Mustaqil ta'lim
topshiriqlari
Birinchi variant
Topshiriq.
Har bir gapning grammatik asoslarini tagiga chizing va qo’shma gaplarning
qismlari qanday vositalar yordamida birikkanligini izohlang.
a).Qo’shma gap haqida umumiy tushuncha yozing.
b).Qo’shma gapning turlariga uchta gap tuzing va sintaktik tahlil qiling.
1) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin. 2) Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.
(Maqol) 3) Yomg’ir tingan, biroq havo bezrayib turadi. (P.Q.) 4) Goh yuraklar simobday
qalqiydi, goh tilga gap kelmaydi. (A.Eshonov) 5) Tashqaridan kelgan oyoq tovushi bahona
bo’ldi-da, Aziza o’rnidan turdi. (As.M.) 6) Manzuraning yuziga dam issiq, dam mayin
shabada uriladi. (As.M.)