Binolar to’g’risida umumiy ma’lumotlar 1 Qurilish iqlimshunosligi


Download 1.96 Mb.
Sana12.05.2020
Hajmi1.96 Mb.
#105453
Bog'liq
binolar to'g'risida umumiy ma'lumotlar


Binolar to’g’risida umumiy ma’lumotlar

2.1 Qurilish iqlimshunosligi

1.1. Binolar to’g’risida umumiy ma’lumotlar

Bino - inson tomonidan ma’lum maqsadda quriladigan inshootlarning bir turi bo’lib, unda turli ijtimoiy, siyosiy, xo’jalik va ishlab-chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun moddiy muxit yaratiladi. Ularni vazifalariga qarab 4 ta asosiy tipga: turar-joy (uy-joy), jamoat, sanoat va qishloq xo’jaligi binolariga bo’lish mumkin. Turar-joy va jamoat binolarini birgalikda grajdan (fuqaro) binolari deb ham ataladi.

Turar-joy binolari - odamlarning doimiy yoki vaqtincha yashashlari uchun mo’ljallangan. Ularga uylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar kiradi.

Jamoat binolari - turli ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan funksional jarayonlarni amalga oshirish maqsadida odamlar vaqtincha faoliyat ko’rsatishiuchun mo’ljallangan. Madaniy-oqartuv, tarbiyalash va o’qitish, maishiy xizmat ko’rsatish, umumiy ovqatlanish, savdo, sog’liqni saqlash, sport, tomosha va boshqa shunga o’xshash muassasalar - shular jumlasidandir.

Turar-joy va jamoat binolari birgalikda fuqaro (grajdan) binolari deb ham ataladi.

Sanoat binolari - sanoat tarmoqlarining turli ishlab-chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga xizmat qiladilar. Zavodlar va fabrikalardagi turli sexlar, energetika, transport va ombor binolari xamda korxona xududida joylashgan ishchilarga madaniy-maishiy, tibbiy va boshqa xizmatlar ko’rsatadigan yordamchi binolar shular jumlasiga kiradi.

Qishloq xujalik binolarida qishloq xo’jalik bilan bog’liq bo’lgan ishlab-chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi (turli jonivorlarni boqish, qishloq xo’jalik texnikalarini saqlash va ta’mirlash, qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va shunga o’xshash jarayonlar).

2.1 Qurilish iqlimshunosligi

Binolar va ularning tashqi to’siq konstruksiyalari turli xil iqlimiy ta’sirlarni qabul qiladilar. Bu ta’sirlar xonalarda istalgan issiqlik rejimni ta’minlashni, binolar va ularning tashqi to’siq konstruksiyalarini normal ekspluatasiya qilishni qiyinlashtiradilar. Bunga qarshi maxsus tadbirlar ko’rilishi lozim.



Qurilish iqlimshunosligining asosiy vazifasi - aholi yashaydigan joylar rejalarini, binolar va to’siq kontruksiyalarning maqsadga muvofiq bo’lgan loyiha yechimlarini, qurilish bo’ladigan xududning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ilmiy asoslab berishdir. Buning uchun binolarning me’moriy va konstruktiv yechimlariga iqlimning ta’siri haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish zarur.

Muhim iqlimiy ko’rsatkich - havo temperaturasidir. Kishiga issiqlik ta’siri nuqtai nazaridan havo temperaturasining quyidagi turlarini ajratish mumkin:

- sovuq (+8 5 0S dan past) - binolarni isitish talab qilinadi;

- salqin (8-15 5 0S) - bunda derazalar odatda berk holda bo’ladi, yozgi xonalardan uzoq vaqt foydalanib bo’lmaydi;



iliq (16-28 5 0S) - yozgi xonalardan uzoq vaqt foydalanishga imkoniyat bo’ladi;

- issiq (+28 5 0S dan yuqori) - xonalarning haddan ziyod isib ketishini cheklash zaruriyati paydo bo’ladi.

Bundan tashqari, temperatura juda sovuq (-12 5 0S dan past) va juda issiq - jazirama (+32 5 0S dan yuqori) bo’lishi ham mumkin. Bunday ob-havo kishiga yoqimsiz ta’sir ko’rsatadi. Kunning ish vaqtidagi (soat 13 dagi) havo temperaturasining qiymati tkurt bo’yicha ob-havo turi haqida fikr yuritiladi. Uning qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

tkurt = toyurt + 0,7 Atn, 0S (2.1)

bu yerda toyurt - yilning ma’lum oyidagi o’rtacha harorati, 0S;

Atn - kecha-kunduz davomida temperatura o’zgarishining o’rtacha amplitudasi, 0S;

0,7 - kunning ish vaqtidagi temperaturasini aniqlash uchun kiritilgan koeffisiyent.

Ob-havo turining yil davomida kuzatiladigan muddati iqlimning asosiy xususiyatini belgilaydi. Masalan, yoz oylari uchun aniqlangan tkurt ning qiymati +29 0S bo’lsa, o’sha joyning yozi issiq, qish oylari uchun aniqlangan tkurt ning qiymati -2 0S bo’lsa, qishi sovuq degan fikr yuritiladi.

Binolarda ob-havoning iliq va issiq davrida xonalarni qizib ketishdan saqlash choralari ko’rilishi lozim. Har bir xonadonda yozgi xona bo’lishi, quyoshdan himoya qilish qurilmalari qo’llanilishi, bino atrofini ko’kalamzorlashtirish talab qilinadi.

Muhim iqlimiy ko’rsatkichlardan yana biri - iqlim namligini binolar va ularning to’siq konstruksiyalariga umumiy ta’sirini belgilovchi quyidagi ko’rsatgichdir:

(2.2) ) ( t A Q з f

bu yerda R - yillik suyuq yog’in miqdori, kg; ( - yilning issiq oylaridagi havoning nisbiy namligi, %;

Q - quyosh radiasiyasining bir yillik miqdori, Vt/m2;

At - temperatura yillik o’zgarishining amplitudasi, 0S.



(2.2) ifodaning suratida konstruksiyada namlik miqdorini oshishiga sabab bo’luvchi omillar, maxrajida esa konstruksiyani quritishga imkon yaratuvchi omillar keltirilgan. Ushbu ( - ko’rsatkichning qiymatlariga qarab, iqlim quruq, mo’tadil (normal) va nam zonalarga bo’linadi. Namlik zonasi konstruksiyalarning namlik xolatiga va shunga mos ravishda materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling