Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Qishloq xo’jaligining moddiy texnika bazasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana17.02.2017
Hajmi0.79 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

3. Qishloq xo’jaligining moddiy texnika bazasi 

Republika agrosanoat majmuini moddiy-texnika resurslari bilan taminlash, 

texnikasini tamirlash va unga injenerlik xizmatini ko’rsatishni 

“O’zqishloqxo’jaliktaminottamir” davlat-kooperativ qo’mitasi tizimida qishloq 

xo’jaligiga texnik xizmat ko’rsatuvchi “Agromashservis” aktsionerlik uyushmasining 

ixtisoslashtirilgan tashkiliy xo’jalik tuzilmalari: “Qishloqxo’jalikmashtamir” tamirlash 

zavodlari, “Agromashehtiyotqism” (taminot bozorlari), “Texchorvamontajservis”, 

“Qishloq xo’jalik jihozlash bozorlari”, “Maxsustamirlashsozlash” va boshqa 

birlashmalar, uyushmaning viloyat va tumanlardagi bo’linmalari olib boradi. Tizimga 

qarashli korxonalarda 50 nomdagi mashina va mexanizmlar ishlab chiqariladi. 

Mulkchilikning hamma turidagi xo’jaliklarga barcha turdagi mashinalarni etkazib beradi. 

Respublika kimyo sanoati qishloq xo’jaligining o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’la 

qondirish quvvatiga ega. Ekinlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan 

himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan birga, paxtachilikda biologik himoya 

usulidan ham foydalaniladi. O’zbekistonda 756 ta biolaboratoriya, trixogramma etkazib 

beruvchi mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlaydi. Respublikada  qishloq xo’jaligiga 

agrokimyoviy xizmat ko’rsatishni davlat-aktsionerlik birlashmasi “O’zagrokimyo 

taminot” olib boradi. 1995-1999 y. “O’zqishloqxo’jalik-taminottamir” davlat-kooperativ 

qo’mitasining tuman bo’limlari negizida mulkchilikning barcha shakllaridagi mashina-

traktor parklari (MTP) tashkil etish dasturi qabul qilingan. 1998 yilgacha 180 ta MTP 

tashkil qilingan. Bu parklar xo’jaliklaridagi mashina va mexanizmlarni keyinchalik sotib 

olish huquqi bilan ijaraga oladi yoki texnika xo’jaliklarda qoldiq qiymat bo’yicha 

MTPlarning balansiga beriladi. 

Respublika Prezidentining “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat yo’li bilan 

qo’llab-quvvtlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida (1996 y. 3 - mart) qishloq 

xo’jaligini sifatli texnika, mineral o’g’itlar, ekinlarning himoya qilishning respublika 

qishloq xo’jaligini rivojlantirishning kompleks dasturida ustivor vazifalar sifatida 

belgilangan. 

Respublika qishloq xo’jaligining ilmiy bazasi etarli darajada rivojlangan. İlmiy 

izlanishlar natijasida asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari bo’lgan g’o’za, kanop, bug’doy, 



 

77

arpa, sholi, meva, uzum, kartoshka, poliz ekinlari va boshqalarning tezpishar, serhosil 



navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Ayniqsa paxtachilik uchun mashinalar 

sistemasi yaratildi, ilmiy tekshirish institutlari, tajriba stantsiyalari, tayanch punktlari 

tarmoqlari rivojlantirildi. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, 15 tayanch 

punkti, 9 ta ekspremental bazasi va 5 ga yaqin boshqa bo’limlarida qishloq xo’jaligi, 

o’rmon va agrosanoat majmuining turli sohalarida nazariy va amaliy ilmiy taminot ishlari 

olib borildi. Kadrlar tayyorlash esa bir qator universitet va institutlarda olib borildi. 

Respublikamizda qishloq xo’jaligi sohasidagi umumiy siyosatni qishloq va suv 

xo’jaligi vazirligi amalga oshiradi. Quyi bo’g’ini esa xo’jaliklarda umumiy rahbarlikni 

olib boradi. İxtisoslashuvga ko’ra bog’dorchilik, tokchilik, ayrim issiqxona xo’jaliklari 

mustaqil “O’zmevasabzavotuzumsanoat” xolding kompaniyasiga qaraydi. Ayrim 

tarmoqlarda rahbarlikni amalga oshirish uchun vazirliklar “Qorako’l”, “O’zbek ipagi”, 

“O’zparranda sanoat”, “Asal” kabi Respublika ishlab chiqarish uyushmalari tashkil 

etilgan. 

4.  Qishloq xo’jaligi er fondi va asosiy tarmoqlarining joylashishi 

O’zbekiston hududi qishloq xo’jaligi jihatidan 3 mintaqaga bo’linadi: tog’ va tog’ 

oldi mintaqasi Respublika hududining 20 % i dan ortiqrog’ini tashkil etadi. Asosan 

lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa, no’xot, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik taraqqiy 

etgan. Bu mintaqada mavsumiy bohorgi-kuzgi yaylovlar bor. Chorvachiligi go’sht-jun 

etishtirishga ixtisoslashgan.  

Sug’orma dehqonchilik mintaqasi Respublika hududining qariyb 10 % ini tashkil 

etadi. Bu mintaqada Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Chirchiq-

Ohongaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni 

o’z ichiga oladi.  

Cho’l yaylov mintaqasi Respublika hududining 70%ini tashkil etadi. Asosan Buxoro, 

Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqolpog’iston va Farg’ona vodiysining markaziy qismida 

joylashgan. O’zbekiston qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan er 

davlat mulki hisoblanadi.  

Davlat er fondi, er egaligi yoki erdan foydalanuvchilar hududidagi barcha erlarni 

haydalma erlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o’rmonzor, qo’riq er qishloq xo’jaligida 

foydalanilmagan erlarning jamini o’z ichiga oladi. Respublikaning umumiy er fondi 

44797,7 ming ga., barcha qishloq xo’jaligi erlari 27987 ming ga., shundan sug’orishga 

yaroqli erlar 5 mln. ga., sug’oriladigan erlar 4238,6 ming ga., qishloq xo’jaligida 

foydalanilmaydigan erlarning umumiy maydoni salkam 32 ming ga., ekiladigan 4090,2 

ming ga., haydalma erlar 4474,5 ming ga. 

Respublika er fondining asosiy qismi (62 %ga yaqini) qishloq xo’jaligi er turlari 

toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar erlari – tomorqa (1 %), o’rmon va 

to’qayzorlar (3,2 %) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan erlardan (34,2%) iborat. 

Sug’oriladigan erlar jami er resurslarning 9,2%ni tashkil etishiga qaramay Respublika 

qishloq xo’jaligida etishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 %i shu erlarda etishtiriladi.  

Respublika qishloq xo’jaligida dehkonchilik etakchi o’rinda turadi. Dehkonchilikning 

qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarkibidagi hissasi 49,7% ni tashkil etadi.  

Adir zonalarida lalmikor dehkonchilik (bug’doy, arpa, zig’ir, kunjut, no’xat, 

ozuqabob ekinlar, bug’dorchilik) qilinadi.  

Sug’orma dehkonchilikda lalmikor dehkonchilikka nisbatan 3-5 marta ko’proq xosil 

olinadi va erdan samarali foydalanishni taminlaydi. Keyingi yillarda Respublikada ekin 

maydonlari tarkiblari keskin o’zgardi, texnika ekinlari, birinchi navbatda g’o’za 

maydonlari qisqardi, aholining oziq-ovqat bilan taminlashni tubdan yaxshilash



 

78

Respublikaning g’alla mustaqilligini taminlash maqsadida don ekinlari, qand lavlagi, 



kartoshka maydonlari kengaytirildi. 

Paxtachilik. Respublikada dehkonchilikning etakchi tarmog’ini paxtachilik tashkil 

etadi. Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti paxta tolasi va paxta moyidir. 

Respublika xalq xo’jaligi ishlab chiqarishning 70%dan ko’prog’i texnologik jihatdan 

paxtachilik bilan bog’liq. Paxtachilik uchun eng unumdor sug’oriladigan erlarning 

qariyib 35% i ajratilgan va mehnat resurslarining katta qismi shu tarmoqda band. 

O’zbekiston jahonda eng shimolda joylashgan paxtachilik mintaqasi bo’lishiga qaramay 

hosildorlik bo’yicha oldingi o’rinlarda turadi. 

Respublikaning barcha viloyatlari va Qoraqolpog’istonda o’rta tolali, Buxoro, 

Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida esa ingichka tolali g’o’za ham 

etishtiriladi. 

Paxta tolasi O’zbekiston eksportining muhim bandini tashkil etadi. Paxta tolasi 

eksporti bo’yicha respublika jahonda AQSh dan keyin 2-o’rinda turadi. O’zbekiston 

erlarida paxta 2,5 ming yildan ko’proq vaqtdan beri etishtiriladi. 

Arxeologik tadqiqotlarning dalillariga ko’ra g’o’za miloddan avval VI-VII asrlarda 

Samarqand, Toshkent, Xorazm vohalarida, 

I asrda Farg’ona vodiysida etishtirilgan. 

XIX asrning 60-yillarida O’zbekistonda g’o’za tahminan 40 ming ga maydonda, 

asosan, dehqon xo’jaliklarining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun ekilgan. Markaziy 

Osiyo, xususan O’zbekiston, Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin Rossiya 

sanoatining paxta tolisiga bo’lgan talabi keskin ortdi. Natijada paxta maydonlari yildan-

yilga kengayib bordi. 1890 yil 100 ming ga., 1913 yil 424,6 ming ga., yalpi hosil 517,2 

ming tonna ga hosildorlik 12,2 % ni tashkil etdi. 1913 yil Namangan shahri yaqinida 

(Paxtaliko’l) g’o’za tajriba stantsiyasi ish boshladi. 

1920 yillarning 2 - yarmida O’zbekiston paxta xom ashyosiga bo’lgan talab yanada 

keskin oshdi. 1930-1990 yillar davomida O’zbekiston jahondagi asosiy paxta 

etishtiruvchi mamlakatlar qatoridan joy oldi  va sobiq İtifoqning paxta xom ashyosi 

etishtiruvchi mustamlakasi bo’lib qoldi. 

Paxta mustaqilligini taminlash maqsadida g’o’za maydonlarining muntazam 

ko’paytirilishi Respublika dehkonchiligida paxta yakka xokimligi (monokultura) ni 

vujudga keltirdi. 1984-1988 yillarda g’o’za 2 mln. ga dan ko’proq, 1989 yili esa eng ko’p 

2167,7 ming ga. maydonga ekildi. 1980 yil esa eng ko’p xosil 5579 ming tonna paxta 

hosil olindi. Olingan tolaning faqatgina 10%i Respublikada ishlanar, qolgani esa arzon 

narxlarda markazga va boshqa Respublikalarga jo’natilar edi. 

G’o’za maydonlarida mineral o’g’it, gerbitsid, pestitsid, defoliantlarning ilmiy 

asoslangan meyorlarga rioya etmay ko’plab qo’llanilishi, almashlab ekishning buzilishi 

natijasida atrof muhitga zararli tasir kuchaydi, tuproq xususiyatlari yomonlashdi, 

unumdorligi pasaydi, bularning tasirida hosildorlik pasaydi. 

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston huqumati paxta yakka 

ziroatchiligini (yakka xokimligini) bartaraf etish faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy 

ahamiyatga ham ega ekanligini nazarda tutib, qatiy tadbirlar ko’rdi.  

Birinchi navbatda Respublikada ekinlar maydonlari tarkiblari o’zgartirildi. 1991-1995 

yillarda g’o’za maydonlari yildan-yilga qisqartirildi, g’alla, sabzavot va boshqa ekin 

maydonlari kengaytirildi. 

Paxta etishtirishni ko’paytirish, hosildorlik va tola chiqishini oshirish yo’nalishida 

amalga oshirishi, paxtachilik sohasidagi asosiy vazifasi Respublikada paxta-beda, paxta-


 

79

g’alla almashlab ekishni joriy etish va o’rtacha hosildorlikni 30–35 ts/ga etkazish 



belgilandi.  

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 

1.  Qishloq xo’jaligi qanday xususiyatlarga ega? 

2.  O’zbekiston agrosanoat majmuasini tushuntirib bering. 

3.  Qishloq xo’jaligida islohotlar qanday kechmoqda? 

4.  Yangi mulk shakllari to’g’risida tushuncha bering. 

5.  O’zbekiston er fondi tarkibi boshqa mintaqalardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? 

6.  Eng muhim dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining zonal joylashish xususiyatlari. 

7.  Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish uchun chet el 

investitsiyalarini jalb qilish masalalari qanday kechmoqda? 

 

XV. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari 

 Reja: 

1.  Tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy-siyosiy  ahamiyati. 

2.  O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining qonuniy asoslari. 

3.  O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari va ularga xos ko’rsatkichlar. 

4.  Tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik xususiyatlari 

1.  Tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati 

O’zbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot jarayoni qishloq xo’jaligi 

hamda sanoat ishlab chiqarishida biri-birini to’ldiruvchi hamjixatlikni, o’z byudjetini 

moliyalash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, yangi avlod taqdirida mayda elementlarga 

qadar echimini topish lozim bo’lgan muammolarni hal etish imkonini bermoqda hamda 

yangi islohotlar davrining boshlanishi uchun keng yo’l ochmoqda. 

O’zbekistonda milliy daromadning poydevori ichki mahsulot ishlab chiqaruvchi 

korxonalar va muassasalar huquqini himoya qilish va rag’batlantirishdagi chora-tadbirlar 

to’g’ri yo’lga qo’yilganligi muayyan hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Raqobatbardosh 

mahsulot ishlab chiqarishga intiluvchi, tashqi savdoda erkin muassasalar huquqining 

himoya kilinishi O’rta Osiyo davlatlari o’rtasida ishlab chiqarish munosabatlariga doir 

yangi shaklni yaratdi, natijada bu yangi shakl «o’zbek modeli» deb nom oldi. 

İqtisodiyotda halqaro teng manfaatli hamkorlikni o’rnatishga intilish orqali 

O’zbekiston yangi ishlab chiqarish munosabatlarida, iqtisodiy barqarorlik va tovar 

ayriboshlashda, xalqaro hurmat tamoyillariga rioya etishda chet el sarmoyadorlarining 

ishonchini qozonmoqda. Sanoat ishlab chiqarishida yangi turdagi mahsulotlarning paydo 

bo’lishi mahalliy aholining hayotiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan birga 

qo’shni davlatlar ichki bozorlariga raqobatbardosh, istemiol talablarni qondiradigan 

mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini berdi. Shu o’rinda O’zbekiston tashqi aloqalarining 

asosida qudratli va zamonaviy ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq xo’jaligi 

mahsulotlarini qayta ishlashda jahon andozasi talablariga javob beradigan 

texnologiyalarni jalb qilishga va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarining rivojlanishiga 

keng yo’l berilganligi o’zining yorqin ifodasini topmoqda. 

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi yuqoriligi jihatidan 

jahonda o’ziga xos nufuzga ega bo’lgan davlatlar (Niderlandiya, İsroil va b.) bilan 

hamkorlik mamlakatimiz qishloq aholisining ish bilan bandlilik darajasining va eksport 

salohiyatining ortishi uchun hizmat qilmoqda. 

Prezident  İ.Karimov «...eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib 

borish uchun avvalo, qimmatbaho xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot 

ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy sheriklar bilan 



 

80

birgalikda zamonaviy ixcham korxonalar barpo etib, ularni mehnat resurslarining 



manbalari bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish lozim»

6

 - deb takidlagani fikrimiz dalilidir. 



O’zbekistonning o’z milliy davlat manfaatlari ustivorligini himoya qilishdagi 

dastlabki sayi-harakatlari bois respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari endi 

yig’uvchi emas, balki mustaqil faoliyat yuritish va o’zi ishlab chiqaradigan mahsulotlari 

ustidan egalik qilishi imkonini berdi. İlgari O’zbekiston tashqi savdo aloqalarining eng 

muhim yo’nalishini - eksportning 83 %dan ziyodroq qismi sobiq ittifoq respublikalari 

bilan amalga oshirilgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu ko’rsatkichning 65 %dan ortiq 

qismi uzoq xorij bilan va faqat, 34 %ga yaqini esa yaqin xorij bilan amalga oshirilmokda. 

Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 21 oktyabrda halqaro valyuta fondiga 

azo bo’lishi mamlakatimizning halqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi, 

iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va eng muhim loyihalarni moliyaviy 

taminlashda qulaylik yaratayotir. 

«O’zbekinvest» 1994 yil 21 yanvarda tashkil topgan bo’lib, eksport-import sug’urta 

kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya xukumat qaroriga binoan milliy eksportchilarni va 

xorijiy sarmoyadorlarni O’zbekistonda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan 

sug’urtaviy himoyalashni taminlash maqsadida tashkil etilgan. Xorijiy sheriklar bilan 

tuzilgan shartnomalarning umuman yoki qisman  bajarilishiga  to’sqinlik  qiluvchi  

sheriklar  hatti-harakatlari, xorijiy haridorlarning tasdiqlangan to’lovga qodir emasligi 

yoki bankrot bo’lishi, hukumat kafolatlarining noqonuniy ravishda buzilishi kabi 

qaltisliklar shular jumlasidandir. 

Eng yirik korxonalar va respublika hududida amalga oshirilayotgan investitsiya 

loyihalari «  O’zbekinvest» ning sug’urta himoyasidadir. Ular orasida Ko’kdumaloq 

neft-gaz kondensati konini ishga tushirish, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 

qurilishi yuqori darajada qulay mehmonxona xo’jaligi barpo etish va sayyohlikni,   

transport  va  telekommunikatsiya   tarmoqlarini rivojlantirish, tamaki, oziq-ovqat, engil, 

tsellyuloza-qog’oz sanoatini modernizatsiyalash, qurilish infratuzilmasini 

takomillashtirish va ko’pgina boshqa loyihalar bor. 

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq tashqi aloqalarni kengaytirish mamlakatimiz 

eksport imkoniyatlarini rag’batlantirish maqsadida muhim meyoriy hujjatlar qabul 

qilinganligi tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish yo’lida quyilgan muxim qadam 

bo’ldi.      

Shunga ko’ra, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va rag’batlantirish maqsadida 

iqtisodiy munosabatlarda ko’maklashuvchi muassasalarning tashkil etilishi, xorijdagi 

yuridik shaxslar, fuqarolar va respublikamiz xududidagi ajnabiy sarmoyadorlar faoliyati 

uchun huquqiy kafolatlarning belgilanishi hamkorlikka keng yo’l ochamoqda. 

İqtisodiyot   tarkibini   tubdan   o’zgartirishda   strategik vazifalarni belgilash orqali 

hom  ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, korxonalarni eng 

yangi uskunalar bilan qayta taminlash jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh 

mahsulot etkazish imkonini bermoqda. Bugunga kelib, tashqi aloqalarga keng yo’l ochib 

berilganligi bois xorijiy sarmoyadorlarning qiziqishining ortishi sanoat ishlab 

chiqarishida sezilarli, zamon ruhiga mos o’zgarishlarning bo’lganligi respublikamiz 

tashqi aloqalar siyosatida kafolatli hamkor sifatida xorijiy investorlar ishonchini 

qozonayotganligi hamda islohotlarning maqsadi ezgulik sari yo’naltirilayotganidandir. 

Prezident  İ.Karimov 1999 yil 14 aprel birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi maruzasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil 

etishning butun tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish lozimligini, mamuriy cheklashlar 

                               

6 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Тошкент, «Ўзбекистон», 1998. 146 бет 


 

81

orqali boshqarish usullari ustunlik qilmasligi kerakligi, jahonda qabul qilingan marifiy 



shakllarga tezroq o’tish va Butun dunyo savdo tashkilotlariga azo bo’lishga erishish 

darkorligini qayd etdi. 



2.  O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning qonuniy asoslari 

Tashqi   iqtisodiy   faoliyatni   amalga   oshirishning   asosiy tamoyillari tartibi 

"O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risidagi" Qonunda 

mustahkamlangan. Ushbu qonun tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining huquqlari, 

manfaatlari va mol-mulkini xalqaro huquqlarning umumiy mulkchilik shakllaridan qatiy 

nazar himoya qilinishini taminlab, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga 

qo’shilishining huquqiy asosini yaratadi. Qonunning amal qilishi tashqi iqtisodiy 

aloqalarning barcha turlari va shakllariga, shu jumladan iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy 

hamkorlikka, kadrlar tayyorlashga, tashqi va chegara savdosiga, sug’urtaga, bank, 

transport operatsiyalariga, turizm va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi boshqa 

faoliyatga tatbiq etiladi. 

Qonun O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining chet el sarmoyasiga nisbatan 

munosabatini belgilab beradi va xorijiy sheriklar bilan hamkorlik istiqbollarini    hisobga    

oladi,    o’rnatilayotgan    munosabatlarni barqarorligini   kafolatlaydi,   chunki   kapital   

qo’yilmalarining samaradorligi ko’p jihatdan tuzilayotgan bitimning amaliy tus olishiga 

bog’liqdir. 

 Qonun xorijiy firmalarga bitim tuzish va mahsulotlarni eksport qilish hamda foydani 

chetga olib chiqib ketish huquqini  amalga oshirib, foyda olish imkonini beradi. Qonun 

xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulki musodara qilinmasligini kafolatlaydi (16-modda). 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tovarlar eksportini rag’batlantirish va 

import operatsiyalarini tartibga solish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi" 

1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871 son Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1998 yil 31 martidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi 137 sonli 

qarori tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirishga, xorijiy investorlarni himoya qilishni 

taminlashga, respublikaning eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ichki 

bozorni eng zarur tovarlar bilan to’ldirishga, qo’shimcha kapital qo’yilmalar, ilg’or 

texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etishga qaratildi. Yuqorida qayd etilgan 

hujjatlarga asoslanib, tegishli vazirliklar birgalikda yagona yo’riqnomalar  ishlab 

chiqdilar. 

"Eksport va import kontraktlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro’yxatdan 

o’tkazish tartiblari", "Eksport-import yuklarini bojxona organlarida rasmiylashtirish 

tartibi", "Korxonalar o’zi ishlab chiqargan eksportga jo’natilayotgan tovarlarni, xorijiy 

investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar o’z ehtiyojlari uchun import qiladigan 

mahsulotlarni aniqlash qoidalari shuningdek tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni 

aniqlash qoidalari" tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bir qancha qulayliklar 

yaratmoqda.   

Tashqi iqtisodiy faoliyatni katta korxona va tashkilotlarda olib borilishida asosan 

markazlashtirilgan tartib qo’llanilmoqda. Lekin, Prezidentimiz takidlaganlaridek - bu 

bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda katta yutuqlarga erisha olmaymiz. Bugungi eng muhim 

masala - kichik va o’rta korxonalarni rivojlantirish, ular ishlab chiqarayotgan 

mahsulotlarni eksport qilishda keng imkoniyat va imtiyozlar tashkil qilib berishdir. 

Shuning uchun, Prezidentning 1994 yil 21 yanvardagi "İqtisodiy islohotlarni yanada 

chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish 

chora-tadbirlari to’g’risidagi", 1998 yil 9 apreldagi "Xususiy tadbirkorlik kichik va o’rta 

biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi" farmonlari 


 

82

xususiy tadbirkorlik kichik va o’rta biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar 



sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy 

tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni 

bevosita olib kirish uchun maqbul sharoitlar yaratdi. Masalan, xalq istemol mollari ishlab 

chiqarishga ixtisoslashgan,  nizom jamg’armasida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq 

bo’lgan qo’shma korxonalar xorijiy valyutani O’zbekiston Markaziy bankiga majburiy 

sotishdan ro’yxatga olingan kundan boshlab, 5 yil muddatga ozod qilindi. O’zbekiston 

Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga azo bo’lgan kichik va o’rta 

korxonalar agar, ular ishlab chiqarish, tamirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmat 

ko’rsatish bilan shug’ullansalar  O’zbekiston  Respublikasi  soliq  kodeksining  31-

moddasining 18-bandi tatbiq etiladi. Yani bir necha soliq imtiyozlariga ega bo’ladilar. 

Jumladan, Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga sarmoya qo’yuvchi 

qo’shma korxonalarni birinchi etti yilda soliq solishdan ozod qiladi. Eksportga 

yo’naltirilgan yoki importning o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qo’shma 

korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi. 

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng va bozor 

iqtisodiyotiga o’tish davomida respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va 

xalq xo’jaligining ahamiyatini dunyo miqyosiga olib chiqish zarurati tug’ildi. 

Bunday rivojlanishning bir yo’nalishi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) 

davlatlari bilan to’g’ridan-to’g’ri va ko’p tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yishdir. 

Hamdo’stligi  1991 yil 21 dekabrda tuzilgan bo’lib, Almati shahrida o’n bitta mustaqil 

davlatlar rahbarlari boshliqlari o’zaro aloqalar deklaratsiyasini qabul qildilar. MDH 

davlatlaridan Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorus Respublikasi, 

Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya 

Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O’zbekiston 

Respublikasi va Ukraina Respublikasi ko’p tomonlama va o’zaro manfaatli iqtisodiy 

aloqada bo’lishligini kelishib olishdi.  

O’zbekiston mazkur hamdo’stlik g’oyasini qo’llab-quvvatladi va shu o’rinda 

tashkilotchilar ro’yxatiga kirdi. 

1993 yil 23 dekabrda Minsk shahrida MDH nizomi qabul qilindi, unda 

hamdo’stlikning  aniq maqsadi va qoidalari tasdiqlandi. Bu nizomda hamdo’sdlikdagi 

davlatlar o’z hatti-harakatlarini xalqaro huquq meyorlari asosida olib borishlari 

takidlangan. hamdo’stlikning maqsadlari nizomda belgilanganidek -iqtisodiy, siyosiy, 

ekologik manaviy va boshqa masalalarda hamkorlik qilish, xalqaro huquq meyoriy 

hujjatlari asosida inson ozodligi va huquqini taminlash; davlatlar orasida hamkorlik qilish 

va xalqaro miqyosda qurolsizlanishni amalga oshirish; erkin muomala qilishda davlat 

fuqarolariga sharoit yaratish; hamdo’stlik davlatlariga borib kelishni tartibga solish va 

taminlash; o’zaro huquqiy yordam berish va boshqa huquqiy aloqalarda hamkorlik qilish; 

hamdo’stlik davlatlari orasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni tinch yo’l 

bilan hal qilish kabi masalalarni o’z ichiga olgan.        



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling