Biz! Yetkazib beramiz


Download 14.98 Kb.
Sana30.08.2020
Hajmi14.98 Kb.
#128143
Bog'liq
Biz yetkazib beramiz. sanatkor bilan.


Biz! Yetkazib beramiz” ko'rsatuv senariysi:

Boshlovchi: Xammamiz Fast Food haqida eshitganmiz, bilamiz va o'z o'rnida tanavul qilamiz. Ushbu iyul oyiini Fast Food oyligi deb atash xam mumkin. Sababi, 10-chi, 18-chi va 27-iyul, Pitsa, xot dog, gamburgerlar nishonlanadigan kundir. Demak, sizlar bilan mazzaliy oyning boshida, mazzaliy korsatuv bilan diydor korishyapmiz do'stlar.

Assalomalekom ekran ortida bu yana qanday yangi loyixa ekan, deb oylanayotgan aziz muxlislar. Bugun ilk bor xonadiningizda pinxona mexmon bolayotgan, bir onga xam sizni be'etbor qoldirmaydigan Realitiy Shou dasturimizning nomi xam yuqorida aytib otganimdek, osha mashxur “Fast Food” taomi bilan bog'liq. Qisqa qilib aytganda, ekranlaringizda “Biz! Yetkazib beramiz” korsatuvi.



Boshlovchi xilma xil Fast foodlarni yonidan o'tib, sozida davom etadi.

Boshlavchi: ‘Biz yetkazib beramiz” korsatuvining asosiy jixati xam shundan iboratki, sizning aqliy bilimingiz evaziga mana shunday ajoyib tez tayyor taomlarni tekinga qolga kiritishingiz mumkin. Sharti esa juda oddiy. Bizda bor yogi Ushta savol bor. Uning iktasiga togri javob bersangiz, buyurtma qilingan Fast foodlarni teng yarim narxini to’laysiz. Barcha savollarga togri javob bergan buyurtmachiga esa Buyurtmani tekinga sovg'a qilamiz. Biz o’zimiz maxsulotni xonadoningizga yetkazib berib, savollarni xam osha yerni o'zida olib boramiz.

Fast Food ishchisiga buyurtmachidan qo'ng'iroq kelib tushadi.

Xodim: Tanlovda adashmaganingiz uchun raxmat.. Biz tez orada buyurtmani yetkazib beramiz.

Xodim buyurtma qog'ozchasini boshlovchi qizga uzatadi.

Boshlovchi: Mana bizga yangi buyurtma xam kelib tushdi. Biz vaqtni o'tkazmasdan, manzil tomon tezroq yo'lga otlanamiz. Albatda karantin qoidalariga rioya qilgan xolda. Sababi, sogliq barchasidan ko'ra muximroq do'stlar.

Boshlovchi qo’llariga tibbiy qolqoplarni kiyib, antiseptik vositalarni sepib, maxsus sumkalarga solingan xaltachani olib mashinaga o'tiradi.

Boshlovchi: Bizda birinchi dastur soni va birinchi buyurtma xam qo'limizda. Bugun bayram soni do'stlar... Bayramda turli xil mojiza kutilmagan voqealar sodir bolishi xech kimga sir emas. Men ilk buyurtmachi kimligiga qiziqyapman. Bu ishtirokchi oddiy inson emasligiga ishonaman. Qani do'stlar men adashdimmi yo’qmi, bizda birinchi g'olib aniqlanadimi yo'qmi, buni dastur davomida bilib olamiz.

Manzilga yetib kelib, eshik qo’ngirog’ini chalishdi.. Eshikni mashxur erkak xonanda ochadi... U xayratini yashirmaydi..

Boshlovchi: Assalomalekom... Bu “BiZ yetkazib beramiz” realitiy korsatuvidan bezota qilyapmiz.. Men bilgandim bugun o’zgacha inson bilan uchrashishimizni. Men yanglishmadim..

Xonanda: Xush kelibsizlar.. Men buyurtmani bu tarzda yetkazishlarini umuman kutmagandim.. Korib xayron qoldim tog'risi...

Boshlovchi: Biz mana shunday kutilmaganda tashrif buyuramiz... Bizda kichkina shart xam bor. Tanishtirib o'taman.. Sizga 3ta savol taqdim etamiz, barchasiga to'gri javob bersangiz, Buyurtmani sizga tekinga taqdim etamiz. Agar 2tasiga togri javob bersangiz, to'lovni yarmini qoplab beramiz. Xo'sh tayyormisiz?

Birinchi savol kasbingiz bilan bogliq.1. Eng keng tarqalgan erkaklar ovoz turi bu........? (Bariton)

Keyingi savol mantiqiy topishmoq. 2. Ko'rdim ko'molmadi, quvib yetolmadim. (Soya).

So'ngi savol. 3. Lampochkani ixtiro qilgan Fizik olimni ismini ayting? ( Thomas Edison)

Xonandamiz barcha savolga to'gri javob qaytara oladi.

Boshlovchi: Xayratimni yashirmayman. Ochig'i kutmagan edim. Marxamat buyurtmani qabul qilib oling. To'lovni esa, “Biz hetkazib beramiz” qoplab beradi.

Xonanda: Men o’zim xam kutmagandim. Demak, xali xotiram juda yaxshi saqlanib qolganligidan xursandman... Evaziga esa, Buyurtmani xalolab oldim deb o'ylayman. (kulib)

Boshlovchi: Bugun birinchi korsatuvimiz efirda. Agar qarshi bo'lmasangiz, yana ikta buyurtmalarimizni sizning xamroxligingiz ostida davom ettirsak degandik.

Xonanda: Mayli.... Sizlarni rad jovob bilan xafa qilgim yo'q. Bugungi bayramlar xurmati, taklifingizni qabul qilaman.

Ular Xonandamizning shaxsiy mashinasida yo'lga tushishadi. Avval Buyurtmani olish uchun Fast Foodda to'xtab, buyurtmani Fast food xodimi mashinaga qo'yganidan so'ng, manzil tomon otlanishdi.

Xonanda: Bugun umrimda birinchi bor dastavka bilan shugullanib ko’radigan kunim ekan. Bu juda maroqliy tuyulyapti menga. Biz xalqni odami bolganimiz uchun, ozgina bolsa xam shu xalqimizni kayfiyatini ko'tarishdan faqat xursand bo'lamiz.

Boshlovchi: Albatda, to'gri aytasiz. Ayniqsa mana shunday sinovliy kunlarda, pandemiya sharoitida, uyda zerikib o'tirgan insonlar xam bor. Ularni yuziga ozgina tabbasum ulashish xam xayrliy xam savobliy bo'lishi aniq. Faqatgina karantin qoidalariga to'liq rioya qilgan xolda albatda. Niqoblar, maxsus tibbiy qo'lqoplarni va antiseptik vositalarni unutmagan xolda. Sogliq barchasidan muxim. Ayniqsa yaqinlarimizni xavfga qo'ymasligimiz shart.

Xonanda: Gigiyenaga rioya qilish, qo'llarimizni tez tez yuvib turish, faqat foyda qilsa qiladiki, zarari yo'q. Umuman xamma kasaliklarni oldini oladi.

Boshlovchi: Mana, manzilga xam yetib keldik. Qani ko'ramiz, Biz yetkazib beramiz dasturi bilimdon egasini topa olarmikin.

Ikki ovlon qaxramonlarimiz eshik tugmasini bosishdi. Keyingi ishtirokchimiz ularni qarshi oldi.

Boshlovchi: Assalomalekom. Pitsa buyurtma qilganmidingiz? Bu biz “Biz yetkazib beramiz” ko'rsatuvidan tashrif buyurdik. Karantinlarda zerikmay o'tribsizlarmi?

Xonanda: Sizga ushta savol taqdim etamiz... Barcha to'gri javob evaziga, shu Buyurtmani sovg'a sifatida topshiramiz. Agar ikkita savolga javob topgan taqdiringizdayam, “Biz yetkazib beramiz” buyurtmani yarim narxini qoplab beradi.

Boshlovchi: Tayyormisiz unda boshladik... 1-chi savol: Ertalabki taomlanishning adabiy nomini ayting? (Nonushta)

2-chi savol: Yildagi nechta oy 31 kunlik. (7 ta oy)

3-chi savol: Besh bolalik yigitcha asari, kimning qalamiga mansub. (Xudoyberdi Toxtaboyev)

Qaxramonlarimiz so'ngi manzil tomon otlanish uchun yana Fast Food markaziga qaytib buyurtmani olishdi.

Mashinada suxbat...

Boshlovchi: Bilasizmi, Fast foodning tarixi uzoq o'tmishga borib taqalsa xam, biroq xamon ko'pchilikni sevimliy taomi xisoblanadi. Burger biznesi xam xozirgi kunda chakki emas, xattoki Amerika qo'shma shtatlarida kuniga 10 milliarddan ziyod Burger sotilar ekan. Men ozim xam Burgerlarning oldidan indamay o'tolmayman... Xam ko'zni quvotirsa, xam juda ozuqaviy vitaminlarga boy go'zal taom xisoblanadi.

Xonanda: Nafaqat ko’zni quvontradi, yana eng asosiysi bizga o'xshagan vaqti ziq odamlarga ancha yengillik beradi.

Boshlovchi: Fast foodlarning ijobiy tomonlarini aytaversak tugamaydi chog'i, biroq faqat oshqazonimizni emas, kichkina bolsa xam miyyamizni bilimlar bilan to'ldirib, yangilab turishimiz xam muxim. Evaziga esa, mana shunday Mazzaliy buyurtmlarni qo'lga kiritish imkoniga ega bo'lish mumkin. Biz manzildamiz... Bizda so'ngi buyurtma. Sizni xam xoldan toydirish niyatimiz yo'q. (Xonandaga) Qani ketdik. Balki bu ishtirokchi xam siz kabi Biz yetkazib beramizning bilimdon egasiga aylanadilar.

So'ngi ishtirokchi xam eshikni ochib qarshi oldi..

Boshlovchi: Assalomalekom. Pitsa buyurtma qilganmidingiz? Bu biz “BiZ yetkazib beramiz” ko'rsatuvidan tashrif buyurdik. Karantinlarda zerikmay, xolmay tolmay yuribsizlarmi?

Xonanda: Sizga ushta savol taqdim etamiz... Barcha to'gri javob evaziga, shu buyurtmani sovg'a sifatida topshiramiz. Agar ikkita savolga javob topgan taqdiringizdayam, “Biz yetkazib beramiz” buyurtmani yarim narxini qoplab beradi.

Boshlovchi: Tayyormisiz? Qani boshladik, diqqat qiling.

1-chi savol: Shumbolaning laqabi qanday edi? (Qoravoy)

2-chi savol: 2ta ota va 2ta og'il ketishmoqda. Umumiy nechta kishiligini toping.(Jami 3ta)

3-chi savol: Aka-ukalar orasida o'zaro suxbat uchun yaratilgan mesenjer nomini ayting? (Telegram)

Ko'rsatuv nixoyasiga yetdi. Xayrlashuv.

Boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Biz yetkazib beramiz “ dasturimizning, xam bayram xam ilk soni yakuniga yetdi... Qaxramonimizni xam toliqtirib qo'ymadik degan umiddamiz. Ushbu kichkina dasturimiz orqali xonadoningizga quvonch xavosini olib kirgan bo'lsak va ekran orti tomoshabinlarimiz vaqtini mazmunga, yangi bilimlarga boyita olgan bo'lsak, bundan benixoya xursandmiz.

Xonanda: Bu ko'rsatuv menga judaxam yoqdi. Boshqa bir kasbdagi insonlarga xam oson emasligini xis qildim. Eng muximi o'zim doimiy tanavul qiladigan taomim xaqida malumotlarga va yangi bilimlarga ega boldim... Biz yetkazib beramiz ga omad tilab qolaman. Ko'rsatuvlaringiz umri uzoq bolishini tilab qolaman.

Boshlovchi: Biz xayrlashishga shoshilmaymiz... Sababi keyingi xamrox qaxramonimizni topishimiz kerak. Buning uchun xozirgi beradigan savolimga kim birinchi va aniq javob berishi bilan bog'liq. Savolni diqqat bilan eshiting. “Ikki xil yo'l bilan nafas oluvchi xayvon nomini toping?” (Qurbaqa) Javobini esa, mana shu telegram bot manzilga jo'nating va keyngi dasturimizda bizga xamrox bo'ling. Yaxshi kunlarda diydorlashish barchamizga nasib qilsin. Biz siz uchun xizmatdamiz, siz biz uchun uyda qoling. Xayr. Omon boling.
Download 14.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling