Bioxilma-xillikni saqlash yo‘lida O‘zA, X. Mamatrayimov


Download 164.5 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1360406
  1   2   3   4
Bog'liq
Qoriqxona


Iqtisodiyot

RSS

Bioxilma-xillikni saqlash yo‘lida


O‘zA, X.Mamatrayimov, 09.06.2010 13:49
Termiz shahrida “Surxondaryo viloyatida bioxilma-xillikni saqlash” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Qo‘riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyat davlat o‘rmon xo‘jaligi, O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat bo‘limi, “Surxon” davlat qo‘riqxonasi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Termiz davlat universiteti talabalari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Prezidentimiz tashabbusi bilan mavjud ekologik muammolarning yechimini topish yuzasidan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish uchun sanoat korxonalarini texnik va texnologik qayta jihozlashga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Surxondaryo viloyati tabiiy geografik joylashuvi, iqlim sharoiti jihatidan biologik obyektlarni saqlash, ularni tiklash va ko‘paytirish uchun qulay hudud sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vohada uch yuz ming gektar atrofida o‘rmon, 16 ming gektarga yaqin suv havzasi mavjud bo‘lib, hududda to‘rt mingdan ortiq turdagi o‘simlik aniqlangan.
“Surxon” davlat qo‘riqxonasi betakror manzaralari, nabotot va hayvonot olami bilan kishilarni o‘ziga maftun etib keladi. Bu yerda “Qo‘riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini mustahkamlash” loyihasi asosida sinov ishlari olib borilmoqda.
27 ming gektardan ortiq maydonni egallagan qo‘riqxonaning asosiy qismini archazorlar tashkil etadi. Qo‘riqxonadagi o‘txo‘r hayvonlarning yigirmadan ortiq, qushlarning ellikka yaqin, sudralib yuruvchilarning o‘nga yaqin, baliqlarning 18, umurtqasiz jonivorlarning saksonga yaqin turi “Qizil kitob”ga kiritilgan. Qo‘riqxonada burama shox yoki morxo‘r echki, bo‘rsiq, yovvoyi cho‘chqa, Buxoro tog‘ qo‘yi va boshqa noyob jonivorlarni ham uchratish mumkin.
Davra suhbatida vohada biologik obyektlarni saqlash, tiklash va ko‘paytirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanmaslik o‘simlik va hayvonot dunyosini to‘liq saqlab qolishga salbiy ta’sir o‘tkazayotgani qayd etildi.
Bunday holatlar aniqlanganda, qonunbuzar fuqarolar tegishli tartibda javobgarlikka tortilmoqda, – deydi “Surxon” davlat qo‘riqxonasi xodimi To‘ra Xoliqov. – Biologik xilma-xillikni saqlash nafaqat tabiat jonkuyarlari, balki har bir fuqaro zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklaydi. Tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlarga yetkazish barchamizning burchimizdir. Shu maqsadda qo‘riqxonaga yaqin joylashgan qishloqlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazishni mo‘ljallamoqdamiz.
Davra suhbatida Surxon vohasida o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.
Yirik o'txo'r hayvonlar jamg'armasi tomonidan LHF CA / UZ – 002 raqami ostidagi “Morxo'rni yo'qolib ketishdan saqlash” nomli loyiha qabul qilindi va ma'qullandi. Xozirgi kunda mazkur loyihani amalga oshirish jarayoni olib borilmoqda.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling