amir Temur qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jeta singari yerlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi.
Unda muntazam qo’shinga xos bolgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’hin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirilib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurolantirilgan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim boshi, tutgan bayroq yoki tug’I orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinniboshqarishda juda qo’l kelgan.
Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.

Dushman mudofasini turli usullar yordamida barbod etish, g’anim tomonnning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hibsda olish, qal’a hmada qo’rg’onlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq shahar, tuman, viloyatlarni birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta’qib qilish, fath etilgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarni ko’zlab ish yuritish Amir Temurga ko’plab zafarlar olib keldi.




Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling